Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________
«Adabiyot» 8-sinf
8«__»____ ___________________ 8«__»____ ___________________
19-DARS Mavzu: NODIRA HAYOTI VA IJODI
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Nodira - XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o‘zbek shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo‘lib, Nodira- adabiy taxallusi. Bundan tashqari, Komila taxallusi bilan ham o‘zbekcha she’rlar bitgani ma’lum. Forsiy asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan.
U ijod qilgan davrda Qo‘qon adabiy muhitida o‘zbek va tojik tillarida badiiy asarlar yaratish qariyb teng darajada edi.
Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi.
Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temur xonadoniga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib olish mumkin:
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni,
Nodiraning onasi - Oyshabegim qizining komila shaxs bo‘lib yetishuviga ko‘p hissa qo‘shdi. Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog‘asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg‘ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi. Oradan uch yil o‘tib, ya’ni 1810-yili Qo‘qon xoni, ya’ni Nodiraning qaynag‘asi Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga ukasi Umarxon o‘tirdi. Shoiraning bundan keyingi hayoti mamlakat poytaxti bo‘lgan shu shaharda - xon saroyida kechdi. Bu uning ijod bilan muntazam va unumli shug‘ullanishi, o‘zidan oldingi turkiy va forsiy shoirlar asarlarini qunt bilan o‘rganishi, ular an’analarini o‘zlashtirib, izchil davom ettirishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Shoira yashagan zamonda Qo‘qon adabiy muhiti gullab-yashnagan edi. Umarxon uning umr yo‘ldoshi, mamlakat rahbarigina emas, ustoz shoir ham edi. U Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilar, shoir sifatida mashhur edi. Tarix takrorlanadi, degan gap bor. O‘xshash yerini qarangki, Nodira va Zulfiyaning turmushi ham qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 yoshligida, Zulfiya esa 29 yoshida umr yo‘ldoshidan ajradi. Bu ayriliq tabiiy ravishda ana shu ikki shoira ijodida hijron motivini asosiy yo‘nalishga aylantirdi. Nodira va Zulfiya faqat adabiyotimizdagina emas, umuman, hayotda ham o‘zbek ayolining vafo va sadoqati timsoli bo‘lib tarixda qoldi. Nodira ijodi haqida gap ketar ekan, yana bir nozik jihatni esdan chiqarmaslik kerak. Yor timsolida zimdan Alloh ko‘zda tutilishini, bu o‘zbek mumtoz g‘azaliyotida an’anaviy bir hodisa ekanini yaxshi bilasiz. Modomiki, yor Xudo ekan, uning jinsi ma’lum emas. Aksar erkak shoirlar yor deganda go‘zal bir qizni ko‘z oldilariga keltirib, uning chiroyini - qaddi-qomati, beli, sochi, yuzi, yonog‘i, ko‘zi, qoshi va hokazolarini qalamga olgan, bu borada bisotidagi bor yaxshi so‘z-u ifoda-yu tasvirlarini ishga solgan. Bu mantiqan o‘zini oqlagan. Chunki Alloh — husn shohi, ya’ni go‘zallikning eng oliy namunasi, uni har qancha ta’riflasangiz ham, kamlik qilaveradi. Biroq endi shoira yozgan g‘azal yo boshqa kichik lirik janrlar namunalarida yor timsoliga munosabat biroz o‘zgaradi. Birinchidan, ancha umumiylashadi, ya’ni endi uni xushro‘y bir qiz sifatida tasvirlab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, g‘azal an’anasiga ko‘ra, lirik qahramon - oshiq tarzida namoyon bo‘ladi, erkak shoirlar yozgan asarlar ma’shuqaga bag‘ishlanadi, shoiralar qalamiga mansub satrlarda lirik qahramon oshiqqa aylanadi va g‘azal ma’shuqqa bag‘ishlanadi, shuning uchun endi uning uzun sochi, ingichka beli, qalam qoshi, uzun kipriklari... maqtalavermaydi. Uchinchidan, ma’shuqni shunday umumiy tarzda tasvirlash kerakki, undan Allohga ishora uzoqlashib ketmasin.
Nodira ijodi bu talablarga to‘la javob beradi. Uning «Eshit» radifli g‘azalida biryo‘la ham Amir Umarxon, ham Yaratganga ishora borligini sezish qiyin emas. Bu matla’dayoq ko‘zga tashlanadi:
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob. Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |