Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog‘liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida, deb yozadi. Beruniy ma’rifat dushmanlariga, qoloq urf-odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi. Buyuk olimning ko‘pgina asarlari o‘sha zamonlarda yashab o‘tgan xalqlarning ijtimoiy, xo‘jalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bo‘lib xizmat qilgan. Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. Uning yubileylari ko‘p mamlakatlarda nishonlanadi, tug‘ilgan shahri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti,Toshkenttexnika universiteti Beruniy nomi bilan atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |