Adabiy til va bag’dod shevasi



Download 49 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi49 Kb.
#842569
Bog'liq
Maqola Bag\'dod shevasi


Filologiyaning dolzarb masalalari
Qoraboyeva Mohira Abdusalim qizi
21.03 guruh magistranti
Farg’ona davlat universiteti
ADABIY TIL VA BAG’DOD SHEVASI

Adabiy til- muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlashtirilgan , mazkur tilda so’zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakldir. Adabiy tilning ikki - og’zaki va yozma ko’rinishi mavjud. Har qanday adabiy til xalq og’zaki nutqi asosida shakllanib , shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl olinadi.


Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy- manaviy qadriyatimiz hisoblanadi. Aslida ham ona tili tushunilishi haqiqatga yaqindir. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash , qadrlash zarur. Har qanday mahalliy sheva tilning quyi shakli, u adabiy tilning boyishi uchun bitmas- tuganmas manbaidir.
“Sheva” bir tilga mansub bo’lib, turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko’rinishidir. Masalan, Buvayda shevasi, Bag’dod shevasi kabi. Ma’lum bir hududda yashovchi aholi tomonidan ishlatiladigan so’zlar shevalarni tashkil qiladi. O’zbek adabiy tili uchun uchta lahja asos qilib olingan bo’lib, bulardan qarluq- chigil- uyg’ur lahjasi keng ko’lamli hisoblanadi. Bu lahjada so’zlashuvchi aholi tarkibiga Farg’ona vodiysi aholisi ham kiradi. Farg’ona hududida joylashgan Bag’dod tumani shevasi ham o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan boshaqa tumanlardan ajralib turadi.
Bag’dod tumani 1926- yilning 29-sentabrida tashkil topgan. Tuman Farg’ona viloyatining markaziy hududida joylashgan. Bag’dod hududida 1 ta shaharcha, 75 ta qishloq bo’lib, har bir qishloq aholisi o’ziga xos so’zlashuv uslubiga ega. Har bir qishloq aholisining tilida farqlarni ko’rish mumkin. Masalan, “ yana” so’zi bag’dodliklar shevasida “tag’in”, “ tog’in” , “ ton”, “ aytdi” so’zi “ etti”, “keyin” so’zi “ kin” tarzida talaffuz qilib, aytiladi. Bunday so’zlarni juda ko’plab keltirish mumkin. Xususan, taniqli ijodkor, shoir, Bag’dod farzandi Iqbol Mirzo ijodida ham bag’dodliklarga xos so’zlashuv uslubini ko’rishimiz mumkin:

Kulib qarab, kulib ko’zin obqochgan


O’rgatvolib, keyin o’zin obqochgan,
Quchoqlasam, titrab o’zin obqochgan
Tugunchagin tugib qo’ygan tayyor qiz,
Yolg’on yig’lab , erga borar ayyor qiz.

Bu misralarda “obqochgan” va “o’rgatvolib” so’zlari adabiy tilda qo’llanadigan “olib qochmoq” va “ o’rgatib olib” so’zlari o’rnida qo’llangan.


Hozirgi kunda sheva xususiyatlari adabiy til ta’sirida juda tez birlashib, sayqallanib borishiga qaramay , bu xususiyat faqat qishloqlarda emas, balki shaharlarda ham ma’lum darajada saqlanib kelyapti, hattoki yetarli bilimga ega , ziyoli insonlar nutqida ham o’zi yashayotgan hudud shevasining ta’sirini sezish mumkin bo’ladi. Bag’dod shevasi leksikasi ham adabiy tildan birmuncha farq qiladi. Bu yerda yashovchi aholi uchun bu sezilmasada, lekin boshqa hududdan kelgan insonlar buni tezda payqab olishi mumkin. Quyida keltirilgan so’zlar bunga misol bo’la oladi.


So’ltamat- biror ishni eplolmay, doim bo’shashib yuradigan odam
Oziqchi- adashtirib ,yo’ldan ozdiruvchi maxluq, jin
Shoti- narvon
Valish- uzum o’stirish uchun mo’ljallangan joy, narsa
Palg’ari- uzum novdasini yerga ko’mib, boshqa joyga o’tqazish, ko’kartirish
Chippang- to’la
Kesmaldak- bargsiz, quruq tut novdasi
So’ri- ko’tarib yurishga mo’ljallangan o’tirish uchun joy, narsa
Paqir- suv tashiladigan idish
Mang- mana ma’nosida
Jiji- chaqaloq
Chorvog’- uyning ekin ekiladigan qismi
Kavatob yoki kavartak- uzum bargini o’rab tayyorlanadigan do’lma.
G’arram- juda ko’p ma’nosida
Tuqum--tuxum
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki Bag’dod shevasi adabiy tildan sezilarli darajada farq qiladi. Albatta, bu bag’dodliklarning o’ziga xos turmush tarzi va so’zlashuv uslubini belgilaydi. Ona tilida chiroyli so’zlash, til me’yorlariga amal qilish o’z tilimizga bo’lgan hurmatni belgilaydi. Lekin shevalarimizda so’zlash esa o’zligimizni belgilaydi. Shunday ekan tilimizni doimo hurmat qilaylik, lekin o’zligimizni ham unutmaaylik.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Doniyorov X. Ozbek xalqining shajara va shevalari. Toshkent, 2017.
2. Ashurova K. Bag’dod va bag’dodliklar. Toshkent, 2016.
3. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. Toshkent, 2007.
4. Ashirboyev S. O’zbek dialektologiyasi. Toshkent, 2013.
5. Xudoyqulova Sh. O’zbek dialektologiyasi. O’quv-uslubiy majmua. Guliston, 2008.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish