Adabiyot. 5-6-7-8-sinf Adabiyot darsligi yuzasidan test
topshiriqlar
1. Mumtoz she’riyatimizning asosiy tasvir manbayi nima?
A) ko‘z B) ko‘ngil C) til D) ishq
2. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida yaratilgan didaktik asarni toping.
A) ”Guliston” B) ”Javohirlar sandig‘i”
C) ”Qutadg‘u bilig” D) ”Hibat ul-haqoyiq”
3. Zulm o‘zinga fisqdur, ey hushyor,
Gum qil ani, bo‘lsa sanga hush yor.
Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?
A) ishtiqoq B) tazod C) tashxis D) tajnis
4. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlarini ko‘rsating.
A) ”Muhokamat ul-lug‘atayn”, ”Sab’atu abhur”
B) ”Xazoyin ul-maoniy”, ”Xamsat ul-mutahayyirin”
C) ”Tarixi muluki ajam”, ”Lison ut-tayr”
D) ”Majolis un-nafois”, ”Mezon ul-avzon”
5. She’riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek
yuksak saviyada ijod qilgan adibni aniqlang.
A) Usmon Nosir B) Abdulla Oripov
C) Erkin Vohidov D) Hamid Olimjon
6. Gahe eltub ayog‘ini o‘ziga,
Gahe surtub iligini ko‘ziga.
H.Xorazmiyning ”Gul va Navro‘z” dostonidan olingan ushbu bayt
qaysi san’at bilan ziynatlangan?
A) ishtiqoq B) tajohuli orif C) iyhom D) tarse’
7. H. Xorazmiyning ”Gulshan-ul asror”, Y.Xos
Hojibning ”Qutadg‘u bilig” asarlari qanday asar
hisoblanadi?
A) nasriy didaktik asar
B) nasriy-she’riy didaktik asar
C) she’riy didaktik asar
D) aralash turdagi didaktik asar
8. G‘afur G‘ulomning ”Shum bola” asarida Sariboy Yusuf kontorning
mevazor bog‘i, bahavo shiyponini qanday qo‘lga kiritadi?
A) aslida ota-bobosining mulki bo‘lganligi uchun undan tortib oladi
B) Yusuf kontorni avrab, arzon pulga sotib oladi
C) Yusuf kontor bilan qimor o‘ynab, yutib oladi
D) Sariboydan olgan qarzlari evaziga tortib oladi
9. Lutfiyning quyidagi qaysi g‘azali hazaji musaddasi mahzuf vaznida
yaratilgan?
A) ”Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma”
B) ”Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘ngildur bu ko‘ngil”
C) ”Ayog‘ingga tushar har lahza gisu”
D) berilganlarning barchasi
10. Musammatning uchlikdan o‘nlikkacha bo‘lgan turlari tartib bilan
to‘g‘rri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
1) murabba’; 2) musaddas; 3) musallas; 4) muashshar; 5) mustasne’;
6) muxammas; 7) musamman; 8) musabba’.
A) 3, 1, 6, 8, 2, 7, 4, 5 B) 8, 2, 4, 5, 1, 3, 6, 7
C) 3, 1, 6 , 2, 8, 7, 5, 4 D) 1, 2, 3, 6, 7, 8, 4, 5
11. Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shom-u sahar
Bulbuldek aylar yuz navo ming navi faryod ustina.
Ogahiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday badiiy san’atlar
qo‘llangan?
A) mubolag‘a va tajnis B) mubolag‘a va tashbeh
Do'stlaringiz bilan baham: |