Adabiyot 5 -2018
1.Ezopning qaysi masalida o’ziga ortiqcha baho berishning oqibati yoritilgan?
A)”Eshak bilan baqalar” B)”Burgut, zag’cha va cho’pon”
C)”Kiyik bilan tokzor” D)”Bo’ri bilan laylak”
2.Topishmoqning qaysi turida turi zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etadi?
A)zamonaviy topishmoqlarda B)an’anaviy topishmoqlarda
C)majoziy topishmoqlarda D)yangi topishmoqlarda
3.A.Navoiyning qaysi asarlarida majojiy shakldagi ibratli hikoyalarning eng sara shakllari uchraydi? A)”Mahbub ul-qulub” , “Lison ut-tayr” B)”Hayrat ul-abror” , “Lison ut-tayr”
4.Navoiyning qaysi asari maxsus majoziy yo’nalishda yozilgan?
A)”Mahbub ul-qulub” B)”Lison ut-tayr” C)”Hayrat ul-abror” D)”Nazm ul-javohir
5.Topishmoqlar hajmining o’sib borishi nimalarga bog’liq?
A)O’zida yashiringan predmetlar miqdoriga bog’liq
B)Narsaning sifati, belgilari, o’xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinishiga bog’liq
C)Qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag’ali so’zlarning ko’payishiga bog’liq
D)hamma hukmlar to’g’ri
6.Quyidagi masalnavislardan qaysilari tom ma’noda Ezopning davomchilari hisoblanadi?
A)Fedr, Babriy B)Lafonten, Lessing C)Gellert, Krilov D)Fedr, Lafonten
7.”Ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati” haqidagi hadisi sharifda ilm nimaga o’xshatilgan? A)quyoshga B)yomg’irga C)hosildor yerga D)suvga
8. Ezopning qaysi masalidan kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa, u albatta, xudoning qahriga yo’liqadi degan xulosa chiqadi?
A)”Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” B)”Kiyik bilan tokzor”
C) “Bo’ri bilan laylak” D)” Eshak bilan baqalar”
9.”Mahbub ul-qulub” asari qanday asar hisoblanadi?
A)ma’rifiy-axloqiy B)ijtimoiy-siyosiy D)ijtimoiy-iqtisodiy C)diniy-dunyoviy
10. Hayvonlar haqidagi ertaklarda ayiq nimaning ramzi?
A) Ayyorlik va munofiqlik B)Qonxo’rlikC) chaqimchilik D)go’l, laqmalik
11.”Uch –og’ayni botirlar ertagidagi ota o’g’illarini tarbiyalashda nimalarga ahamiyat berdi?
A)sog’lom qilib tarbiyalaydi,o’qitadi, cho’ponlikdan saboq beradi
B)kuchli qilib tarbiyalaydi,qo’rqitmaymay o’stiradi,to’y qiladi
C)sog’lom vujudli qilib o’stiradi,qurol yarog’ bilan tanishtiradi,qo’rqitmay o’stiradi
D)yaxshi ot qo’yadi, shirin muomali qilib tarbiyalaydi, ilm-hunar o’rgatadi
12.Ezop kimning saroyida xazinabon lavozimida ishlagan?
A) Lidiya shohi Krez B)Vavilon shohi Likurg
C) Frigiya shohi Kvant D)Ezop xazinabon bo’lib ishlamagan
13.XVII asrda Fransiyada kim masalchilik janrida shuhrat qozondi?
A) Babriy B) Krilov C) Lafonten D)Lessing
14.Rasululloh kimlarga zakot bergan odamga ikki savob tegadi deganlar?
A)qarindoshlarga B)ochlarga C)yetim-yesirlarga D)qo’shnilarga
15.Hammabop ommaviy janr bo’lib, ularda xalq hayotining barcha qirralari – turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o’rab olgan olam o’xshatishlar taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi? A)hikoya B)maqol C)masal D)topishmoq
16.Arzimagan tashvishdan xavotirga tushib, o’zini o’tga-cho’g’ga urgan kishilar yo biror kasallikka chalinadi yoki yechib bo’lmas chigalliklarga duch keladi. O’zgalar oldida obro’-e’tiborini yo’qotadi. Ushbu fikrlar e’zopning qaysi maqoliga to’g’ri keladi?
A) Ustiga tuz ortilgan eshak B) Burgut, zag’cha va cho’pon
C) Bo’ri bilan laylak D)Eshak bilan baqalar
17.”Susambil” ertagida bo’rilar kimni so’fi deyishadi?
A)eshakni B) xo’rozni C)arilarni D)ho’kizni
18.”Sizga bog’ bo’lsin, bizga hayot”jumlasi ertaklarning qaysi qismida uchraydi?
A)kirish qismida B)voqealar rivojida C)tugallanmada D)kirish va tugallanmada
19.Qaysi asarda ikkita xiyonatkor vazir obrazi berilgan?
A)”Qor malikasi” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Oygul bilan Baxtiyor” D)”Bulbul”
20.”Uch og’-ini botirlar ertagida shinnidan odam isi kelayotganini kim aytadi?
A) vazir B) to’ng’ich botir C)o’rtancha botir D)kenja botir
21.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida aka-ukalar necha yilda otalari yoniga qaytadilar?
A)4 yil B)3 yil C)1 yil D)2 yil
22.”Boyagi-boyagi, boyxo’janing tayog’I” iborasi qaysi ertakda uchraydi?
A)”Oygul bilan Baxtiyor” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Susambil” D)”Ur to’qmoq’
23.Ertaklar boshlanmasida yasovul ekan deb nima aytiladi?
A)bo’ri B) tulki C) chumchuq D) g’oz
24.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida o’rtancha botir navbatchiligida nima bilan (kim bilan) olishadi?
A)sher bilan B)ajdar bilan C) dev bilan D)qaroqchilar bilan
25.Quyidagi qahramonlardan qaysi biri bilmasdan o’z egasi hujum qiladi? (“Susambil”)
A)to’ti B)eshak C)ho’kiz D)xo’roz
26.”Susambil” ertagida bo’rilar munkarnakir deb nimani nazarda tutishgan?
A)ho’kizni B)ehsakni C)xo’rozni D)arilarni
27.”Uch og’ayni botirlar” ertagida ota o’g’illariga nima uchun “dangasalik qilmang” deydi?
A)baxtsiz bo’lmaysiz B)bexavotir bo’lasiz C)xijolat tortmaysiz D)badavlat bo’lasiz
28.”Va’da – ulug’ narsa, uni buzish yaramaydi”
Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
A)”Qor malikasi” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Oygul bilan Baxtiyor” D)”Bulbul”
29. Mumtoz adabiyotimizda chistonlar qaysi she’riy shakllarda yoziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |