Adabiyot 2020 indd



Download 8,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/128
Sana16.04.2022
Hajmi8,6 Mb.
#555939
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128
Bog'liq
adabiyot 5 uzb

Yodingizda tuting!
A. Avloniy 1919–1920-yillarda diplomatik vazifalarda ish-
ladi. So‘ng umrining oxirigacha O‘rta Osiyo davlat uni-
versiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy 
universiteti)da dars berdi.
Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda vafot etdi.
Axloqiy-ta’limiy asarlar, darsliklar yozib, milliy uyg‘onish 
adabiyotining maydonga kelishi va rivojiga katta hissa qo‘shgan 
Abdulla Avloniy ijodi bugun ham ma’naviyatimizni boyitishga 
xizmat qilib kelmoqda.
VATANNI SUYMAK
Vatan. Har bir kishining tug‘ulub o‘skan shahar va mamlakatini 
shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ulgan, o‘sgan yerini 
jonidan ortuq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham 
bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayirilsa, o‘z yeridagi 
kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo‘lub, har vaqt dilining bir 
go‘shasida o‘z vatanining muhabbati turar.
Biz turkistonlilar o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig‘imiz 
kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar 
shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan 
ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson 
yerlarga o‘z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda 
cho‘pon bo‘l», – demishlar.
Men ayblik emas, ey vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog‘larim.
http://eduportal.uz


196
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab chog‘larim.
Hammaga ma’lumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o‘lan 
Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning 
aksari yana o‘z vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, ya’ni 
bularni tortib kelturgan quvvat o‘z vatanlarining, tuproqlarining 
mehr-u muhabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sollallohu 
alayhi vasallam afandimiz: «Hubbul-vatani minal-imoni» – «Vatanni 
suymak imondandur», – demishlar.
Vatan, vatan, deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Bango na g‘am qolur, avlodima o‘yu vatanim.
G‘ubor(g)a do‘nsa tanim, yo‘q vujud zeri vahm,
Charoki, o‘z vatanim xokidur go‘r-u kafanim.
Tug‘ilib o‘sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok,
O‘lursa aslina roje’, bo‘lurmi man g‘amnok.
VATAN
Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
Har kim sening qadring bilmas – aqli pastdur.
Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur,
Sening darding boshqa dardni tortib olur.
Yering, suving bizni boqub to‘ydiradur,
Semiz-semiz qo‘ylaringni so‘ydiradur.
Olma-anor, anjir, uzum – mevalaring,
Ot-u ho‘kuz, echki, taka, tevalaring.
Bizlar uchun xizmat qilur barchalari,
Har birlari noz-u ne’mat parchalari.
Sendan tug‘ub, katta bo‘lub, qaytib borub,
Yana senga kiradurmiz bag‘ring yorub.
Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!
Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!
Seni sotmoq mumkinmidur, o‘zing o‘yla,
Tiling bo‘lsa, hasratlaring tuzik so‘yla!
http://eduportal.uz


197
Bizlar sotmas burun qilur erding faryod,
Biz sotgan so‘ng nega dersan bizlardan dod.
Ayb bizlarda, seni sog‘ub emolmaduk,
Yemush berib, yem o‘rniga yem olmaduk.
Bilolmaduk ko‘ksingdagi xazinani,
Biz bilmasmiz tosh-taroz-u, mazinani,
Sotib-sotib qoladurmiz g‘amga botub,
Boyqush kabi vayronada yotib-yotib.
Seni sotub pul qilurmiz – ketur-qolur,
Bir yildan so‘ng bahong iki bo‘lub olur.
Tarbiyatsiz, ilmsizlik jazosidur,
Jaholatning boshga solgan azosidur.
Selobi g‘am kelmas burun jadal birlan,
Tu(v)g‘onini to‘xtatmagan bo‘lur Hijron.

Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish