Муламмаъ (ширу шакар)-икки тилда ёзилган бир шеър.
Беруний бобомиз шу, исми ҳам Абу Райҳон,
Ба форси гутаам гар аз замони пур Сино. (А.Орипов)
Mulamma' (arabcha-yarqiroq, yarqiratilgan) she'rni atayin ikki yoki undan ortiqroq til so'zlari asosida yaratish san'atidir. Ba'zida u talmi' deb ham yuritilgan. Ikki tilda yozilgan mulamma' "shir-u shakar, uch tilda ifodalangan mulamma' "shahd-u shaker deb yuritilgan.
Xiroming ajib-u jamoling bade',
Kaloming balig'-u maqoming rafe'.
Uzoringga bermish xating jo'shish
Tarovat, chu rayhon fasli rabe'...
Sidqiy Xondayliqiyga mansub ushbu g'azalda "bade', rafe', rabe' kabi so'zlarning arab tilidan olinganini, mulamma' qofiya turini yaratganini ko'ramiz.
Мувашшаҳ(ар. зийнатланган, безалган) - шеърнинг байт ёки мисралар бошидаги ҳарфга исм яширилган шеър
Чиройли қизча кўрдим, Бир кўрган унга шайдо.
Бахтиёрлар боғида. Ой юзи порлаб турар,
Атиргуллар сочади Қора кўзлари шаҳло.
Табассуми чоғида. Сўрадим: Отинг недур?
Раъно қиз шунча сўлим, Деди: Ҳар байтдадур
Тўртлик-тўрт қаторли бармоқда битилган шеър.
Шеърнинг зўри тўрт сатр,
Тўрт ажойиб, зўр сатр,
Шоир одам ўзини
Тўрт сатрда кўрсатур. (Э.Воҳидов)
Сонет-14 мисра, 4 банд (4+4+3+3) шаклдаги шеър. Жаҳон шеъриятида кенг ёйилган. 80-90-йилларда Барот Бойқобилов самарали ижод қилган.
Sonet (ital. "sonare"-jaranglamoq) 14 misradan iborat bo'ladi: uchta to'rt misralik va bitta ikki misralik banddan, ba'zan esa ikkita to'rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi. Birinchi ikki band-dastlabki qism "katren" (fran. "quatrion"- to'rtlik), yakunlovchi qism-"terset"(lot. "tres"-uchlik) deb yuritiladi va ular g'oyaviy-kompozitsion jihatdan o'zaro bog'lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqaradi. Sonetda fikr g'oyatda siqiq, ta'sirchan tarzda voqe bo'ladi. Oxirgi bandgacha fikr izchil rivojlanadi yoki uning qirralari detallashtiriladi-bor bo'y-bastining mohiyati ochilgandan so'ng, eng so'nggi bandda poetik fikrga yakun yasaladi. I. Bexer sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko'rinishlaridan biri; dastlabki to'rt misrasini tezis sifatida birinchi katren, keyingi to'rtlikni antitezis tarzida ikkinchi katren, so'nggi ikki uchlikni sintez deb yuritishni tavsiya qilsa, A. Muxtor uni she'riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar dastlab Italiyada (XIII- XIV asr) paydo bo'lgan. Dante, Petrarka, keyinroq Mikelanjelo; V. Shekspir (Angliya), Miskevich (Polsha), Derjavin, A. S. Pushkin, Shchipayev (Rossiya) ijodlarida sonetning go'zal namunalari yaratilgan. O'zbek adabiyotida sonetlarning namunalari Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar tomonidan yaratildi. Barot Boyqobilov 700 dan ortiq sonetlar bitdi, uning ijodida sonetlar guldastasi yuzaga keldi. Sonetlar gulchambari-magistral (grek."magistralis"-boshqaruvchi) 15 sonetdan (210 misradan) iborat bo'ladi. Birinchi sonetning oxirgi misrasi bilan ikkinchi sonnet boshlanadi. Ikkinchi sonetning oxirgi misrasi bilan uchinchisi boshlanadi. Shu tariqa 14 ta sonet yaratiladi va 15-magistral sonnet 14-sonetning birinchi misralaridan tuziladi. Oxirgi misra esa o'z navbatida birinchi misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali, Rauf Parfi, Mirzo To'ra, Ibrohim yusupov kabi ijodkorlar ham ko'plab sonetlar ijod etdilar. Ularda falsafiylik, "yombi"lik-original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va tersetlarning vobastaligidan so'nggi band uchun zarur bolgan poetik xulosalar chiqarish san'ati rivoj topdi. O'zbek sonetlarining eng go'zallaridan biri Cho'lponning "Men va boshqalar" (o'zbek qizi og'zidan) asaridir:
Kulgan boshqalardir, yig'lagan menman,
O'ynagan boshqalar, ingragan menman.
Do'stlaringiz bilan baham: |