Adabiyot 5-sinf 1- bo’lim
1.Mumtoz adabiyotimizda chistonlar qaysi she’riy shakllarda yoziladi?
1)fard 2)tuyuq 3)bayt 4)qit’a 5)masnaviy 6)ruboiy 7)g’azal 8)muxammas
A)1,2,3,4,6 B)1,3,5,6,8 C)1,3,4,6,7 D)3,4,5,6,8
2.Ezopning qaysi masalidan “Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil degan xulosa chiqarish mumkin? A) Bo’ri bilan laylak B)Eshak bilan baqalar
C)Kiyik bilan tokzor D)Ustiga tuz ortilgan eshak
3. Ezopning qaysi masalidan chiqadigan xulosa “Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma” degan maqolga mos keladi?
A) Burgut, zag’cha va cho’pon B) Ustiga tuz ortilgan eshak
C) Bo’ri bilan laylak D) Kiyik bilan tokzor
4. Qaysi masalchi Ezop masallarini she’riy yo’l bilan lotin tiliga tarjima qildi?
A) Lafonten B) Babriy C) Lessing D)Fedr
5.Ezop kimning saroyida xizmat qilgan?
A) Vavilon shohi Krez B) Lidiya shohi Krez
C) Frigiya shohi Ksanf D) Yunoniston shohi Ksanf
6. Ezopning qaysi masalida do’stga sadoqat g’oyasi ilgari surilgan?
A)”Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” B)”Kiyik bilan tokzor”
C) “Bo’ri bilan laylak” D)” Eshak bilan baqalar”
7.Imom Buxoriy “Al jome’ as-sahih”to’plami ustida necha yil ishlagan?
A) 4 yil B) 8 yil C) 12 yil D) 16 yil
8.Hadis musnadi nima ?
A) roviylar ro’yxati B)hadis aytuvchi C)hadisshunos olim D)hadis sharhi
9.Ezopning “Eshak bilan baqalar” masalI mazmuni qaysi o’zbek xalq maqoliga hamohang? A)Osmon uzoq, yer qattiq B) Birni ko’rib fikr qil,birni ko’rib shukr qil
C)Buzoqning yugurgani somonxonagacha D)Sanamay sakkiz dema
10. Ezopning qaysi masalidan kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa, u albatta, xudoning qahriga yo’liqadi degan xulosa chiqadi?
A)”Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” B)”Kiyik bilan tokzor”
C) “Bo’ri bilan laylak” D)” Eshak bilan baqalar”
11.Imom Buxoriyning “Al jome’ as-sahih” asarida nechta ishonchli hadis bor?
A) 3937ta B)7397 ta C) 600000 ta D) 6747 ta
12.Ezopning qaysi masalidan yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerak degan xulosa chiqadi? A)Kiyik bilan tokzor B)Bo’ri bilan laylak C) Yovvoyi echkilar bilan cho’pon D) Eshak bilan baqalar
14.Hadislarda kimni zolim deyiladi?
A) ota-onasiga hurmatsizlik qilgan odamni B)g’iybatchi va razil kishilarni
C)Alloh taolo nozil qilgan yo’l-yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydirganlarni
D)qarindoshlarga zakot bermaydiganlarni
15.Ezopning qaysi masalidan qilmish-qidirmish degan xulosa kelib chiqadi?
A)Kiyik bilan tokzor B)Yovvoyi echkilar bilan cho’pon
C)Bo’ri bilan laylak D)Eshak bilan baqalar
16.XVII asrda Fransiyada kim masalchilik janrida shuhrat qozondi?
A) Babriy B) Krilov C) Lafonten D)Lessing
18.”O’zbekison Milliy bog’I” dagi Alisher Navoiyning haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga qaysi misralari yozib qo’yilgan?
A) Odami ersang demagil odami, D) Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
B) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig’,
Yor o’lung bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish.
C) Bu gulshan ichra yoqtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshilik birla chiqsa ot.
19.Rasululloh kimlarga zakot bergan odamga ikki savob tegadi deganlar?
A)qarindoshlarga B)ochlarga C)yetim-yesirlarga D)qo’shnilarga
21.Hadisi sharifda mutakabbirlik qilib o’zi ham o’rganmaydigan, o’zgalarga ham o’rgatmaydiganlar qanday atalgan? A)fosiq B)mo’min C)kofir D)olim
22.”Ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati” haqidagi hadisi sharifda ilm nimaga o’xshatilgan? A)quyoshga B)yomg’irga C)hosildor yerga D)suvga
23.”Al- jome’ as-sahih” asarida nomi keltirilgan Ammor ibn Yosir kim?
A)Hazrat Alining yordamchilaridan biri, sahoba B)Rasulullohning yordamchisi
C)tobein D)mulk egasi
24.Islomda eng yaxshi xislatlar qaysilar?
1)insofli va adolatli bo’lmoq, 2)barchaga salom bermoq,
3)kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq 4)ochlarga taom bermoq,
5) tanigan va tanimaganlarga salom bermoq
A)1,2,3,4,5 B)1,2,3 C)1,3,5 D)4,5
25.”Do’st uldurki, o’ziga ravo ko’rmagan narsani do’stiga ham ravo ko’rmaydi. O’zi do’sti uchun o’limga tayyor bo’lsa ham, ammo do’stini bu ishda sherik qilmaydi”.Ushbu fikrlar kimning qaysi asarida keltirilgan?
A)Gulxaniy “Zarbulmasal” B)A.Navoiy “Mahbub ul-qulub”
C)A.Navoiy “Hayrat ul-abror” D)Ezop “Masallar”
26.Topishmoqning qaysi turida turi zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etadi?
A)zamonaviy topishmoqlarda B)an’anaviy topishmoqlarda
C)majoziy topishmoqlarda D)yangi topishmoqlarda
27.A.Navoiyning qaysi asarlarida majojiy shakldagi ibratli hikoyalarning eng sara shakllari uchraydi?
A)”Mahbub ul-qulub” , “Lison ut-tayr” B)”Hayrat ul-abror” , “Lison ut-tayr”
C)”Mahbub ul-qulub”, “Hayrat ul-abror” D)”Sabhatu abhor” , “Hayrat ul-abror”
28.Navoiyning qaysi asari maxsus majoziy yo’nalishda yozilgan?
A)”Mahbub ul-qulub” B)”Lison ut-tayr” C)”Hayrat ul-abror” D)”Nazm ul-javohir”
29.Topishmoqlar hajmining o’sib borishi nimalarga bog’liq?
A)O’zida yashiringan predmetlar miqdoriga bog’liq
B)Narsaning sifati, belgilari, o’xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinishiga bog’liq
C)Qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag’ali so’zlarning ko’payishiga bog’liq
D)hamma hukmlar to’g’ri
30.Hadisi sharifda rizqim ulug’, umrim uzoq bo’lsin degan kishi qanday bo’lish kerakligi aytiladi?
A)ota-onasini hurmat qilishi B)qarindosh-urug’larga mehr-oqibatli bo’lishi
C)ilm o’rganishi va boshqalarga o’rgatishi D)yetimlarga mehr ko’rsatishi
31.Hadislarda “Ikki narsadan o’zgasiga hasad qilmoq joiz ermas”deydi? Ana shu ikki narsa nima?
A)qarindoshlariga zakot bergan va yetimning kafilini olgan
B)halol mol-dunyosini Haq yo’lida sarflayotgan bo’lsa, ilm-u hikmat tufayli oliymaqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa
C)ota-onasining duosini olgan bo’lsa va ilm-u hikmat tufayli oliymaqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa
D)insofli va adolatli bo’lgan bo’lsa, kambag’alligida ham sadaqa berib turgan bo’lsa
32.Hammabop ommaviy janr bo’lib, ularda xalq hayotining barcha qirralari – turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o’rab olgan olam o’xshatishlar taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi? A)hikoya B)maqol C)masal D)topishmoq
33.Arzimagan tashvishdan xavotirga tushib, o’zini o’tga-cho’g’ga urgan kishilar yo biror kasallikka chalinadi yoki yechib bo’lmas chigalliklarga duch keladi. O’zgalar oldida obro’-e’tiborini yo’qotadi. Ushbu fikrlar e’zopning qaysi maqoliga to’g’ri keladi?
A) Ustiga tuz ortilgan eshak B) Burgut, zag’cha va cho’pon
C) Bo’ri bilan laylak D)Eshak bilan baqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |