Bilishga qiziqishlik – shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning xususiyatlarini bilishga nisbatan aktiv munosabatidan iborat bo’lgan umumiy ijobiy xarakter xislati.
Behushlik (aqlsizlik holati ) – haddan tashqari kuchli ta'sir natijasida turli psixik (ayniqsa emotsional) yoki psixopatologik sabablarga ko’ra aqlning qochishi.
Bashoratlar – bu aniqlab bo’lingan manbalar (asos sifatida shakllangan ma'lumot yoki axborot yoki narsa) asosida istiqbolda aniqlash lozim bo’lgan natija (narsa yoki ma'lumot) xususida oldindan fikr bildirish. Bashorat aniq reja emas.
Bag’rikenglik – bu qadimiy qadriyat bo’lib, o’zgalarning turmush tarzi, xulq–atvori, odatlari, his–tuyg’ulari, fikr mulohazalari, g’oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo’lishdir.
Bunyodkor kishi – o’zida xalqparvarlik, tinchlik–ozodlik uchun kurashuvchi, bag’rikeng, do’stlik va birodarlikni ulug’lovchi hamda taraqqiyotni sevuvchi kishi.
Bunyodkorlik – kishida barpo etuvchilik hislatlarining majmui bo’lib, taraqqiyot yo’lidagi g’ayrat-shijoat na'munasini ko’rsata oladigan xalq baxt-saodati yo’lidagi harakatlar jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |