Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar
Grammatika, grammatik ma‟no (GM), xususiy grammatik ma‟no
(XGM), umumiy grammatik ma‟no (UGM), oraliq grammatik ma‟no
(OGM), son shakllarining XGM va UGMlari, UGM ni ochish yo„llari,
bo„lunavchan yoki bo„linmaslik tushunchalari, aniq miqdor, noaniq
miqdor, noaniq miqdoriy ko„rsatkich (NMK)
Grammatik ma‟no deganda nima tushuniladi? Grammatik ma‟no
deganda har bir tilning qurilish tizimi nutqda ifodalanishini zaruruy va
majburiy deb talab etadigan va turli xil shakliy ko„rinishlar bilan
beriladigan umumlashgan ma‟nolar tushuniladi. Chunonchi,
"Bolalar
qiziqarli kitobni o„qiydilar"
gapini olsak,
"Bolalar"
so„zida 2 xil
ma‟no ajralib turadi:
1)
lug„aviy ma‟no, ya‟ni bu so„zning borliqdagi odam jinsiga
mansub bo„lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga
yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) ko„plik sonda, bosh
kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma‟nolardan
birinchisi lug„aviy, leksik ma‟no bo„lsa, ikkinchisi grammatik
umumlashgan ma‟nodir. Grammatik ma‟nolar har bir til uchun shu til
uchun o„ziga xos bo„ladi va rang-barang shakliy usullar bilan (biz
bularni navbatdagi mavzuda ko„rib o„tamiz) ifodalanadi.
Grammatik ma‟noni yangicha talqin qilishda ham til va nutq
farqlanishi mezonida yondashiladi. Zohiriy narsa tez - tez yo„qolib,
o„zgarib turadi. Lekin u mohiyatning yashash usuli sifatida
135
ahamiyatlidir. Nutq hech qachon
til
haqida
to„liq ma‟lumot
berolmaydi. Bizning til haqida nutq orqali olgan ma‟lumotlarimiz
hamisha noto„liq. Nazariyotchi ularni umumlashtirar ekan, til haqida
ma‟lumotga ega bo„ladi.
Grammatik ma‟no (GM)ning an‟anaviy talqini nutqiy hodisalarga
tayanadigan empirik talqindir. An‟anaviy talqindagi /GM/ ni /XGM/
desak to„g„ri bo„ladi.
UGM XGMga qarama-qarshi turadi.
UGM
XGM
orqali
voqelanadi. UGM hamma XGMlarni o„z ichiga oladi. UGM va XGMlar
haqida gapirishdan oldin, biz umumiylik va xususiylik nima, umumiy va
xususiy ma‟noning o„zi nimaligi haqida bahs yuritaylik.
Biz ko„ra oladigan, seza oladigan, o„lchay oladigan, kuzata
oladigan narsa, belgi, voqea - hodisa xususiylikdir. Masalan;
daraxt
ni
biz ko„ra olamiz, paypaslaymiz, shoxlari va barglarini, mevasini sanay
olamiz.
Daraxt
ning moddiyligi uning ildizi, tanasi, shox-shabbasida. Har
bir
daraxt
takrorlanmas, chunki bir yilda ekilgan
2 ta olma daraxti
2 ta
alohidalikdir- mevasi, tanasi bir xil bo„lsa-da, barglar miqdori bilan
farqlanishi mumkin. Demak, yer yuzida nechta
daraxt
bo„lsa, shuncha
xususiy
daraxt
bor. Ularning hisobi nisbiy, chunki sanaguncha nechtasi
quriydi, nechtasi yonib ketadi va hokazo...
Bir ashulani san‟atkor 2 marta aytar ekan, bu bir emas, ikki
xususiylikdir.
"Men ma‟ruza o„qiyapman"
gapini 2 marta takrorlasak,
bunda ikki xususiylik voqelangan bo„ladi. Chunki bu ikki gap hech
bo„lmaganda zamonda farqlanadi.
Umumiylik nima? Xohlagan xususiylikda umumiylikning belgisi
yotadi. Minglab daraxtlar uchun
(olma, anjir, chinor... daraxtlari)
umumiy bo„lgan tomon - tanasi, shoxi bor o„simlik. Bizning ongimizda
daraxt
xuddi shu ma‟no bilan yashaydi. "Umumiylik - bevosita
kuzatishda berilgan
alohida
xususiyliklardagi
belgilarning
ongimizdagi obrazi" [1,8;]. Umumiyliklar mayda - chuyda belgilarni o„z
ichiga olmaydi, umumiylik xususiyliklarda takrorlanib turadi. Demak,
xulosa shuki, xususiylik - takrorlanmas, chegaralangan; umumiylik -
takroriy, chegaralanmagan.
136
Istalgan butunlik shakl va ma‟no tomondan iborat bo„ladi. Yana
Do'stlaringiz bilan baham: |