79
MUHOKAMA QILAMIZ
1. Pushkin roman muqaddimasida o‘z asariga nisbatan “kulgu, qayg‘u
omixtadir sal,
xalqona-yu mukammal; dag‘al” ta’rifl arini ishlatgan. Asar-
ni o‘qish davomida qaysi o‘rinlarda kulguni va qayg‘uni, mukammallikni
va dag‘allikni his qildingiz? Fikrlaringizni matn asosida isbotlang.
2. XIX asr rus adabiy tanqidchisi Vissarion Belinskiy Oneginni
“o‘z ixtiyoriga qarshi azob chekuvchi xudbin” deb ataydi.
Tanqidchi
Dmitriy Pisarev fi kriga ko‘ra esa, Onegin – tabiatan xudbin, hech qan-
day hissiyotlarga qodir bo‘lmagan shaxs. Siz Oneginga qanday ta’rif
berasiz?
3. Onegin Tatyananing
sevgisini qabul qilib, unga uylanganida ularning
turmushi qanday kechardi deb o‘ylaysiz? Tatyananing “Baxt bo‘lsa-chi,
naqadar mumkin, Yaqin edi naqadar!” degan so‘zlariga qo‘shilasizmi?
4. Sizningcha, asarda baxtli qahramon bormi? Nima uchun?
5. Nima sababdan muallif asar qahramonini “uning
uchun eng mush-
kul zumda” tark etadi? Asarni boshqacha yakunlash mumkinmidi? Asar
qahramonlarining keyingi hayoti qanday kechadi deb o‘ylaysiz?
6. Adabiyotshunos Najmiddin Komilov fi kricha, insonning tabiiy inti-
lishlari, his-tuyg‘u erkinligi bilan jamiyat va uning tartiblari orasidagi aba-
diy ziddiyat asarning bosh g‘oyasini tashkil qiladi. Siz bu fi krga
qay da-
rajada qo‘shilasiz? Sizningcha, Pushkin bu asari bilan nima demoqchi?
7. “Yevgeniy Onegin” she’riy romani Pushkin ijodini tadqiq qilgan
adabiyotshunoslar tomonidan “rus hayotining qomusi” sifatida e’tirof
etilgan. Asarning qaysi jihatlari Pushkin davri
ruhiyatini tushunishga yor-
dam beradi?
8. Sizningcha, “Yevgeniy Onegin”da Pushkin ko‘proq romantik ijod-
kor sifatida gavdalanadimi yoki realist? Fikringizni matn asosida dalillang.
LOYIHA
XIX asr rus adabiyotida “ortiqcha odam” –
zodagon oiladan chiqqan,
aqlli, lekin jamiyatga foydasi tegmaydigan shaxs yetakchi mavzular-
dan biriga aylandi. “Ortiqcha odam” tushunchasi adabiyotshunoslikka
1850-yillarda rus adibi Ivan Turgenev tomonidan olib kirilgan bo‘lsa-
da, bu xildagi obrazlarni undan oldin yaratilgan
ijod namunalarida ham
ko‘rishimiz mumkin.
Oneginni ham “ortiqcha odam”lar qatoriga kiritish mumkinmi? Agar
“ha” bo‘lsa, bunga kim aybdor – Oneginning o‘zimi yoki jamiyat? Asar
matni asosida “ortiqcha odam” portretini yarating.
Bugungi jamiyat orasida ham “ortiqcha odam”larni ko‘rishimiz
mumkinmi? Jamiyatda “ortiqcha odam”lar bo‘lmasligi uchun tavsiyalar
bering.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: