154
inkor
so„zlar
ma‟nosi
va sintaktik
14
Taklif
so„zlar
Tasdiq ma‟nosi Ajraluvchilik
O„zgarmaslik
Ma‟noviy
va sintaktik
DTSga asoslangan ona tili o„quv dasturi va darsliklarida ham
o„zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar ko„zga tashlanadi:
1.
Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe‟l, ravish, taqlidiy so„z,
undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish
xususiyati hisobga olingan holda ularni o„rganish fe‟l, ravish,
taqlidiy so„zlardan keyinga ko„chirilgan va ular ishora so„zlar
sifatida izohlanilgan.
2.
Dasturda bir so„z turkumidan ikkinchi bir so„z
turkumiga
o„tish talqini rus tili grammatikasidan ko„chirilgan hodisa sifatida
baholanadi
(“Yaxshi bola yaxshi o„qiydi”; “Mardona yigit mardona
gapiradi”
kabi gaplarda
yaxshi
va
mardona
so„zlari birinchi
birikmada
sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi).
Darslikda ravish so„z turkumining xususiyatlari o„rganilar ekan,
uning morfologik kategoriyalarni, so„z o„zgartiruvchi qo„shimchalarni
qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib ko„rsatilgan. Ravishlarning
morfologik jihatdan o„zgarmas ekanligi qator misollarda (
tasodifan,
birga, qasddan, o„zbekona, haqiqatan
) aniqlab berilgan. Ravishlarning
sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo„lib
kela olishi bilan
kengaytirilgan.
3.
Egalik, kelishik qo„shimchalari faqat otlar va otlarni
almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan
g„ayriilmiy talqin dasturdan o„rin olmagan. Grammatikadagi
otlashuv hodisasi "ma‟no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan.
4.
So„z turkumlarini o„rganishda ularning asosiy ma‟noviy,
morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, amaldagi
dastur va darsliklarimizdan farqli o„laroq quyidagicha joylashtirilgan:
1.Fe‟l.
7. Olmosh
2.Ot.
8. Ko„makchi
3. Sifat.
9. Bog„lovchi
4. Son.
10.Yuklama
155
5.
Ravish.
11.So„z- gaplar (undov,modal,tasdiq
6.
Taqlid so„z
va inkor,taklif so„z-gaplar)
7-
sinf darsligida so„z-gaplar, ularning ko„rinishlari
haqida batafsil
ma‟lumot berilgan. Tasdiq-inkor ma‟nosini ifodalaydigan so„zlar
(
asosan, ha, yo„q, xo„p, xo„sh
) tilshunosligimizda, ko„pincha, modallar
tarkibida o„rganilib kelingan. Hozirgi tilshunoslikda esa ularning
ma‟noviy xususiyatlari hisobga olingan holda alohida guruhga
ajratilgan. Taklif so„z-gaplar guruhiga qo„llanilishi tana a‟zolarining
maxsus harakatlari bilan uzviy bog„liq bo„lgan
Ma, Mang, Qani,
Xo„sh?, Marhamat
kabi so„zlar kiritilgan. So„z-gaplarning asosiy
xususiyati, ya‟ni ularning kesimlik shakli qo„shimchalarini mutlaqo
qabul qila olmasligi izohlab berilgan.
So„z turkumlarning miqdori, ularning belgilari tarixiy o„zgaruvchan
bo„lib, turli sistemalardagi tillardagina emas, qarindosh tillarda ham
turlichadir. Shunga qaramay bir tildagi so„z
turkumlarning miqdori
bo„yicha ham olimlar orasida turli qarashlar, tasniflar mavjud. Masalan,
hozirgi rus tilidagi so„z turkumlarining miqdori haqida shunday tasnif
mavjud: ko„pchilik olimlar so„z turkumini o„nta deb hisoblaydilar. Bular:
ot (имя существительное), fe‟l (глаголы), sifat (имя прилагательное),
ravish (наречие), son (имя числительное), bog„lovchi (союзы),
predloglar, undov (междометные слова), yuklama (частицы).
Hozirgi ingliz tilidagi so„z turkumlarining soni ham turli olimlar
tomonidan turlicha talqin qilinadi: ba‟zilari o„nta deb ko„rsatsa
(ot(noun), sifat (adjectives), son (numeratives), olmosh (pronouns), fe‟l
(verbs), ravish (adverbs), predlog, artikl va yuklama (conjunctions),
ba‟zilari o„n to„rtta deydilar: yuqoridagilarga qo„shimcha ravishda modal
so„zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so„zlar kiritiladi.
Hind-yevropa tillariga kiruvchi tojik tilida ham so„z turkumlari
quyidagicha tasniflanadi: ot:
дафтар, духтар, хона;
sifat:
нав, калон,
калонтар, сурх, сурхтар;
son:
як, даҳ, бист;
olmoshlar:
ман мо, ту,
шумо, ў, онҳо, ин;
fe‟l:
кардан, рафтан, истодан;
ravishlar:
муваққатан, ҳоло, тозон-тозон;
predloglar:
ба, дар, аз, барои;
bog„lovchilar:
ва, ҳам, чунки, зеро, бо ин ки;
yuklamalar:
- ми, - а, - ку,
не;
undov so„zlar:
оҳ! офарин! вой! э вой!
156
Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi
qator
yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o„rta ta‟lim dastur
va darsliklarida ham o„z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: