Badiiy adabiyotnining o‘ziga xosligini boshqa san’at turlari, masalan, musiqa va rangtasvir bilan qiyoslash
Adabiyot va san`at. o`zaro aloqadorligi. musiqa, rasm, raqs, kinofilm... bilan bog`liqligi, Adabiyotning ijtimoiy funksiya (vazifasi). Hayot - adabiyotning ham mazmun, ham shakliga asos ekanligi.
Adabiyotning spetsifikasi adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasining eng muhim murakkab masalasidir. U adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasiga oid turli asarlarda turlicha yoritiladi, ba`zi qirralari keng, ba`zilari esa juda tor ma`noda talqin etiladi. Ammo bu asarlarning barchasida adabiyotning spetsifikasiga doir bir masalalar doirasi tilga olinadi. Adabiyotning spetsifikasi munosabati bilan tilga olinadigan xususiyatlarning eng birinchisi–insonshunoslikdir. Har bir badiiy asarni o`qigandan keyin zehnimizda asarda tasvir etilgan kishilarning obrazlari qoladi. (Navoiyda Farhod va Shirin, Kodiriyda Kumush va Otabek). Yozuvchi har tarixiy davr va sharoitning mahsuloti bo`lgan insonni tekshiradi, uning ruhiy xolatlariga kiradi, ichki dunyosi haqida bizga aniq va ravshan tasavvur beradi. Bu vazifani badiiy adabiyot obraz yaratish yo`li bilan bajaradi. Badiiy adabiyotda tasvir etilgan inson obrazi umumlashtiruvchi kuchga ega. Unda ma`lum davr va muhit kishisining eng muhim va xarakterli xususiyatlari mujassamlashgan bo`ladi.
Shu sababli obrazlilik–badiiy adabiyot asarining eng muhim xususiyatlaridan biridir. Yozuvchi badiiy adabiyot asarida qonuniyatlarni badiiy tasvirlashga intilish–tipiklashtirish deb ataladi. Badiiy adabiyotning yana bir spetsifik xususiyati–unda so`zning alohida ahamiyatga egaligidir. Hayot haqidagi tasavvurlarini rassom bo`yoq va chiziqlar, kompozitor tovush va ularning uzun qisqaligi, raqqos harakatlar orqali ifodalasa, badiiy adabiyot vakili so`zga tayanadi. Shunday qilib, insonshunoslik, obrazlilik, to`qimaning muhimligi, tasvirning tipiklashganligi va so`zning alohida roli badiiy adabiyot spetsifikasining juda muhim momentlaridir.
Adabiyot o`z vazifalari, mazmuni va shakli jihatidan spetsifik xususiyatlarga egadir. Bu spetsifik xususiyatlarning jami adabiyotning jamiyat hayotidagi alohida rolini ta`min etadi. Adabiyot spetsifikasini ana shu uch tomondan ko`zdan kechirish orqaligina badiiy so`z san`atining spetsifikasi haqida to`la tasavvur hosil qilishimiz mumkin. Inson–adabiyotning tasvir predmetidir. Inson tasviri yo`q joyda badiiy adabiyot yo`q. Adabiyotning ba`zi janrlarida odam tasviri yo`qdek tuyuladi. Masalan, masal janrida haqida so`z yuritiladi. Ammo baribir bunda ham hayvonlar tasviri odam, uning fikr va xislatlari ifodasi uchun ramziy vositadir.
Biror asar hatto tashqi jihatdan badiiy adabiyot asariga juda o`xshab ketgan va nusxasi hisoblangan holda ham, agar o`sha asarda inson va uning inson va uning kechinmalari tasviri bo`lmasa, badiiy adabiyotdan joy ololmaydi. Badiiy adabiyot insonshunoslik bo`lgani uchun undagi hayot tasviri o`quvchilar ongida, dastavval tasvir etilgan odamlar sifatida joy oladi. Navoiy ijodida o`z tasvirini topgan hayot Layli Majnun, SHekspir ijodi–Gamlet, Otello, Kodiriy ijodi–Anvar Ra`no obrazlari orqali bizning ongimizda abadiy qolgandir. Insonshunoslik sharq xalqlari adabiyotlari uchun qadim zamonlardan beri xarakterlidir. Insonshunoslik (inson hayotining hamma tomonlarini aks ettirish) adabiyotga birov tomonidan yuklangan vazifa emas, balki uning o`z tabiatidan kelib chiqqan, uzviy spetsifik xususiyatidir. Shu o`rinda adabiyotda inson kechinmalari tasviri masalasining ikki muhim jihati (momentiga)ga to`xtalamiz. Birinchi jihati. Adabiyot uchun inson kechinmalarini tasvirlash– dunyoni (insonning o`zini ham)tushunish vositasidir. Shu sababli adabiyot doimo insonning ichki dunyosini uning borliqqa munosabatida tasvirlaydi. Xatto tashqi dunyoning eng oddiy ashyolari haqida gap borganda ham adabiyotni shu ashyolarning o`zi emas, balki shu ashyolar munosabati bilan inson nimalarni o`ylagani va qanday hislarni boshdan kechirgani qiziqtiradi. Ikkinchi jihati. Shoirning hayot va olam haqidagi o`ylari, kechinmalari asosida doimo bevosita yoki bevosita ifoda etilgan orzu hayotni yana ham go`zalroq, insonni yana ham odilroq, donoroq, saxiyroq va jasurroq ko`rish orzusi va bu orzuning amalga oshuvi imkoniyati borligiga imo-ishora yotadi.
Adabiyotda insonning ichki dunyosini tasvir etish dunyoni va insonning o`zini ham tushunishni maqsad qilib oladi: shu bilan birga, dunyoni tushunishga intilish uni yana ham go`zalroq qilish orzusi bilan sug`orilgan bo`ladi. Adabiyot–inson olam va hayot haqida «fikr aytmoqqa» ehtiyoj sezganida tug`ilgan. Inson kechinmalari tasvirining ikki muhim jihati. Inson va uning kechinmalarining tasviri adabiyotning vazifalari spetsifikasining muhim bir tomonidir. Bu spetsifikaning ikkinchi tomoni adabiyot–aqliy faoliyatning juda ham keng auditoriyaga mo`ljallangan sohasi ekanidir. Adabiy asar o`zining mazmuni va shakli jihatidan doimo million-million kishilar uchun, atayin va avvaldan ularga atalib yaratiladi. Fizik, ximik, 22biolog yoki sotsiolog ilmiy asar yaratganda yoki biror ilmiy haqiqatni kashf etganda, o`z asari va kashfiyotining hamma tomonidan o`rganilishini ko`zda tutmaydi, Adabiyot asarini yaratuvchi esa o`z asarining bunyodga kelishidan avvalroq uning hamma, shu jumladan, adabiyotga qiziquvchi fizik, ximik, biolog va sotsiolog tomonidan ham o`qilishini ko`zda tutadi, aks holda asarning muvaffaqiyatli chiqishini ta`min etaolmaydi. Mazmun va shakl jihatidan keng o`quvchilar ommasiga mo`ljallab asar yaratish adabiyotning tabiatidan kelib chiqadigan ikkinchi vazifasidir. Adabiyotning bu xususiyatini ko`rsatuvchi termin adabiyotshunoslikda xali yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |