1. Qadimgi misrda o'qitish maskani maktablar juda erta joriy qlingan. Maktablarda firavnlar, ayollar, amaldorlar,koxinlar,imkoniyati bo'lgan kishilar, O'qishga xavasmand bolalar ham o'qigan



Download 40 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi40 Kb.
#462429
Bog'liq
13 05


1-topshiriq
1. Qadimgi misrda o'qitish maskani maktablar juda erta joriy qlingan.Maktablarda firavnlar, ayollar, amaldorlar ,koxinlar,imkoniyati bo'lgan kishilar, O'qishga xavasmand bolalar ham o'qigan. Bolalar maktabda xarf orgatish va savod chiqarish bilan shug'ullanganlar. O'rta va oliy maktablar ham bolgan. Maktablarda tajribali o'qituvchilar diniy va dunyoviy bilimlarni matematika, geometriya, astronomiya, tarix, adabiyot, bibbiyot va boshqa tabbiy fanlarni o'qitganlar. Misr yozuvida 1,10, 100, 1000 10000,100000 sonlarini bildiruvchi alohida belgilar bo'lgan. Barmoq, kaft, tirsak va qarichlar o'ziga xos uzunlik o'lchovi birligini tashkil etgan. Astronomiya sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar. Misr astronomlari dunyoda birinchi bo'lib aloxida taqvim tuzganlar. Qum va suv soatlari ham dostlab Misrda kashf etilgan. Miloddan avvalgi IV ming yillikdayoq birinchi tibby shifoxonalar barpo etilgan. Bemorlarni davolashda shifobaxsh o'simliklar va xayvonot maxsulotlaridan keng foydalanganlar. E'tiqot va din misr tarixining barcha davrlarida hayvonlarga tabiat hodisalarga ota-bobolar ruhiga eʼtiqod qilish keng tarqalgan. Qadimgi mesopatamiya madaniyati . Mesopatamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi ilk yozuv miloddan avvalgi 4-ming yillikda janubiy mesopatamiyada kashf qilingan bu yerda koʻchib kelgan shumerlar ham ushbu yozuvni qabul qilganlar u suratli yozuv boʻlib suratli rasm orqali ifoda etilgan bu fanda yurugʻlik deb nomlangan masalan qush soʻzi qushning tasviri bilan suv soʻzi uch qator toʻlqinsimon chiziq bilan ifodalangan yozuv bilan hamma soʻzlarni ham ifoda qilib bolmagan uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirilib borilgan.
2. O‘rta Osiyo arablar tomonidan istilo qiliganidan bir asr keyin yangi madaniyat shakllana boshladi, uning gullab-yashnashi IX-XII asrlarga to‘g‘ri keldi. Butun sharqda bo‘lgani kabi Movaraunnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjimlar, matematika, fizika, tibiiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar etishib chiqdilar.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy . Xorazmda tug‘ilgan, shu erda o‘sgan. U IX asr boshlarida mashhur olim sifatida taniladi. Al-Xorazmiyning ilmiy asrlari: 1) «Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob» («Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala») asarida sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar, ularni echish yo‘llarini bayon etadi.
Ahmad al-Farg‘oniy . G'arbda Alfraganus nomi bilan, SHarqda esa Hosib-hisobchi nomi bilan mashhurdir. Uning asarlari (XII-XIII asr) Evropada tarjima qilinishi tufayli u «Birinchi arab astronomi» nomini oldi. Uning «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «astronomiya negizlari» asari bor.
Abu Nasr Forobiy-«ikkinchi ustoz» («muallimi soniy»). Aristoteldan keyin jahon ilmida ikkinchi ustoz deb tan olingan. U o‘z davri jahon ilmi yutuqlariga tayanib, birinchi va mukammal ilmdar turlanishini yaratadi va bu haqda ko‘plab asarlar yozadi. 160 ga yaqin asari bor.
Abu Rayhon Beruniy uning «Hindiston», «Geodeziya», «Minprologiya», «Yodgorliklar» kabi asarlari bor. Beruniy Xorazmda «Ma’mun akademiyasi» ga rahbarlik qilgan. Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik» asarida: «Ma’lumki, har bir murakkab narsaning sodda bo‘laklari bor, murakkablik shular yig‘indisidan kelib chiqadi» deb takidlagan.
Abu Ali ibn Sino (980-1087):-jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan qomuschi olim. Avitsenna tufayli Fransiya g‘arb Aristotel asarlarini o‘rgandi. 450 dan ortiq asar qoldirgan. «Tib qonunlari» o‘sha davrda tezda lotin tiliga tarjima qilinib, Evropa, qator SHarq mamlakakatlarida darslik bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. «Najot kitobi», «Donishmandlik kitobi», «Ishorat va tanbeh» asarlari muhim ahamiyatga ega. Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg’onish davrida Sharqda, xususan o’rta Osiyodan o’z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko’tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mo’’jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirdilar.
3. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda juda murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan birga uning madaniy hayotida ham tez va shiddatli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Madaniyat, adabiyot, ta'lim-tarbiya, din, mafkura sohasida turli oqimlar paydo bo‘ldi, ular orasidagi munosabatlar murakkab tus oldi. Yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar harakati vujudga keldi. 1917 yiddagi butun rossiyada yuz bergan fevral va oktyabr inqiloblari uning mustamtakasi bo‘lmish Turkistonda ham to‘ntarishlarga olib keldi. Sovet davrida juda ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta'sir o‘tkazdi. Sobiq Sovet davrida Respublika madaniy hayotida progressiv va regressiv taraqqiyotni bir-biriga qarama-qarshi tendensiyalari tobora kuchayib bordi. 70-yillar va 80-yillarning birinchi yarmida, xuddi boshqa sohalarda bo‘lgnidek, O‘zbekistonning ma'naviy hayotida ham inqirozga xos vaziyat vujudga keldi.
2 . Topshiriq.
Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Madaniyat kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat arabcha madina (shaxar) so'zidan kelib chiqqan.
Sivilizatsiya bu - madaniyat so'zining sinonimidir. Sivilizatsiya(lotincha suvilis) - ya'ni fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun, madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi .
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi.
Yetti mo‘jiza — qadimgi dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida „Dunyoning yetti moʻjizasi“ hisoblangan yodgorliklar.
Ma'naviy madaniyat bu - ma'lum bir madaniy va tarixiy birlikka yoki umuman insoniyatga xos bo'lgan bilim va dunyoqarash g'oyalari tizimidir.
Madaniy boylik - bu ajdodlardan avlodlarga vorislik asosida yetib kelgan, insoniyatning bugungi va kelajagi uchunkatta ahamiyatga ega bo'lgan moddiy va ma'naviy boyliklar, butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabbiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning millatning asrlar mobaynida yozma manbalar va xalq og'zaki ijodida ifodalangan.
Ko'xna tarixiy yodgorliklar - bu ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualardir.
3 . Topshiriq
Reja :
1. O'zbekistonning tarixiy obidalari.
2. Tarixiy shaharlar. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz.
3. O'zbekistonda ma'daniy yodgorliklarni muhofaza qilish.
4. Xulosa.
1. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e’tibor kuchaydi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo’qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug’ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar o’zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg’oniy, Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug’ allomalarimizning sha’nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko’tardi.Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal’a qo’riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.
2. Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri». kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar. Aynan Temuriylarnig hukmronligi davrida Samarqand o’zinnig eng yuksak kamolotiga yetgan edi. Evropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar. Samarqand — afsonaviy shahar. Zamonaviy Samarqand - holisining soni va hududining kattaligi, sanoat ahamiyatiga ko’ra O’zbekistonning Toshkentdan keyingi ikkinchi o’rinda turuvchi shahri bo’lib, jahon turizmining markazidir.
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi.Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi. Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshoati – 1127 yilda qurilgan Minoraiy Kalon minorasidir. Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhurdir.
Xiva — Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan. Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YuNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. Madrasalardan eng yirigi — Muhammad Aminxon madrasasidir. O’rta asrlar shaharlarini tashqi devorlar va minoralarsiz, shahar ichidagi ark qal’asisiz tasavuur qilish qiyin. XIX asr o’rtasida esa Xivaning atrofida o’nta darvozasi bo’lgan yangi qal’a devorlari bunyod etilgan. Shundan e’tiboran shaharning ushbu kattaroq halqasi Dishan-qal’a, yoki «tashqi qal’a» deb nomlanadigan bo’ldi.
Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Amir Temurning buyrug’i bilan bu yerga eng yaxshi me’morlar quruvchilar, me’morchilik bezaklarining ustalari yuborilgan, mahalliy ustalar bilan birgalikda ular turli mamlakatlarning tajribasi va an’analarini uyg’unlashtirib, ulug’vor binolarni barpo etganlar. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan
3. Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar muhofaza etilmoqda. 19—20-asrboshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954-yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan.Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20- asrning 20 - yillaridan boshlangan. Yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish. Bosh boshqarmasi shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatr musiqa, davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, cholgʻu asboblarini yigʻish, saqlash va boshqa bilan shugʻullanish maqsadida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan. Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.

4. Xulosa sifatida aytib о’tish mumkinki, O’zbekiston hududidagi tarixiy yodgorliklarning har biri olis o’tmish haqida, madaniyati haqida so’zlaydi. Bu davrda О’rta Osiyo xalqlari madaniyatiga xos , me'morchilik, xalq amaliy san’ati sohalari va boshqa bir qator sohalarning rivojlanishi natijasida bunyoda etilgan va dunyo yuzini kо’rgan ma’naviy va moddiy madaniyat namunalari bugungi kunda о’zbek xalqining bebaho ma’naviy merosining salmoqli bir qismini tashkil etmoqda. Bu yodgorliklarni ko’z qorachiqimizdek asrab avaylashimiz har birimizning burchimizdir. Zero bu tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolar bizning tariximiz va kelajagimizdir.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish