«O„zbekiston milliy ensiklopediyasi»
(13 tomlik. T., 2005)
umumiy qomusdir. Ammo adabiyotshunolikka oid
ensiklopedik
lug„atlar, qishloq xo„jaligiga oid lug„atlar, tilshunoslikka oid (Ахманова
С. Словарь лингвистический терминов. M., 1966) bo„lishi mumkin.
Filologik lug„atlar lisoniy birlik bo„lmish so„zning turli lisoniy
xususiyatlarini yoritish, ko„rsatishga xizmat qiladi. Ular aniq qoida va
lingvistik prinsiplar asosida yaratiladi. Filologik lug„atlar quyidagi
turlarga ega:
1.
Izohli lug„at.
So„zlarning ma‟nosi, qo„llanishi, nutqdagi
semalari, fonetik va grammatik xususiyatlarini ochib beruvchi lug„at.
Masalan, “O„zbek tilining izohli lug„ati”. M., 1981, 1-2 jildlar (O„TIL –
60.000dan ortiq so„z va so„z birikmasini o„z ichiga oladi); “O„zbek
tilining izohli lug„ati”. T., 2006, 5 jildli (O„TIL – 80.000dan ortiq so„z va
so„z birikmasini o„z ichiga oladi); С.И.Ожеговning “Толковый словарь
русского языка. 20-e изд., M., 1988. va b..
Do'stlaringiz bilan baham: |