Nazorat savollari
:
1. Regional geologiya fanining asosiy maqsad va vazifalari.
2. Geotektonika fanining asosiy maqsad va vazifalari.
3. MDH hududi tektonik rayonlashtirish prinsplari nimaga aoslangan?
4. Kembriy davriga qadar boʻlgan burmachanlik hududlari.
11
5. Kaledon va Gertsin burmachanlik hududlarini ajratib bering.
6. Kimmeriy burmachanlik hududini koʻrsating.
7. Alp burmachanlik hududlariga qaysi mintaqalar kiradi?
2-AMALIY MASHGʻULOT.
RUS PLATFORMASINING GEOLOGIK TUZILISHI VA
STRUKTURA ELEMENTLARI. ARXEY, PROTERAZOY VA
PALEOZOY ERALARI
Rus va Sibir platformalarining hududlari juda ham yaxshi
oʻrganilgan. Bu yerda barcha togʻ jinslari yer shari vujudga kelgan
davrdan boshlab tarqalgan.
Yer sharining barcha tebranish harakatlarining choʻkindilari
paleozoy, mezozoy va kaynozoy fasiyalarida oʻz izini qoldirgan. Shuning
uchun talabalarga ushbu fasiyalarni oʻrganishda tarixiy geologik
rivojlanishning ayrim qismlarini yoki butun Rus platformasini oʻrganish
yengillik yaratadi. Rus platfomasining maydonlari talabalar uchun tabiiy
laboratoriya sifatida xizmat qilib, bu yerdagi barcha geologik jarayon
platformalarning tarixiy rivojlanish aspektlarini talabalar osongina
oʻzlashtiradilar, regionlarni foydali qazilmalar boʻyicha istiqbolini tiklash
boʻyicha aniqlik kiritadilar va kelajakdagi ish faoliyatlari davomida shu
kabi
maydonlarni
paleogeografiyasini
tiklashda
bu
usullardan
foydalanadilar.
Platformalarni rivojlanishini tahlil qilishda biz tarixga qarama-qarshi
paleozoy, mezozoy va kaynazoy davridagi rivojlanishga ega boʻlgan Rus
va Sibir platformalarini olganmiz.
Yer qobigʻini barcha platformalardagi (Kanada qalqoni, Xitoy
platformasi, Gondvana) tarixiy rivojlanishi boshqa aspektlarda namoyon
boʻladi. Shuning uchun paleozoy, mezozoy va kaynozoy davrlardagi
tarixiy geologik rivojlanishni tiklash uchun, Rus va Sibir platformalari
chegarasida choʻkindilarning tarkibi va ularning rivojlanish sharoitlari
yetarli boʻladi.
12
Mavzuni «Platforma bu nima?» degan savoldan boshlaymiz. Bu
yerning qattiq qatlami boʻlib, bu qatlam ikki qavatli qurilmalardan iborat
boʻlgan, birinchi qobigʻi qattiq metamorfoz arxey naslidan, ikkinchi
qobigʻi esa proterazoydan iborat boʻlgan, hech qanday kuchanishlarga
boʻysunmaydi, yuqori qatlami yumshoq moslashmagan qatlamlar bilan
berkitilgan. Naslning yuqori qatlami yuqori proterazoydan boshlanib,
paleozoy va mezozoy va shu kungi choʻkindilarni oʻz ichiga oladi.
Yer shari atrofida doimiy ravishda epeyrogenik deb ataluvchi vertikal
tebranish harakatlari mavjud boʻlib, ular yer sharining turli qatlamlaridagi
struktura elementlarida turli amplituda va tezlik bilan harakatlanadilar.
Bu harakatlar shiddatli boʻlib, asosiy effuziv (bazalt)larni va arxey
tizimidagi (2-2,2 mlrd. yil avval yer qatlamining qamar davri) intruziv
nasllarni (gabbriod) keng rivojlanishi bilan yoʻldosh boʻlgan. Qattiq
qatlamning oʻzagi va kontinent paydo boʻlgach tebranishlar xarakteri
oʻzgarib, ichida vaqti-vaqti bilan geosinklinal zonalar paydo boʻlgan katta-
katta qattiq maydonlar paydo boʻlgan. Bunga yuqori mantiya tarkibida faol
zona sifatida astenosferaning baquvvat qatlami hosil boʻlishiga yordam
qilgan. Yer qatlamidagi konveksion oqimlar astenosferalarga yetib, shu
yerda oʻzini quvvatini oshirib, tushadilar. Shu bilan birga qarama-qarshi
tarafga harakatlar hosil boʻlib, yuqori qatlamni kesib oʻtuvchi parchalanish
sodir boʻladi. Diapirlar (vallar) hosil boʻlib, bunda yuqori qatlam
oʻtkazuvchan, yupqa boʻladi. Baʻzi bir maydonlar choʻkadi, baʻzilari esa
koʻtariladi. Bunday koʻtarilish va tushishlar baʻzan metamorfizmlar bilan
kuzatib boriladi.
Paleozoy, mezozoy va kaynozoy davridagi bu harakatlarni hisobga
olgan xolda, taniqli bilimdon, buyuk fan arbobi X.M.Abdullayev butun yer
qatlamini
klassifikatsiya
(ruda-petrografik
provinsiya)
qilib,
bu
jarayonlarni faollashtirish deb atab, ularga oʻziga xos belgilangan va yosh
foydali qazilmalarni koʻrsatgan (Kola yarim oroli tavsiya qilingan
rudalashgan Xibina, almazli Tungus chuqurchasi va xokazolar).
Maydon platformalar chizigʻida baqquvat choʻkindilarni hosil boʻlish
va choʻkishi kuzatiladi (Dnepr-Donesk chuqurligi-22-24 km., Kaspiyoldi
pasttekisligi – 26 km., Pechora chuqurligi -17-18 km.,Vilyuy chuqurligi –
17 km. va xokazo, 2-rasm).
13
2-кasm
. Rus platformasi
Rus platformasi juda katta maydonni egallaydi. Sharqiy chegarasi
Ural tizmasi oldidan oʻtib, janubiy chegarasi Ural daryosini oʻrta oqimi,
janubiy qismi Kaspiy, gʻarbiy qismidan esa Kavkaz tekisliklari va
Prichyernomoriya chuqurliklari kiradi. Shimoliy-gʻarb qismi Predkarpatiya
egikligidan oʻtgan. Orqa chegara shu vaqtgacha aniqlanmagan. Chegara
Reyn daryosi oqimi boʻylab, Fransiyaning markaziy qismidan oʻtganligini
taxmin qilinib, chegara chizigʻi London shahrini oʻz ichiga olib
Shpisbergen oroli tomonga yoʻnaltirilgan, shimoliy tomonidan Frans-
Iosif, Yangi yer orolidan Uralning shimol tarafiga yoʻnalgan. Rus
platformasining gʻarbiy qismida: Norvegiya, shimol qismida esa Barens
dengizi mavjud. Rus platformasining bu katta qismida turli yoshda paydo
boʻlgan antiklizalar (fundamentni koʻtarilgan qismi) va sineklizalar
(maydonni choʻkkan qismi) mavjuddir. Fundamentning yirik koʻtarilishini
gohida toʻsiqlar: Baltika (tekis) qalqoni, Ukraina kristall (Podolʻsk)
14
qalqoni. Yengil koʻtarilgan maydonlarni vallar: Polsk vali, Ufim
amfiteatri, Timan kryaji, Voronej qoʻltigʻi va hokazolar.
Sineklizalar turli hajmli va quvvatli choʻkindilardan iborat boʻlib,
Moskva (shimoliy-sharqiy qismi) – 3 km.gacha, Pechyora -17-18
km.gacha, Prikaspiy-26 km.gacha, Dnepr-Donesk-22-24 km.gacha, Polsk-
Gyermaniya-12-14 km.gacha.
Baltika qalqoni tashkil topganidan buyon qatlam (toʻrtlamchi
davrdan tashqari) tuzilishlariga ega boʻlmagan. Ukraina kristall qalqoni
faqatgina paleogen, neogen va toʻrtlamchi davrlaridagi choʻkindilar bilan
qoplangan, Voronejda-qoplamalar boʻr davridan boshlangan. Rus
platformasi
fundamenti
butunlay
arxey
va
quyi
proterozoyda
shakllantirilgan. Yuqori proterozoy platforma sifatida mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |