36
!
?
XIX ASR IKKINCHI YARMI –
XX ASR BOSHLARI O‘ZBEK
ADABIYOTI (1850–1910)
Mavzuni oʻrganish jarayonida:
– XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi badiiy ada-
biyotga xos xususiyatlarni tahlil qilamiz;
– ushbu davr adabiyotidagi janrlar takomilini tadqiq qilamiz.
Eslang:
XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkistonda qanday
ijtimoiy-siyosiy muhit hukmron edi?
O‘ylab ko‘ring:
Davrdagi o‘zgarishlar badiiy adabiyotga qanday ta’sir qilgan deb
o‘ylaysiz?
XIX
asr Turkiston ijtimoiy-siyosiy, madaniy va adabiy hayotida kes-
kin o‘zgarishlarga yuz tutgan, yangicha estetik qarashlar shakllanishiga
zamin hozirlagan davr sifatida tarixda qoldi. Bunday o‘zgarishlar Ros-
siya imperiyasining Turkistonni bosib olishi
va Yevropa madaniyatining
mahalliy o‘lkaga ta’siri, milliy ozodlik harakatlari bilan bog‘liq edi. Ayni
paytda bu davrdagi yangi tarixiy sharoit mavzu-mundarijasi, shakl va
mazmuni, g‘oyaviy-badiiy jihatidan an’anaviy mumtoz so‘z san’atidan
farq qiladigan, yangicha yoʻnalishdagi adabiyotning tug‘ilishi va shaklla-
nishida muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qildi.
Kitob do‘koni.
Samarqand,
XIX asr ikkinchi yarmi
37
?
?
O‘ylab ko‘ring:
Rus mustamlakasi qay jihatdan yangi yo‘nalishdagi adabiyotning pay-
do bo‘lishiga turtki berishi mumkin?
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Avaz O‘tar kabi oddiy xalq
orasidan chiqqan ziyolilar davr adabiyotining paydo bo‘lishi
va rivojla-
nishiga katta hissa qo‘shdilar.
Bu davr adabiyotining eng muhim g‘oyaviy yoʻnalishlaridan biri ma’ri-
fatparvarlik edi. Ziyolilar ma’rifatni taraqqiyotning kaliti, ozod turmush-
ning asosi deb bildilar va millatni savodli, ilmli
qilish orqali uni jaholat
hamda zulmdan qutqarish, taraqqiyotga, ozod kelajakka olib chiqish-
ga harakat qildilar.
Jumladan, Furqat “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Akt
majlisi xususida”, “Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususi-
da”, uch qismdan iborat “Vistavka xususida” kabi asarlarida, Avaz O‘tar
“Maktab”, “Til” kabi she’rlarida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi va
millatni ilmli bo‘lishga chaqirdilar.
Jahon bast-u kushodi – ilm birla!
Nadur dilni murodi – ilm birla!
Koʻngullarni sururi – ilmdandur!
Koʻrar koʻzlarni nuri – ilmdandur!
Kerak har ilmdan boʻlmak
xabardor,
Boʻlur har qaysi oʻz vaqtida darkor!
Furqat
Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,
O‘qusin yoshlarimiz, koʻngluni shod etgusi maktab.
Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,
Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: