205
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar
Tashqi omillar, jamiyat va til, tilning ekstralingvistik omillari,
differensiya, integratsiya, tillarning o„zaro ta‟siri, tillarning chatishuvi,
bilingvizm, tillarning o„zaro progressiv va regressiv ta‟siri
Til taraqqiyotidagi tashqi omillar- jamiyat va til, nutqiy situatsiya,
tilning boshqa tillar bilan o„zaro aloqasi va ta‟siri, tir taraqqiyotida
differensiya va integratsiya hodisalari, tilning ekstralingvistik faktorlarini
o„z ichiga oladi.
Paralingvistika, psixolingvistika, areal lingvistika,
sotsiolingvistika, ekstralingvistika singari sohalar mana shu tashqi
omillarni tadqiq qiladi.
Lisoniy rivojlanishning tashqi omillari tilning hududiy (areal),
davriy, ijtimoiy va tarixiy sharoitlariga ko„ra yuz beradi. Bunda nutq
jarayoni aloqa va kontakt masalalari va vaziyatlari (situatsiya)
hisobga
olinadi. Tillarning o„zaro ta‟siri va bilingvizm hodisasi, nutqiy iqtisod
va tushunarlilik qonuniyatlari o„rganiladi. Tashqi omillarning asosini-
tilning ijtimoiy ahamiyati va funksiyalari, tillarning tarixiy taraqqiyotini
tashkil qiladi.
Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so„zlovchilarning
ekstralingvistik omillar ta‟sirida bo„lishlari ham shu munosabatdan kelib
chiqadi.
Til – jamiyat a‟zolarini birlashtiruvchi qadriyat.
Til umumiy, nutq
esa –xususiydir, ya‟ni har bir kishining nutqi o„ziga xos, individual.
Kishilar o„z tafakkur tarziga, fikrlash qobiliyati va imkoniyatlariga ko„ra
so„zlaydilar. Bundan tashqari nutqidan uning bilish saviyasini, umumiy
dunyoqarashi - odatlarini, madaniyat darajasini – ma‟naviy olamini bilsa
bo„ladi, qolaversa, har birimiz o„z uslubimiz (stil) va estetik, etik
didimiz, tushunchalarimizga ko„ra turlicha nutqqa egamiz.
Inson – jamiyatda tug„ilib
voyaga yetadi, kamol topadi. Demak,
insoniy til ham jamiyat bilan birgalikda rivojlanishdadir. Til ijtimoiy
hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning
tabiiy biologik xususiyatlari (ovqat eyishi, nafas olishi va h.) tabiat
qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog„liq bo„lmagan holda rivojlanib
boradi. Ammo tilda so„zlashish va fikrlashish
uchun kishilik jamiyati
(sotsial muhit) bo„lishi shart. Til nasldan- naslga, avloddan-avlodga
206
o„tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining
mahsulidir. Agarda yosh go„dak kimsasiz orolga yoki hayvonlar orasiga
tashlab qo„yilsa, u insoniy tildan bexabar bo„lib o„sadi (olimlar bunday
tajriba o„tkazishgan yoki eslang: Maugli)
yoki agar xitoy bolasi
o„zbeklar orasida ulg„aya, tarbiyalansa, u faqat o„zbekcha so„zlab, ajdodi
tilini bilmasligi mumkin. Lekin xitoy bolasining biologik belgilari (yuz
ko„rinishi) irsiy holda o„zgarmaydi.
Til va jamiyatning uzluksiz ta‟sirini tildagi argo, jargon, tabu va
evfemizmlar yoki semantik o„zgarishlar misolida kuzatish mumkin.
Tilimizda muayyan bir guruh kishilarni ishlatuvchi-
“ko„kidan”,
“soqqa”, “mullajiring”, “malak” , “shef”, “oqidan”, “kabutar”
kabi
so„z va tushunchalar tilga, jamiyatga oid hodisalardir. Shuningdek, tabu
va evfemizmlarning paydo bo„lishi ham, ijtimoiy tafakkur, aniqrog„i irim
va e‟tiqodlar bilan bog„liq. Masalan,
ilon - “arg„amchi”, pes –
“oqarmoq”
kabi qo„llashlar bu yomon hodisalarning oldini olish, irim
bilan bog„liq bo„lsa,
tug„moq- “yengil bo„lmoq”, “ko„zi yorimoq”,
“o„g„il yo qiz ko„rmoq”; erga bermoq - “turmushga chiqramoq”
(uzatmoq), “baxti ochilmoq”
singari qo„llashlar etika ( madaniyat)ga
daxldordir.
Differensiya va integratsiya jarayonlari til taraqqiyotining o„ziga xos
ijtimoiy qonuniyatlari hisoblanadi. Differensiya – tillarning bo„linishi,
farqlanishi bo„lib, til doirasidagi sheva
va lahjalarning yoyilishi,
tarqalishidir. Differensiya natijasida tillar qardosh tillarga yoki
dialektlarga bo„linib ketadi. Integratsiya esa, aksincha, sheva va
dialektlarning
qisqarib,
adabiy
tilga
yaqinlashuvi,uyg„unlushvi
hodisasidir. Demak, bular bir-biriga zid tushunchalar bo„lib, differensiya
tillar va dialektlar sonini ko„paytirsa, integratsiya ularni qisqartiradi. Har
ikkala
holat ham tilning
Do'stlaringiz bilan baham: