Forobiy uning taxallusi bo‘lib, to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxondir. Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida 873 melodiy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi va sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid 260 dan ziyod ilmiy asarlar yozgan. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli uning nomi ulug‘lanib, “Al-Muallim as-soniy”, “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |