“Academic Excellence on Science and Research”
Special Issue | 2022
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www. sciencebox.uz/
134
Molibden va mis – molibden rudalari faqat flotatsiya usulida boyitiladi.
Agar ruda tarkibida
volframit, kassiterit, monatsit uchrasa gravitatsiya, magnit usuli qo„llaniladi.
Sulfidli molibden
rudalari, oson boyitiluvchan ruda hisoblanib, 0,1- 0,2 mmgacha yanchilgan mahsulot I -asosiy
flotatsiya jarayoniga kelib tushadi. Tozalash va nazoratli flotatsiya mahsulot – 0,044
mmgacha
yanchilgach, amalga oshiriladi va olingan asosiy flotatsiya konsentrati 3-6 marta tozalanadi.
Yig„uvchi reagent sifatida apolyar reagentlar – kerosin, transformator moyi (100-200g/t), shu
bilan birga ksantogenat va ko„pik hosil qiluvchi reagent sifatida sosna moyi, ksilenol ishlatiladi.
Molibdenit ishqoriy muhitda (pH=7,5–8) soda (1-2kg/t) qo„shilib flotatsiyalanadi. Agar mis va
temir sulfidi miqdori yuqori bo„lsa, natriy sulfid bilan cho„ktiriladi. [10-12]
Mis flotatsiyasiga natriy sulfidi (150-350 g/t) va rux kuporosi (150-350 g/t)
sfaleritni boyitish
uchun qo„shiladi. pH=8,5-8,7 bo„lganda ikkita tozalash jarayonidan keyin 16-18 % mis
boyitmasi ajratib olinadi (ajralishi 87-89%). Nazorat mis flotatsiyasi chiqindisi rux boyitmasidan
iborat bo„lib, ruxning miqdori 42-45 %, ajralishi 50-55%. [11]
Mis rudalarini boyituvchi chet el boyitish fabrikalarida kollektiv-selektiv sxemalar Yaponiyaning
“Kamikita”, “Xitachi”, “Osoridzava”, “Sosotsura” fabrikalarida hamda selektiv sxemalari
Kanadaning “Foks”, “Rutten”, “Ekstol”; Finlandiyaning “Keretti”; Yaponiyaning “Kavayama”
va Norvegiyaning “Sulitelma Gruber” fabrikalarida qo„llanadi. Mis-
rux rudalarini boyituvchi
chet el fabrikalarida maydalash jarayoni natijasida rudalar uch bosqichda 16-20 mm gacha
maydalanadi. Yanchish jarayoni ikki bosqichda olib borilib, 0,074 mm o„lchamdagi zarrachalar
65-80% ni tashkil etadi. Kanada va Finlandiya boyitish fabrikalarida to„plovchi reagent sifatida
amil va izopropil ksantogenatlari,
Yaponiyada amil, ikkilamchi butil va geksil ksantogenatlari
hamda butil va izobutil natriy ditiofosfatlari, aeroflotlar 3477, 208 va 211 ishlatiladi.
Kanada
fabrikalarida keng tarqalgan ko„pik hosil qiluvchi reagent – metilizobutil karbinol (14,5- 63,5
g/t), hamda daufros 250 (15,5 g/t) va sosna moyi (23,5g/t) ishlatiladi. Finlandiyadagi boyitish
fabrikalarida sosna moyi (29g/t) ishlatiladi. Piritni cho„ktirish maqsadida oltingugurtli gaz,
sianid
tuzlari, rux kuporosi, ohak va boshqa reagentlar keng qo„llaniladi.[13-18]
Do'stlaringiz bilan baham: