Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
881
w
www.oriens.uz
June
2021
yunoncha suf (sof) so’zi bizga hikmat demakdir. Shuninig uchun faylasufga
“filosufa”, ya’ni “hikmatni suyuvchi”, deb ism berilgan”. Beruniy fikricha, ba’zi
musulmon ulamolari bu so’zni manbaini yaxshiroq tekshirib o’tirmay, so’fiya
so’zining istiloh termin ekanligini bilmay, tavakkal qilib, so’ffiya so’zi suffadan
olingan, payg’ambar davrida sahobalar doimo suhbatlashib o’tiradigan suffa, ya’ni
“ahli suffa” so’zi bilan bog’laydilar. Shundan keyin bu so’zni “suf attuyus” (taka
juni) so’zidan qisqartirilgan deb tushundilar. Beruniyning zamondoshi va do’sti
bo’lmish atoqli shoir Abul-Fath Bustiyning mana bu so’zlarini ham keltiradi:
“Odamlar so’fiy so’zida tortishib, qadimdan turli fikrda bo’ldilar, uni suf-jun
so’zidan olingan dedilar. Menimcha, so’fiy ko’ngli pok-sofiy deb bilish eng
to’g’ridir”. Albatta, Abul-Fath Bustiyning bu fikri ilmiy emas, balki badiiy, poetik,
estetik yondoshuvidir. Beruniy bunday talqinni ilmiylikdan “yaxshigina chetga
chiqish”, deb baholaydi. Beruniy qadimgi yunonlarning borliq hodisalarini va
ayrim fozil, yetuk san’at egalarini ilohiylashtirish odatini ham tasavvufiy qarashlar
bilan aloqador ekanligini tushuntiradi. “Beruniy fikricha, ba’zi insonlar bu
dunyodagi hayotida odamlarga ko’p yaxshiliklar qilgani tufayli, o’lganlaridan
keyin ularning ruhlari ham yaxshilik qilishni davom ettirgani uchun, odamlar
ularning ruhlariga hurmat va ta’zim bildirib, ularning haykallarini yasab, chiroyli
maydonlarga qo’yganlar”
15
. Jolinus turli san’atlarni o’rganishga qiziqtiradigan
kitobida bunday deydi: “Xalqning fazilatli arboblari, izzatli va sharafli bo’lishga
erishgan zotlar o’z san’atlarini yaxshi ishlata bilishlari sababli ilohiylashtirilgan.
Shular jumlasidan, Asklepius va Diyonisius (Dionis) ilgarigi vaqtda ikkita inson
bo’lsalar ham, yo keyinchalik, yoki o’sha davrning o’zidayoq iloh, deb tanilganlar.
Chunki ikkalovi ham o’z sohasida eng ulug’ sharafga ega bo’lganlar. Ularning biri
odamlarga tabiblik san’atini, boshqasi esa tokchilikni o’rgatgan”. Beruniy yana bir
o’rinda tabobat ustozlaridan Buqrot (Gippokrat) ham Asklepiy ruhidan madad
so’rab, xo’roz qurbonlik qilganini aytadi. Bu marosim musulmonchilikda, aziz
avliyolarga, pirlarga atab hayr-ehson qilish, “is chiqarish” marosimini eslatadi.
Beruniy fikricha, Zevs ham, Zuhra (Afrodita) ham Quyosh va Venera
sayyoralarining badiiy-estetik ramzi-obrazlaridir.
XULOSA
“Beruniy “Hindlarning aqliy va xissiy mavjud narsalar haqidagi
tushunchalari” haqidagi shu bobda ilmiy tafakkur va diniy, mifologik, estetik
tafakkurining o’ziga xos qonuniyatlari borligini juda teran tushuntiradi”
16
. Beruniy
15
Жалилов Ғ. “Абу Райҳон Беруний”. – Т.: Фан, 1950. – B. 310.
16
Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari.Tanlangan asarlar.II tom. – T.: Fan, 1965. – B. 55.
Do'stlaringiz bilan baham: |