Adabiyot 2020 indd



Download 8,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/187
Sana12.02.2022
Hajmi8,6 Mb.
#445379
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187
Bog'liq
adabiyot 5 uzb

E’tibor bering!
Qiyinchiliklarni birgalikda yengish, og‘ir damlarda yor-
damini taklif qilish o‘rniga faqat o‘zini o‘ylab yashaydigan 
odamlarni Avloniy bobomiz bir so‘z bilan «nomard» deb 
ataydiki, bunga qo‘shilmay iloji yo‘q.
endi keyingi hikoyaga o‘tamiz.
http://eduportal.uz


202
XURUS ILA Bo‘RI
Bir Bo‘ri daraxt ustinda o‘lturg‘on Xurusni ko‘rub, tutub yemak 
uchun daraxt ostiga keldi. Hiyla birla bechora Xurusni daraxtdan 
tushurmaqchi bo‘lub: «ey Xurus o‘rtog‘! Man sanga bir yaxshi xabar 
kelturdim, hayvonlar ila qushlar orasinda sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm 
qilmasga, biri ikinchisin tutub yemasga qaror berildi. Kel, birodar, 
pastga tush! Bir-birimizga do‘st bo‘lub, birga o‘ynashayluk», – dedi.
Xurus Bo‘rining so‘ziga aldanadurg‘on darajada nodon va ahmaq 
bo‘lmag‘onidan Bo‘riga boqub dediki:
– Do‘stim, so‘zing rostdur, to‘g‘ridur. Lekin biroz sabr qil. 
Sandan boshqa iki it ham sulh xabarin ketururlar. Alar ham kelsunlar. 
Hammamiz birga o‘ynashurmiz, – dedi. 
Bo‘ri Xurusdan bu so‘zni eshitgan zamon dumini orqasig‘a 
qo‘yub qocha boshladi. Xurus: «Ho, birodar, nima uchun qochursan, 
aroda sulh bor-ku?» – desa, Bo‘ri:
– Oh do‘stim! Bu zolim itlar sulhni buzgong‘a o‘xshaydur, – 
deb qochub ketdi. Xurus orqasindan «quqq... qurii... quu...» deb 
qichqirub qoldi.
Aql egasi hiylaga aldanmagay,
Hiylagarning hiylasi boshin yegay. 
Do‘st ila dushman so‘zining farqi bor, 
Fahm etar har kimki, o‘lsa hushyor.
* * *
Hikoyadagi Xurus – xo‘roz degani. uning goh devor ustiga, goh 
daraxt shoxlariga chiqib qichqirishidan xabaringiz bor. Ana shunday 
xo‘rozlardan birini ochofat bo‘ri hiyla bilan qo‘lga tushirmoqchi. 
uning o‘ylab topgan gapi ham chakana emas: go‘yo barcha 
hayvonlar o‘rtasida bir sulh – kelishuv bo‘libdi emish. Bundan 
buyon bir-birlariga qasd qilmaslik haqida. Shundoq bo‘lgach, 
xo‘ roz pastga – bo‘rining yoniga tushsa-da, birga o‘ynashsa...
Lekin hikoyaning aqlli qahramoni xo‘roz «Bo‘rining so‘ziga 
aldanadurg‘on darajada nodon va ahmaq» emas. uning o‘zini go‘yo 
http://eduportal.uz


203
!
bo‘riga ishongandek tutib aytgan gapi, ochig‘i, uncha-muncha 
bo‘rining hiylasidan kuchliroq mazmunga ega.
Natijani esa o‘zingiz ko‘rdingiz. Bo‘ri orqa oyoqlari orasiga 
dumini qisgancha (bu – qo‘rqoqlikning eng ayanchli ko‘rinishi!) 
juftakni rostlab qoldi...
Muallif hikoyaga ilova qilgan to‘rtlikdan esa sizning butun 
hayotingizda asqatadigan hikmat o‘rin olgan:
Do‘st ila dushman so‘zining farqi bor, 
Fahm etar har kimki, o‘lsa hushyor.

Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish