23
Timan tizmasi devon kesimi jivet davridan boshlanib: Domanik
bitumli choʻkindilar-dolomitlar, ohaktosh, loy, ularga yuqori devon
ohaktoshi choʻkadi. Pechyora past tekisligida kesim quyi devondan qum,
loy qatlami, ohaktoshdan boshlanib, devon oʻrta
qismi va devon yuqori
qismi – ohaktoshdir.
Kesimning janubiy-sharqiy tarafi toʻla boʻlib, bunda ohaktoshlar
koʻprogʻini tashkil yetadi.
Donbass devoni asosiy oʻrinda turadi. Quyi devonda - qum zarralari,
alevrolit, pastida-konglomerat, yuqori qismida dolomitlar, qum va loy
orasida ohaktosh boʻladi. Yuqori devonda ohaktosh, mergel, dolomitlar
bor. Oʻrta devonda – tuz olib yuruvchi jinslar (1100 m.gacha), kesimning
terrigen qismida vulqonik jinslar (liparit, felzitlar) ishtirok yetadi.
Dnepro-Donesk qoʻltigʻida
asosan turli rangli ohaktosh, qumli va
effuzivlar bilan dolomitlar terrigen jinslar katta qalinlikdagi (Pripyata
daryosini oʻrta oqimi), quvvati 200 dan 3200 m.gacha boʻlgan gipslar,
toshli tuzlar rivojlangan. Donbassdagi devon kesimi ichida ziddiyat va bir
necha bazalt gorizontlari hosil boʻlishlar kuzatiladi.
Keling, devonning ushbu kesimlari orasida ushbu davrning
paleogeografiyasini tiklashga harakat qilamiz.
Iqlim issiq, quruq edi. Relyef koʻtarilgan, gʻarb tomonidan esa
tushgan edi. Baltika qalqoni Ukraina kristall qalqoni va Voronej antiklizasi
nevelirlangan tepaligi tekislikdan iborat edi. Ushbu releʻf fonida, agarda
poydevorni arzimas chuqurlikka tushirsak (manfiy tebranish harakati),
Ural-Tyanshan geosinklinal zonasi tomonidan daryo havzasi transgressiya
boʻladi, bu birinchi navbatda poydevorning janubiy-sharqiy va shimoliy-
sharqiy tomonida va devonning oʻrta va va oʻrta devonning quyi qismida
Dnepro-Donesk qoʻltigʻida boʻladi. (5-rasm).
Shu davr mobaynida markaziy qismda (Markaziy-Rus devon dalasi)
juda katta, uncha chuqur boʻlmagan, tubi sayoz qalinlik: turli rangli-tuzli-
dolomit-gipsli terrigen choʻkindili koʻl hosil boʻladi. qolgan qism (gʻarbiy
qism) quruqlik boʻlib, kontinent rejimida boʻlgan. Poydevorning choʻkishi
natijasida keyinchalik jivet davrida gʻarb
tomondagi markazning, Timan
qoʻltigʻi, tuzli qatlamini toʻldirishiga olib keluvchi dengiz havzasini
kengayishiga olib kelgan. Bu frank davridagi transgressiya Polessk vali
24
oʻz ichiga olgan. Frank davrining ikkinchi yarmi tebranish belgisi oʻzgarib
dengiz borgan sari sharqqa chekinishi kuzatiladi. Frank davrida Rus
platformasining markazida, sharqda dengiz oʻzgarmaydi.
5-rasm
. Quyi Devon davri oxirida Rus platformasini maydonida dengiz
havzasining koʻrinishi
Qolgan qismlari dengiz rejimidan xalos boʻlib, chuqurlashgan
joylarida dengizlar saqlanib qoladi tuz toʻplamlari paydo boʻladi.
Devon
oxirida
(dankovo-lebedyan
davrida)
dengiz
havzasining
sayozlashishi oqibatida suvlarning almashinishi paydo boʻlib, shu
munosabati bilan markazning tekislik qismida bu chuqur tubli suv havzasi
devonning sharqiy suv havzasidan
ajralmagan holda dolomitlar, gipslar,
tuzlar paydo boʻladi, Donbass devon davri oqimining boshqa qismlarida
geosinklinal zona sifatida xarakterlanadi. Devonda hosil boʻlgan bu zona
turli terrigen choʻkindilari, ohaktosh, dolomitlar, vulqonizm (devonning
bir necha oqimi) va buklanish bilan qoʻshilgan, bazalʻt gorizontlarni bir
25
necha marta paydo boʻlishi bilan bogʻliq
ohakli intruziyalar bilan
bogʻliqdir.
Foydali qazilmalar, tuzlar (Moskva sineklizasida), tuzli suv
(Leningrad viloyatida), neft (Timan qoʻltigʻi, Pechyora sineklizasida) va
qurilish materiallari devon davri bilan bogʻliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: