Abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar



Download 310,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana10.06.2022
Hajmi310,48 Kb.
#652627
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
abulgozi bahodirxonning shajarayi turk asarida atoqli otlar

 
 
 
 
 
 
 
 
 


48 
4. “Shajarayi turk” onomastikasining grmmatik tuzilishi va yasalishi. 
Onomastik birliklarning grammatik tuzilishi haqida gapirish birinchi 
qarashda g’alatiroq tuyuladi. Bunga sabab atoqli otning tuzilishi aslida unga asos 
bo’lgan turdosh leksemaga tegishlidek, atoqli otning esa o’z mustaqil tuzilishi 
yo’qdek ko’rinadi. Aslida unday emas, har qanday lisoniy material aslida u qaysi 
Grammatik hadisiga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar, atoqli otga aylangach, 
onomastik tizimning mulki hisoblanadi va uning lisoniy tuzilishi endi atoqli otning 
tuzilishini ifoda qiladi. “Shajarayi turk” tilidagi atoqli otlarni morfem tarkibiga 
ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
Bir morfemali nomlar: Turk, Kun, Oy, Bartos, Kirayt, Anushirvon, Iskandar, 
Yusuf, Mo’g’ul, Taminak, Xo’jand, Hisor, Tojan, Namash. 
Ikki morfemali nomlar: O’zak va affiks morfemalaridan hamda o’zak va 
o’zak morfemalaridan iborat bo’ladi, O’g’uzxon, Ko’kxon, To’lixon, Abaqaxon, 
Turbatli, Sultonli, Surxiy, Mingtoy, O’zbek, Otabek, Olloquli, Hojiqul, Olmaliq, 
Mingqishloq. 
“Shajarayi turk” tilidagi nomlarning asosiy qismi ikki va uch morfemali 
tarkibga ega. To’rt va undan ortiq morfemali nomlar kam uchraydi, ko’p 
morfemali nomlarning ba’zi namunalari quyidagilar. Chunonchi, antroponimlarda:
a) 
o’zak–antroformont–antroformont 
andozasiga 
antroponimlar: 
Berdibekxon;
b) 
o’zak–o’zak–antraformant 
andozasidagi 
antroponimlar: 
hoji 
Muhammadxon, Dinmuxammadxon, Abdulmo’minxon, Nuridavlatxon. 
“Shajarayi turk” onomastikasini yasalish xususiyatlariga ko’ra ikkiga 
ajratish mumkin: tub strukturali nomlar: Alton, Buqa, Tog’, Totor, Yuduz. 
“Shajarayi turk” onomastikasi uchun affiksasiya usulida yasalgan nomlar unchalik 
xarakterli emas. Asarda yasama strukturali atoqli otlarning ba’zi namunalarigina 
uchraydi. 
Masalan, - chi qo’shimchali: Ayochi, Aynalchi, Yomg’irchi, Turumchi;-chiq 
qo’shimchali: Bovarchiq: -toy qo’shimchali: Aqatoy, Mangutoy, Mingtoy: -cha 
qo’shimchali: Baroqcha, Bug’cha, Ko’kcha, Mangucha; -g’on qo’shimchali: 


49 
Baqirg’on, Dorug’on: -lik //-luk //-luq qo’shimchali: Kuchluk, Olmaliq, Tomliq, 
Qarluq, Uskunluk; -kay qo’shimchali: Og’akay; -mish //-mush qo’shimchali: 
Sotilmish (Xotun), To’ramish; -li qo’shimchali: Turbatli, Chibiqli (pahlavon), 
qiniqli; -iston qo’shimchali: Turkiston, Hindiston va boshqalar. 
Qayd qilingan nomlar turkiy, jumladan o’zbek tilida yasalg’on atoqli 
otlardir. “Shajarayi turk”da ajnabiy tillariga mansub, ammo asar tilida iste’molda 
bo’lgan anchagina nomlar mavjud. Bu nomlar asar tiliga Abulg’ozi Bahodirxon 
tahlil qilgan voqea hodisalar munosabati bilan kirib kelgan va yasalish strukturasi 
hamda aslida qaysi tilning lisoniy mahsuli ekaniga ko’ra mo’g’ul, arab, fors-tojik 
tillariga mansubdir. Bunday nomlarning asosiy tiplari quyidagilar: 
1. 
Arabcha 
qo’shma 
antroponimlar: 
Abdulloh, 
Abdulmo’min, 
Abdulmuhammad, Abusayd, Dinmuhammad, Ziyoulmulk, Ibodulla, Ixtiyoriddin, 
Abu Bakr, Mubariziddin va boshqalar. 
2. Mo’g’ulcha qo’sh antroponim va toponimlar: Kanduchana, Kunjoytu, 
Aydiqut, Barsaha, Batkulki, Bo’rtaquchin, Debbaqo’yxon, Duychechan, 
Do’bunbayon, Zo’jibug’a (Antroponimlar); Arqanaqun, Buyurnavur, Burquchin, 
Mavbalig’, Namanqahra, O’rmonqut (toponimlar). 
3. Mo’g’ulcha qo’shma etnonimlar: qo’rlavut, tulangut, tusbuday, 
chalchut, qo’niqqimor. 
4. Fors-tojikcha qo’shma toponim va antroponimlar: Andarob, Asfaroyin, 
Bog’I Xurram, gandumkon, gulbanbog’, Dorband, Isfariyin, Murg’ob, 
Mozandaron, Nishopur, chaharjo’y (toponimlar); Asfandiyor, Juvonmard, 
Mehrbonu (antroponimlar). 


50 

Download 310,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish