- Adabiy til uslublari: kasbiy sohaga doir matnlar asosida adabiy til me’yorlari
- Reja:
-
- 1.O’zbеk adabiy tilida asosiy nutq uslublari
- 2. So’zlashuv uslubi
- 3. Publitsistik uslub
- 4. Badiiy uslub
- 5. Rasmiy uslub
- 6. Ilmiy uslub
- O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari
- Turk nazmida chu men tortib alam,
- Ayladim ul mamlakatni yakqalam”,- deb yozgan ekanlar Hazrati Alisher Navoiy bobomiz. Ya’ni ul zot ona tilini bayrog’ini baland ko’tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan. Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili- millat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda 2019-yil 21-oktyabr PF- 5850 “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora –tadbirlar to’g’risida”gi prezident farmoni e’lon qilindi.
- Har birimiz davlat tiliga bo’lgan e’tiborni mustaqillikka bo’lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni , ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak,- deydi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev .
- Til so’zlash vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo’lganidagina ma’lum vazifani bajaradi. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
- O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
- Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llanadigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qilinadigan ko‘rinishi
- adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlarga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi jonli so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Jonli so‘zlashuv
- uslubi erkin uslub, unda shevaga xos so‘zlar ham qo‘llanadi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialog shaklida bo‘ladi.
- So'zlashuv uslubi- bu uslubning adabiy til me'yorlariga rioya qiladigan ko'rinishi adabiy so'zlashuv uslubi nutq ko’pincha dialogik nutq deyiladi.So'zlashuv uslubida ko'pincha turli uslubiy bo'yoqli so'zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do'ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol! So'zlashuv uslubida gapdagi so'zlar tartibi ancha erkin bo'ladi, piching, qochiriqlar, kinoyalar ko'plab ishlatiladi. Ko'proq sodda gaplar, to'liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
- Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”romanidan parchani o’qing. So’zlashuv uslublarini belgilang
- Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda!
- O’ynab qo’yay! Maqoldan-da o’ynab qo’yay, shu maqolni aytmish eldan-da o’ynab qo’yay!
- Men dalalarimga temirtish soldim. Dalalarimni qirq santim o’yib haydadim.
- Qirq santimdan chuquri havo ko’rmagan yer bo’ladi. Suv ko’rmagan yer bo’ladi. O’lik yer bo’ladi!
- Yer chuqur haydalsa- ana shu o’lik yer yuzlab-yuzlab qoladi. O’lik yerda chigit qiyg’os unmaydi. O’lik yerda g’o’za o’z vaqtida yetilmaydi. O’lik yerda paxta hayallaydi.
- Men temirtish bilan dalalarimni yonboshlab-yonboshlab haydadim. Men temirtish bilan dalalarimni palaxsalab-palaxsalab haydadim.
- Publitsistik(lot. Publika- xalq, omma) davrning eng muhim, dolzarb masalalarini tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta- jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
- Topshiriq: Berilgan matnlarni ifodali o‘qib, ommabop uslubga xos xususiyatlarni aniqlang.
- MUZEYDAGI MASHG‘ULOT BILIMLARNI BOYITDI
- O‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, bilimlarini oshirishda sayohat darslari, muzeylarda olib borilgan mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega. Bu kabi amaliy tadbirlarni uyushtirish o‘qituvchidan mas’uliyat talab etadi. —Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning 570 yillik yubileyi arafasida o‘quvchilar bilan navbatdagi darsni ulug‘ shoir nomi bilan ataluvchi adabiyot muzeyida o‘tishni rejalashtirdim,— deydi poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 119-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Muharram Erkabayeva. —Avval o‘quvchilarga shoir ijodi va faoliyati, asarlarini kitobdan topib o‘qishlarini, ruboiy va g‘azallaridan yod olishni vazifa qilib berdim. Muzyega tashrif buyurganimizda o‘quvchilarning yuzida mamnunlik hissini ko‘rdim. Muzey eksponatlari—Navoiy hayoti va ijodiga oid suratlar, asarlar va ularga ishlangan miniaturalar o‘quvchilarning ulug‘ alloma haqidagi bilimlarini boyitdi. Muallima amaliy mashg‘ulot davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, shoir ijodidan namunalar yod o‘qib berishganini alohida ta’kidladi. “Ma’rifat” gazetasida
- Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangandir. Badiiy uslub, ulardan farqli ravishda, inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham, ommaviy uslubning ham, so’zlashuv uslubning ham, rasmiy uslubning ham shakllari namoyon bo’ladi.
- -Nima bo’ldi? Charchadingmi?
- Ikromjon shunday dedi-yu, orqasiga qaradi. Ag’darigan yerdan hovur ko’tarildi.
- -Bir o’zing ag’dardingmi?
- Nizomjon bosh silkitdi.
- -Obbo, azamat-ey! To’rt yarim sotix kelib qoladi. Bunaqa qilma, o’g’lim.Bunaqada o’zingni chaqib qo’yasan. Har qanaqa dehqon ham qishdan chiqib qo’liga ketmon olganida ishga bunchalik zo’r bermaydi, (Said Ahmadning “Hijron kunlarida” romani)
- Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo’llanuvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi.
Rasmiy uslub - O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi PF-5330-son, “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son farmonlarini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- 1. Quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ishlatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
- 3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tugatilayotgan, qayta tashkil etilayotgan suv xo‘jaligi tashkilotlarining ilgari ajratilgan asosiy fondlari, moddiy-texnika resurslari limitlari, mexanizmlari, avtotransport vositalari, shtat birliklari, budjetdan ajratiladigan mablag‘larini budjet tashkilotlariga belgilangan tartibda limitlar va normativlar doirasida qayta taqsimlanishini ikki oy muddatda ta’minlasin.
- 4. Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligining foydalanish tashkilotlari tomonidan issiqlik elektr energiyasi va sanoat mollari ishlab chiqaruvchi iste’molchilar ehtiyojlariga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lov miqdorini hisoblash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
- 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligini belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi va keng polosali internet tarmog‘i bilan ta’minlasin.
- O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
- Toshkent sh.,
- 2018-yil 3-iyul,
- 500-son
| | | - Fonetika, til, qo’shma, gap, nutq
| - Valuta, balans, baholamoq, birja
| - Kasr, mahraj, qoldiq, ko’paytirish
| - Melioratsiya(lot. Melioraio- yaxshilash), qishloq xo’jaligini melioratsiyasi- yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi.
- MUHANDIS (arab) , injener — texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis; texnika sohalaridan biri bo’yicha oliy ma’lumotli kasb egasi. Ilgari Sharqda binokor, yer o’lchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, handasa (geometriya) bilan shug’ullanuvchi kishilar Muhandis deb atalgan. Bag’dod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Qo’qon va b. shaharlarda hozirgacha saqlanib qolgan qad. bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan murakkab handasaviy (geometrik) shakllar, arklar, gumbazlar, qubbalar; sug’orish va suv chiqarish inshootlari (koriz, sardoba), charxpalak(chigir) M. lik qadimdan taraqqiy etganligini bildiradi. Xususan, Ashad al-Farg’oniyning Nildaryosiga qurilgan suv mikdorini o’lchash inshooti ham Muhandislik namunasi hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |