10.3.1-jadval
Narkotik moddalar noqonuniy savdosining asosiy
ko‘rsatkichlari
199
Noqonuniy
giyohvand
moddalar
ishlab
chiqarish
hajmlari
35 mln.
kishi giyohvandlik
kasalliklaridan aziyat chekadi
Geroin - 100 -110 mlrd. dollar
7
kishidan
faqat
bittasi
davolanadi
Kokain - 110-130 mlrd. dollar
Opium iste’molchilari soni 53
mlnga baholanmoqda-bu oldingi
taxminlarga qaraganda 56%ga
ko‘p
Ko‘knori - 75 mlrd. dollar
Giyohvand 585 ming kishining
uchdan ikki qismi 2017
yilda
vafot etdi
Sintetik dorilar 60 mlrd.
dollarga baholangan
Giyohvand
moddalar
sanoatining
umumiy
noqonuniy ishlab chiqarish
hajmi taxminan 360 mlrd.
dolarni tashkil etadi
11 mln. giyohvandlardan 1,4 mln.
nafari OIV bilan 5,6 mln nafari
gepatit S bilan kasallangan
10.4. Terrorizm iqtisodiy nazariyasi va uning oqibatlari
Terrorizm (lot. terror - qo‘rqinch, dahshat)
- siyosiy raqiblarni,
muxoliflarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi o‘rtasida vahima va
tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zo‘ravonlik harakatlari
(ta’qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar).
Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas.,
ekstremistik
siyosiy
to‘dalarning harakatlari kabi) toifalarga bo‘linadi.
Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qo‘llanadi
(diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm o‘rta
asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan.
199
Mualliflar tomonidan tuzilgan
Lekin o‘tgan asrning oxirlaridan uning yangi ko‘rinishlari vujudga
keldi (chet el davlatlari
va hukumatlari rahbarlarini, ularning
diplomatik vakillarini o‘ldirish yoki o‘g‘irlash, elchixonalar,
missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar
va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish,
odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro
terrorizm keng tarqalib,
terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim
mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan
hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning
ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo‘liga yadroviy,
kimyoviy, biologik qurol
tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron
terrorchilik paydo bo‘ldi. Ko‘p hollarda terrorizm diniy ekstremizm,
narkobiznes, separatizm bilan bog‘likligi, chatishib ketishi kuzatila
boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: