- Bajardi:To‘xtasinov. A.
- Qabul qildi:Mamatqulova. I
- Mavzu: Etmak (ACANTHOPHYLLUM GYPSOPHILOIDES) OʻSIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA GENETIK TAHLILI.
| - Kirish. Mavzuning dolzarbligi va maqsad vazifalari
- (Acanthophyllum gypsophiloides) o’simligini biologik tavsifi.
- Etmak (Acanthophyllum gypsophiloides) o’simligining biotexnalogiyasi.
- Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining genetik tahlili.
| Kirish Ma’lumki dunyo miqyosida farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda. Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifat yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanish vaqtiga toʻgʻri keladi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi yigʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida, yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha nam boʻladi. Acanthophyllum turkumiga mansub turlarning urugʻi, barg aʼzolari, koʻp yillik poya va ildizlarining morfologik va anatomik tuzilishini oʻrganish. Acanthophyllum ularning ekologiyasi, taksonomiyasi, evolyutsiyasi va hayot shakli bilan bog'liq xususiyatlarni aniqlash va takomillashtirish. O‘zbekiston farmasevtika va oziq-ovqat sanoatini ushbu qimmatbaho turning xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun uni madaniylashtirish zarur, shu munosabat bilan ekish agrotexnikasining samarali usullarini ishlab chiqish lozim. - Acanthophyllum gypsophiloides o’simligi botanik tasnifi va geografik tarqalishi. Bu oila vakillari bir yillik, ko`p yillik chala buta o`simlikdir. Ularning poyalari silindir, bo`g`imli soxta dixotomik shoxlangan bo`ladi. Barglari oddiy va qarama-qarshi joylashgan, yonbargsiz, ba`zan pardasimon yonbarglidir. Ularning gullari to`g`ri, rangli yakka-yakka bo`lib yoki dixaziy to`pgulda joylashgan. Ko`pincha 2 jinsli, gulqo`rg`onli, odatda beshlik tipda tuzilgan, 5 doirali. Gulqo`rg`oni kosachabarg va tojibarglarga ajralgan, ba`zan oddiy gulqo`rg`onli. Gulqo`rg`on bargchalari 5 tadan. Kosachabarglari qo`shilib o`sgan yoki erkin, 4-5 tishli.Tojbarglari 4-5 ta, kosachaning tishlari bilan navbatlashib joylashgan. Otaligi 5-10 ta 10 ta bo`lganda tashqi doiradagi otaliklar tojbarglarning qarshisida joylashadi. Onaligi 1 ta, 2, 3, 5, 4 mevabargli. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko`sakcha yoki yong`oqcha, ba`zan quruq rezavor-meva bo`ladi. Urug`lari perspermli. Ko`sakchasi uchidagi tishchalaridan ochiladi. Vegetativ organlarida xususan yer ostki qismida saponinlarning bo`lishi bu oila vakillari uchun xarakterli xususiyatidir.
| - Acanthophyllum gypsophiloides o’simligi botanik tasnifi va geografik tarqalishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |