Abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar


KO`CHIRMA  Buxoro shahri 2012-yil 4-may  Qatnashdilar: kafedraning barcha a’zolari va bitiruvchi kurs talabalari



Download 310,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana10.06.2022
Hajmi310,48 Kb.
#652627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar

KO`CHIRMA 
Buxoro shahri 2012-yil 4-may 
Qatnashdilar: kafedraning barcha
a’zolari va bitiruvchi kurs talabalari
 
KUN TARTIBI 
2011-2012 o`quv yili uchun mo`ljallangan malakaviy bitiruv ishlari 
mavzulari tasdiqi. 
Yig`ilishda 4-kurs talabasi Ikromoav Lobarning f.f.n. dots. A.Ahmedov 
ilmiy rahbarligida bajargan ”Abulg’ozi Bahodirxonning ”Shajarayi turk” asarida 
atoqli otlar” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishining yakunlanganligi to`g`risidagi 
axborot va ilmiy rahbar xulosasi tinglandi. 
Ish yakunlanganligini hisobga olib, o`zbek filologiyasi fakulteti yig`ilishi 
 
QAROR QILADI: 
1. 4-kurs talabasi Ikromova Lobarning f.f.n. dots. A.Ahmedov ilmiy 
rahbarligida bajargan ”Abulg’ozi Bahodirxonning ”Shajarayi turk” asarida atoqli 
otlar” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi rasmiy himoyaga tavsiya etilsin.
2. Bitiruvchi kurs talabasi Ikromova Lobarning malakaviy bitiruv ishiga 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent Y.Saidov rasmiy hakam etib tayinlansin.
 
 
 
Yig`ilish raisi: Q.R. To’xsanov 
 
Yig`ilish kotibasi: G. Samandarova



Reja: 
1.
Kirish. Ishning umumiy tavsifi. 
2.
O’zbek nomshunosligi oldida turgan ba’zi masalalar. 
3.
“Shajarayi turk” onomistikasining lug’aviy tarkibi. 
4.
“Shajarayi turk” onomistikasining grammatik tuzilishi va yasalishi. 
5.
Xulosa 
 
 



1. Kirish. Ishning umumiy tavsifi. 
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol xalqimizga o’zini anglash baxtini berdi. 
Shu bilan birga milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarni tiklash, asriy 
an’analarga qayta hayot bag’ishlash imkoniyatini yaratdi. 
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning “Ma’naviyat o’z xalqining 
tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga 
suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq 
xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi 
bo’lmaganidek o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”, - degan 
so’zlari fikrimizning dalilidir. 
Xalq xotirasi, madaniyati va ma’naviyatining tarkibiy qismini o’tmishda 
o’zbek tilida bitilgan tarixiy yozma manbalar tashkil qiladi. Ushbu manbalarni har 
tomonlama, jumladan lisoniy nuqtayi nazardan ham tadqiq qilish, ulardan istiqlol 
davri mafkurasini yaratish yo’lida foydalanish muhim vazifadir. 
O’zbek nomshunosligi (onomistikasi) sohasining chinakam ilmiy yo’nalish 
sifatida rivojlana boshlanganiga chorak asrdan ortiq vaqt o’tdi. Bu davrda joy 
nomlari, o’zbek ismlarini, o’zbek etnonimiyasini o’rganish bo’yicha anchagina 
ishlar amalga oshirildi. 
Shunga qaramasdan, o’zbek tilidagi atoqli otlarning barcha turlari, guruhlari 
bir xilda o’rganilgan deb bo’lmaydi. Mavjud ishlarning aksariyatida, asosan, 
o’zbek ismlari va joy nomlari tadqiq qilingan bo’lib, ular ham hozirgi davr o’zbek 
materiallarini tashkil qiladi. O’zbek nomshunosligida ikki kamchilik ko’zga 
tashlanadi, birinchisi, o’zbek tilidagi tarixiy nomlarning ba’zi tiplari hali tamoman 
tadqiq qilingan emas; ikinchisi, o’zbek tilidagi tarixiy nomlar nihoyatda kam 
o’rganilgan. Ma’lumki, o’zbek tili turkiy tillar orasida eski yozuvli til bo’lib, 
tarixiy yozma yodgorliklarga nihoyatda boydir. Ushbu munosabat bilan yozma 
manbalarda atoqli otlarning boy lisoniy materiallari mavjud. Ushbu qimmatli 
materialni tadqiq qilishning g’oyatda muhimligi tadqiqotchilar tomonidan qayd 
qilib kelinadi. 



Ushbu munosabat bilan bir guruh o’zbek nomshunoslarining quyidagi 
fikrlarini eslash o’rinlidir: “O’zbek tilidagi tarixiy nomlarning materiallari shu 
kunga qadar deyarli tadqiq qilingan emas. Bu fikr o’zbek tilidagi tarixiy joy 
nomlariga, shaxs atoqli otlari va nomlarning boshqa xil tiplariga to’lig’icha 
tegishlidir. Natijada, o’zbek tili tarixida mavjud bo’lgan va ko’plab tarixiy yozma 
yodgorliklar hamda tarixiy asarlar tilida saqlanib turgan sanoqsiz atoqli otlar. 
Ularning paydo bo’lishi, yasalishi va shakllanishi, ma’no va vazifaviy 
xususiyatlari, boshqa xil lisoniy hamda tarixiy-madaniy, ma’rifiy tomonlari fan 
uchun qorong’uligicha qolmoqda.” Ushbu mulohazalar Abulg’ozi Bahodirxonning 
“Shajarayi turk”asari onomastikasi uchun ham to’lig’icha tegishlidir.
Yuqorida qayd qilingan ilmiy fikrlar ushbu ish mavzusining dolzarbligidan 
dalolat bera oladi. 

Download 310,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish