Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


ONEGINNING TATYANAGA MAKTUBI


bet54/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

ONEGINNING
TATYANAGA MAKTUBI
“Men bilaman, tahqirlar sizni
Ushbu munglig‘ sirlar bayoni.
Beomon bir g‘azab to‘foni
Chulg‘ar mag‘rur nigohingizni!
Ne istarman? Ne maqsad bilan
Dil ochurman sizga bemalol?
Achchiq, zahar kulguga, bilmam,
Men yo‘l berib qo‘ydim, ehtimol.
Nogoh sizni uchratib bir kez,
Mehr nurin payqadim-u, tez
Ishonmoqqa chog‘lanmadim hech:
Xush odatim yo‘li berkildi;
Men o‘zimning dilgir erkimni
Yo‘qotmoqni xohlamadim hech.
Yana bir hol ayirdi bizni...
Qurbon bo‘ldi Lenskiy, abgor...
Dilga yaqin har nimaki bor,
Shundan keyin koʻnglimni uzdim.
Men yotsirab yurdim. Azob bu.
O‘yladimki erk, orom – tanho
Baxtga evaz bo‘lur. O, xudo!
Qanday xato, qanday jazo bu!..
Yo‘q, yo‘q, sizni ko‘rmoq safosi,
Izingizdan qolmay quvlamoq,
Lab kulgusin, ko‘zlar imosin
Oshiq ko‘zlar ila ovlamoq,
Xo‘b termulmoq sizning jussaga,
Dildan tuymoq – ne kamolot bu,
Qarshingizda qotmoq g‘ussada,
Bo‘zarmoq va soʻnmoq... rohat bu!
Men shundan ham mahrumman, 
faqat
Sudralaman aylab tavakkal;
Kun – g‘animat, soat – g‘animat,
Men-chi, isrof etaman mahtal
Taqdir sanab bergan kunlarni,
Azal zahmi zo‘rdir ularning.
Men bilaman, umrimda bor had;
Lekin uni cho‘zib turmoqqa
Tongda amin bo‘lmoqligim shart
Kunduz kuni sizni ko‘rmoqqa...
Qo‘rqaman, bu mo‘min o‘tinchda
Nigohingiz ko‘rmasin yana
Manfur makr-hiylani hech-da,
Qilmangiz ham g‘azabkor ta’na.
Bilsaydingiz, naqadar dahshat
Muhabbatga zorlik jahonda;
Yonmoq, adl ila har soat
Tug‘yonlarni soʻndirmoq qonda... 
O‘zimga zid bormog‘im og‘ir;
Nochordirman ushbu kezda man;
Qarorim shul, izmingizdaman,
Men tan berdim taqdirga oxir”.


77
XXXIII
Javob yo‘qdir. Boz maktub yozur,
Ikkinchi xat, uchinchi xati –
Javobsiz. Bir majlisga bazo‘r
Borar edi; kirgan zahoti...
U duch keldi. Qanday beomon!
Buni ko‘rmas, so‘z demas biron;
Yohu, yana oshibdir qahri –
Borlig‘ida – chillaning zahri!
Tag‘in uning o‘jar lablari
Yashirmoqchi bo‘lar jahlini!
Sinchkov boqdi Onegin: qani,
Qani uning tug‘yon, dardlari?!
Qani ko‘zyosh dog‘lari?.. Abas!
Chehrasida g‘azab izi, bas...
XL
Qayon yelar Onegin? Ayon,
Siz topdingiz maqsadin: tag‘in,
Tag‘in borar Tatyana tomon
Son kirmagan mening tentagim.
Kirar xuddi murda misoli.
... Beka... Beka o‘ltirar yolg‘iz,
Besaranjom, chehrasi qonsiz,
Kaftin tirab yuziga, vayron,
Bir maktubni o‘qir besado,
Yoshlar to‘kur panjalar aro.
XLI
Uning unsiz iztirobin, bas,
Kim shu lahza uqolmas, evoh!
Kim begoyim aksida ko‘rmas
Eski munglig‘ Tatyanani, oh!
Yigit – o‘kinch, dard ichra majnun,
Oyog‘iga yiqildi zabun...
XLII
... “Bas, turingiz endi, men sizga
Aytmog‘im shart barini oshkor.
Yodingizda bormi, Onegin,
Taqdir bizni yo‘llagan sokin
O‘sha bog‘-u xiyobon? Nochor
Sizdan saboq tinglagan edim.
Tinglang, endi mening navbatim.
XLIII
Onegin, men u mahal yoshroq,
Ham suluvroq edim, chamamda.
Sizni suydim, suydim-u, biroq
Qalbingizdan ne topdim g‘amda?
Javob topdim beshafqat, xolos.
... Endi esa – yo rab! – o‘sha va’z,
O‘sha sovuq nigohni nuqul
Esladimmi, muzlab ketar qon...
Ayblamayman, ammo u zamon
Tutgandingiz oliyjanob yo‘l.
Haq edingiz, qilsam andisha,
Minnatdorman sizdan hamisha...


78
XLIV
O‘sha paytlar, shov-shuvdan yiroq
Ovloqlarda yurgan kezimda
Men yoqmagan edim-ku... Biroq
Ne bor endi mening izimda?
Endi sizga nishonman nechun?
... Istagingiz budir, hoynahoy,
Jamiyatda ochilsin sirim,
Men sharmisor bo‘layin, faqat
Bu gap sizga keltirsin shuhrat?!
XLVI
Onegin, bu dabdaba, shukuh,
Manfur hayot ziynati nadir?
Kibor olam domida beruh
Zafarlarim, davlatim nadir?
Hashamdor uy, ziyofat, g‘avg‘o,
Nadir menga bu bo‘g‘iq havo?..
O‘sha javon, huv yovvoyi bog‘,
O‘sha faqir maskanim, qishloq,
O‘sha – sizni, Onegin, ilk bor
Ko‘rganim ul joylarga, zotan,
Bukun sho‘rlik enagam yotgan
Xoch, soyalar ostidagi zor
O‘sha mozor, o‘sha xilqatga
Barchasini qilardim sadqa...
XLVII
Baxt bo‘lsa-chi, naqadar mumkin,
Yaqin edi naqadar!.. Endi –
Taqdirim hal. Ehtimol u kun
Xomlik qildim. Qancha yalindi
Ko‘zyosh bilan avrab onam ham,
Oh, Tatyana sho‘rlikka u dam
Hamma narsa baribir edi...
Turmush qildim oqibat... Endi
Iltimosim, tinch qo‘ying bizni.
Men bilaman, qalbingizda bor
Ham g‘urur, ham sobit, baland or,
(Yolg‘on nechun?) Sevaman sizni,
Nasib etdim boshqaga faqat;
Unga sodiq qolurman abad”.
XLVIII
Beka ketar. Yevgeniy turar
Chaqqan kabi boshida chaqin.
Endi nechuk tuyg‘u gupurar –
Qalbini ne o‘y bosur tag‘in?!
... Qahramonim, nihoyat, shunda
Uning uchun eng mushkul zumda
Tark etamiz, o‘quvchim, bu on,
Uzoq muddat... umrbod... abad...
1. Onegin bir paytlar o‘zi rad qilgan Tatyanani sevib qolishini qanday 
izohlaysiz? Yoki maqsad, Tatyana aytganiday, uni “sharmisor qilib shuhrat 
orttirish”mi?
2. Onegin “Qanday xato, qanday jazo bu!” deganda nimani nazarda tut-
moqda? Bu xatoni qilmaslik imkoni bormidi?
3. Tatyananing Oneginga aytganlari – dil izhorimi yoki ayblov? Nima 
uchun?

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish