Adabiyot 2020 indd


Foydalanilgan asosiy manba



Download 8,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/187
Sana12.02.2022
Hajmi8,6 Mb.
#445379
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   187
Bog'liq
adabiyot 5 uzb

Foydalanilgan asosiy manba:
A. Oripov.
Yillar armoni. – T.: g‘afur g‘ulom nomidagi Adabiyot 
va san’at nashriyoti, 1984.
http://eduportal.uz


238
Anvar 
oBIDJoN
(1947 – 2020)
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda 
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. 
Qishloq maktabida o‘qib yurganidayoq kinomexanik, traktorchi 
singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat qilgan. 
Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi 
bo‘lib ishladi. So‘ng Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib, 
1966–1969-yillarda harbiy xizmatni o‘tadi.
Armiyadan qaytib ham ma’lum muddat turli kasblarda ishlagach, 
nihoyat, tuman gazetasiga kelibgina o‘z iqtidorini namoyish 
etish imkoniga ega bo‘ldi. u 1971–1976-yillarda Oltiariq tu-
mani gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri sifatida ishlab
jurnalistlik va adabiy tahrir sohalarida yetarli tajriba orttiradi. Ayni 
paytda 1974–1979-yillar davomida hozirgi O‘zbekiston Milliy 
universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan ta’lim oladi.
E’tibor bering!
Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida 
boshlagan, harbiy xizmatda ham ancha-muncha she’r bitgan 
bo‘lsa-da, «Ona yer» deb nomlangan ilk kitobi 1974-yilda – 
shoir 27 yoshga kirganida chop etildi. 
Anvar Obidjonning keyingi hayoti va ijodiy faoliyati poytaxt 
http://eduportal.uz


239
!
Toshkentda kechdi. u turli nashriyotlarda, jurnallarda mehnat qildi, 
1989–1998-yillarda esa xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan 
biri – «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘ldi.
Shundan buyon Anvar Obidjonning ellikdan ortiq kitobi nashr 
etildiki, bu ijodkorning qanchalar sermahsulligi, o‘quvchilari safining 
kengligidan darak beradi.
Qolaversa, Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor sifatida 
tanilgan. Avvalo, u zamonaviy bolalar adabiyotining zabardast 
vakili sanaladi. Ijodkor xalqimizning aziz farzandlariga ko‘plab 
she’riy, nasriy kitoblarni, teatr va kino tomoshalarini tortiq etgan. 
ularning ayrimlarinigina sanab o‘tamiz: «Bahromning hikoyalari» 
(1980), «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), 
«Oltin yurakli Avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1989), 
«Meshpolvonning janglari» (1994), «O‘q o‘tmas bolakay» (2005), 
«Atrofimizdagi qiziqchilar» (2014) va b.
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi» 
nomli ilk komediyasi 1983-yilda respublika «Yosh tomoshabinlar» 
teatrida sahnalashtirilgan edi. Shundan buyon yurtimiz teatrlarida 
uning «Pahlavonning o‘g‘irlanishi», «Topsang – hay-hay» 
(«Qorinbotir)», «Navro‘z va Boychechak», «To‘tiqul», «Alamazon», 
«Meshpolvon» kabi pyesalari qo‘yildi. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida 
adib ssenariylari asosida «Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq», «Dahshatli 
Meshpolvon» filmlari suratga olingan.
Keyingi yillarda adibning «Oltiariq hangomalari», «Baloga qolgan 
futbolchi», ikkita kitobdan iborat «Tanlangan she’rlar» hamda «Ajinasi 
bor yo‘llar» singari yirik kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. 
Xalqimizning sevimli shoiri Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprelda 
73 yoshida vafot etd
i
.

Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish