37
“Shajarayi turk” yozma obidasi XVII asrga oid tarixiy asar bo’lgani uchun
eski o’zbek (chig’atoy) tiliga xos xususiyat mavjud. Bu asarda turkiy tillarga xos
o’nta unli fonema hamda undosh tovushlar qo’llangan. Bu yozma obida
umumturkiy tillarga xos singarmonizm qonuni asosida bitilgan, tarixan va hozirga
qadar qo’llanib kelayotgan so’zlar anchaginadir. Turkiy tilning fonetik qonuniga
ko’ra, -g’, -q, -x undosh tovushlaridan oldin yoki keyin qattiq aytiluvchi –a unli
bilan talaffuz qilinadi, -g, -k undosh tovushlaridan so’ng –a unlisi yumshoq
aytiladi.
Ushbu tarixiy yozma obidada ba’zi jug’rofiy, etnik, shaxs nomlarida ikki xil
yozilishlar uchraydi, masalan Berka nomli xon
nomi Burka deb atash ham
ko’rsatilgan, Xivaq yoki Xiva kabi so’zlarda ham ikki xil yozish qo’llangan. Biz
jug’rofiy, shaxs nomlarini yozilish, talaffuz xususiyatiga rioya qildik.
Yozma obida matnida qo’llangan so’zlardagi Grammatik ko’rsatkichlar; -liq,
-lik, lug’, -luk, -raq, -g’ay, -gay, -kay kabi qator qo’shimchalar singarmonizm
qonuniga ko’ra saqlandi.
O’sha bir yoshar o’g’lon ravon,
Kelib tilga tede bilinglar ayon
Otimdur o’g’uz Hisravi nomvor
Bilinglar yaqin barcha ahli hunar.
To’yga kelgan ulug’ va kichik barcha o’g’lonning o’zi otini aytatur, mundin
yaxshi ot bo’lurmu teb, otini o’g’uz qo’ydilar Taqi aytdilarkim, bir yashar
o’g’lonning mundoq so’zlaganini hech zamonda hech kim eshitgan va ko’rgan
yo’q turur teb, ani irim etib aytdilarkim bu uzoq umrli va ulug’ davlatli va uchi
uzag’on va yoni yoyilg’an bo’lg’usi turur, tedilar. Og’uzning tili chiqib yurganida
olloh-olloh, teb hamisha aytur erdi.
Nomshunoslikda biror bir tildagi atoqli otlarning jamiki ko’rinishlari majmui
“onomastik ko’lam” (“onomasticheskoye prastronstiva”) deb yuritilmoqda.
Ma’lum tilning onomastik ko’lami
va adadi uning sinxromik, ya’ni zamonaviy
holatidan kelib chiqib baholanadi. Har qanday tildagi atoqli otlar tizimi, uning
umumiy majmuini uch xil yo’sinda baholash mumkin.
38
1. Sinxromik – zamonaviy holati asosida.
2. Diaxromik, ya’ni tarixiy holatiga ko’ra;
3. Ham sixronik, ham diaxronik holatga ko’ra ya’ni umumiy tarzda olingan
holatda.
Onomastik ko’lamni baholashning eng qiyin usuli tarixiy (diaxromik)
holatini baholashdir. Bunga sabab o’tmish davr onomastikasining jonli real holati
endilikda intilgan bo’ladi, ularning barcha tiplari har qanday yozma manbada ham
to’liq aks etmaydi. Shu sababli ham, biror til tarixiy onomastikasining ko’lami va
holatini baholashning birdan-bir yo’li tarixiy yozma obidalar tilida saqlangan
atoqli otlar bo’lib qolmoqda. “Shajarayi turk”
onomastikasining qimmatli
tomonlaridan biri ham mana shundaydir. Bizning kuzatishimizcha, “Shajarayi
turk” asarida 1357 ta atoqli ot mavjud. Ulardan 880 tasi antroponimlar, 286 tasi
toponimlar, 118 tasi etnonimlar, 51 tasi gidronimlar, 22 tasi oronimlardir.
“Shajarayi turk”ning tilida uchraydigan onomastik materialni lug’aviy –
nominativ nuqtayi nazardan tasniflash unda atoqli otlarning quyidagi tiplari
mavjudligini ko’rsatdi:
1.Antoponimlar: ismlar, laqablar, arabcha kunyalar, patronomik nomlar.
2. Etnonimlar: urug’, qabila va elotlar nomi.
3. Toponimlar: qishloq va shaharlar nomi, ba’zi jug’rofiy hududlar,
joylarning atoqli otlari.
4. Gidronimika:
dengizlar, daryolar, soylar, ko’llar, quduqlar, buloqlar va
boshqa nomi.
5. Teonimlar: ilohiy tushunchalarning atoqli otlari.
Ishda “Shajarayi turk” asarida uchraydigan onomastik birliklar nom qanday
obyektini anglatishga ko’ra tasniflandi.
Do'stlaringiz bilan baham: