Akliy xarakatlar – shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – tuman xarakatlaridir.
Affektiv komponent – ustanovka ob'ektiga nisbatan sub'ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar).
Amaliy tafakkur – bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslangan tafakkurimiz.
Adolat – (arabcha «adolat» odillik, to’g’rilik) – axloq va huquqning me'yoriy kategoriyalaridan biri bo’lib, mavjud ijtimoiy voqelik inson mohiyatiga va huquqlariga mos yoki mos emasligini ajratishda mezon bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |