Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida ijtimoiy muammolar talqini quyidagilar bilan izohlanadi: - Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida ijtimoiy muammolar talqini quyidagilar bilan izohlanadi:
Hindlarning borliq haqidagi qarashlari diniy-mifologik xarakterga ega bo‘lib, bu qarashlarda tabiat xudo bilan birlashib ketgan. Tabiatni bunday ruhlantirish yunon va ayrim so ‘fiy faylasuflarning qarashlari bilan mushtarak ekanligi va ularning ‘anteistik xarakaterga egaligi talqin qilingan. Hind falsafasidagi ijtimoiy qarashlarda diniy-mifologik xususiyatlarni ob’ekt (Brahman) va sub’ekt (atman) munosabatlari orqali, ya’ni Brahman ob’ektiv shakldagi xudo bo‘lsa, atmanni sub’ekt shaklidagi xudo sifatida ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun Ularning ontologik qarashlari gnoseologik qarashlari bilan qorishib, uyg‘unlashib ketgan. Abu Rayhon Beruniy hind falsafasidagi ijtimoiy qarashlar irratsional diniy xarakterga ega ekanligini ko‘rsatib, xilma-xil maktab ta’limotlari hamda yunon, hind va ayrim so‘fiy mutafakkirlarning qarashlarini qiyosiy tahlil qilgan. - Hind falsafasidagi ijtimoiy qarashlarda diniy-mifologik xususiyatlarni ob’ekt (Brahman) va sub’ekt (atman) munosabatlari orqali, ya’ni Brahman ob’ektiv shakldagi xudo bo‘lsa, atmanni sub’ekt shaklidagi xudo sifatida ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun Ularning ontologik qarashlari gnoseologik qarashlari bilan qorishib, uyg‘unlashib ketgan. Abu Rayhon Beruniy hind falsafasidagi ijtimoiy qarashlar irratsional diniy xarakterga ega ekanligini ko‘rsatib, xilma-xil maktab ta’limotlari hamda yunon, hind va ayrim so‘fiy mutafakkirlarning qarashlarini qiyosiy tahlil qilgan.
Hindlarda ijtimoiy hayotning bir butunligida mavjud bo‘lgan, qayta tiklanadigan, o‘zgartiriladigan va hatto ko‘chib yuradigan (reinkarnatsiya) ruh barcha narsalarda emas, balki faqat insonlarning faoliyatida amalga oshadi va shu faoliyat tufayli komillikka erishadi, deb tushunilgan. Bu jarayonni Beruniy qiyosiy jihatdan quyidagicha izohlaydi: “Shahodat kalimasi - musulmonlar dinining shiori, tangrini uch zot (Jabroil, Maryam va Iso)dan iborat deyish - nasroniy dinining alomati, shanba kuni (bayram qilib) tirikchilikka qaramaslik yahudiylikning belgisi bo‘lganidek, tanosuh hindlar dinining nishonidir. - Hindlarda ijtimoiy hayotning bir butunligida mavjud bo‘lgan, qayta tiklanadigan, o‘zgartiriladigan va hatto ko‘chib yuradigan (reinkarnatsiya) ruh barcha narsalarda emas, balki faqat insonlarning faoliyatida amalga oshadi va shu faoliyat tufayli komillikka erishadi, deb tushunilgan. Bu jarayonni Beruniy qiyosiy jihatdan quyidagicha izohlaydi: “Shahodat kalimasi - musulmonlar dinining shiori, tangrini uch zot (Jabroil, Maryam va Iso)dan iborat deyish - nasroniy dinining alomati, shanba kuni (bayram qilib) tirikchilikka qaramaslik yahudiylikning belgisi bo‘lganidek, tanosuh hindlar dinining nishonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |