T a j r i b a s i n o v
Tajriba-sinovni amalga oshirish uchun 2012 yil noyabr dеkabr oylari mobaynida Chilonzor tumani 200 – maktabning 8-“A”, “B” va “V” sinf o’quvchilarida o’tkazib ko’rdik. Tadqiqot ishini olib borishda 8 sinflar mos ravishda tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. “Milliy g’oyasi va ma'naviyat asoslari”, “Davlat va huquq asoslari” fanlarii doirasida o’quv dasturiga mos ravishda komil inson, ijtimoiy hamkorlik, ma’naviyat inson va jamiyat negizi, O’zbekistonda barpo etiliyatgan fuqarolik jamiyati mavzulari orqali tajriba sinov o’tkazildi.
Bulardan nazorat guruhiga 8 “A”, “B” sinflar, tajriba guruhiga 8 “V” sinf o’quvchilari ajratildi. Shundan 48 ta o’quvchi nazorat guruhlariga, 28 ta o’quvchi tajriba guruhlariga jalb qilindi. Tajriba sinov ishlarida jami 76 ta o’quvchi ishtirok etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |