ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI
REJA :
Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li.
Abu Nasr Forobiyning ilmiy me`rosi.
Farobiy Fozil davlat haqida.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat, adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi.1
Farobiyning uqdirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir. U tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va ma`rifatparvar, adolatparvar bo`lishi, kishilar bilan muomala qilish, san`atini chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir.
Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi.
Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili— turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashxur bo`lgan.2
Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi.
Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiy-falsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi, Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man, Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon, Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York, Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda.
Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.3
Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi.Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi, vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonunqoidalari, usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan.Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat qiladi. Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda:
– fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida;
– inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l
ko‘rsatuvchi so‘z sifatida;
– olamni bilish uchun insonga in’om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida
tushunishgan.
Mazkur ta’riflarni to‘ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan qonun-qoidalar asosida insonning fikrlash intellektini yo‘naltiruvchi va takomillashtiruvchi fan» deb ta’rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida tafakkurning qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bosh fan, hatto san’at deb baholanadi. Faqat tafakkur qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera oladi. Forobiyning ta’kidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon yolg‘onligini yoki qachon xatoga yo‘l qo‘yganligimizni bila olmaymiz. Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning yechimlarini topa olmaymiz
Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, uning paydo bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan.Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari, Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va amallari, turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham keng o‘rin olgan.Forobiy o‘z mantig‘ida sillogizmlar ta’limotiga katta e’tibor beradi.Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa, dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at turlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi.Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi.4
Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning xizmati Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.Farobiyning ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oylari alohida o’rin tutadi. Uning o’qtirishicha, insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish, uni baxt-saodatga eltish har qanday davlat jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor.Farobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi lozim. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni- bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’I lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak.Farobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi.
Farobiy insonni dunyo tarqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o’rinni egallashini qayd qiladi.Ta’lim-tarbiya tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiyatning ichki tartib qoidalarini to’g’ri o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni kamol toptirish zarurligini ta’kidlaydi.Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’I lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan bir vazifasi- jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. “Ideal shahar aholi ilmining fikrlari” hamda “Baxt-saodatga erishuv haqida” nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan.5
Olimning o’qtirishicha kimki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga ega bo’lsa, kashf etgan narsasi chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga muvofiq bo’lsa u xayrli va nafli bo’ladi.
Olim ta’lim faqat so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb hisoblaydi.
Demak, Farobiy ta’lim va tarbiya berishni bir-biridan farq qiladi. Tarbiya esa amaliy faoliyatida namoyon bo’ladi, yoshlarga u ma’lum ish-harakat, kasb-hunar, odob orqali singdiriladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat-odat,malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi.
Farobiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni uning tabiiy ruhiy va jismoniy xislatlarini nazarga olish zarurligini ta’kidlaydi. U bu haqda shunday yozadi:”Bu barcha tabiiy xislatlarni, ularni oily kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir… Insonlar turli ilm, hunar, faoliyatiga mos yilligi va qobilyatligi bilan tabiatan farq qiladilar, teng tabiiy xislatlarga ega bo’lgan odamlar esa o’z tarbiyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi.
Tarbiyasi jihatdan teng bo’lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar.
Tarbiya jarayoni, Farobiyning fikricha tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim, chunki, “har biro dam ham baxtini va narsa hodisalarini o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim”
Farobiy ta’lim-tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: “Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar (kasb hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlashtiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb intilish harakatga aylantiriladi )
Ikkinchi yo’l (yoki ikkinchi usul)- majbur etish yop’lidir. Bu usulga gapga ko’movchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlariga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan qaysi biriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoyidil kirishsa hamda faoliyati yaxshi bo’lib, kasb-hunarlarini va juz’iy san’atlarini egallashga intilishi bo’lsa, bunday odamlarni majbur etmaslik lozim, chunki maqsad ularni fazilat egasi qilish kasb hunar axillarga aylantirishdir”
Tarbiya berish usul;I, Farobiyning fikricha, ikki turli bo’ladi “ Avvalgi usul-san’atni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usullarida foydalanadi”.
Farobiy bilimdon, ma’rifatli, yetuk odamlarning obrazini tasvirlab ekan, bunday deydi:
“Har kimki ilm- hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ligi haqida qayg’ursin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zning udasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va axilli ilmdan mol-dunyoni ayamasin, barcha mavjud, moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin”
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy- axloqiy tarbiyaga aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi uning etiqodicha, bilim, ma’rifat, holda kutilgan maqsadga erishilmaydi va bola ham yetuk bo’lib yetishmaydi. Olim daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanishini aytadi.
Umuman, Farobiy o’z davridagi yoshlarning ta’lim olishlari bilim egallashlari, hunar o’rganishlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi
Abu Nasr Forobiy ta'lim – tarbiya masalasida xususan aqliy tarbiyaga, ma'rifatli bo’lishga, aqlni mavjud bilimlar bilan boyitish, to’ldirishga katta e'tibor bеradi. har qanday tarbiyani, xususan aqliy tarbiyani, ya'ni bilimlarni o’rganishni inson yoshlikdan boshlashligi zarurligi to’g’risidagi fikrni Abu Nasr Forobiy alohida qayd qiladi.
Lеkin, Abu Nasr Forobiy «aqlli» bo’lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik bilangina chеgaralab qo’ymaydi. Abu Nasr Forobiy talqinida «aqllilik» insonning butun faoliyati – uning bilimi, axloqi, odobi, harakatlari, qiladigan ishlari majmuasi bilan o’lchanadi, ya'ni aqllilik barcha fazilatlarning bir butun, yaxlit xolda muvofiqligidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limotida axloqiy tarbiya ham aqlli, fazilatli inson tarbiyalashning muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya xususan, «Idеal shahar aholisining fikrlari» asarida o’z ifodasini topadi. U qaysi tartibda axloqli qilib tarbiyalash, xususan bolaning qaysi xislatlariga e'tibor bеrish kabi masalalariga to’xtalib o’tirmaydi, balki idеal, axloqli insonning abstrakt obrazini yaratish bilan, tarbiya sohasida shu obrazni namuna qilib olish zarur dеgan g’oyani olg’a suradi. Abu Nasr Forobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka juda katta e'tibor bеrgan.
Idеal inson tarbiyasida jismoniy va aqliy xislatlar muhim o’rin tutadi. U razil, iflos hislatlarni qoralash, axloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob axloqiy xislatlarni qarama-qarshi qo’yish bilan ham jismoniy, ham axloqiy, har jihatdan yеtuk va mukammal bo’lgan inson idеalini yaratadi va uni har qanday ta'lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo’yadi.
Forobiy asarlarida inson, inson tarbiyasi, jamiyat va davlat muammolarini aks etirililgan. Erkin fikr yuritish, ya'ni xurfikrlilik g’oyalaridan ilhomlangan o’rta asr faylasufi: Abu Nasr Forobiy inson borlig’i, xususan, uning tanasi bilan joni jismi bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini namoyon qiluvchi fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish jarayoni muammolarini nazariy jihatdan ochib bеrishga harakat qildi. Jon va tananing o’zaro aloqadorligi muammolari haqida fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy qadimgi yunon faylasufi Platonning insonning ko’chib yurishi haqidagi ta'limotiga qarshi chiqdi. O’zining “Masalalarning mohiyati” (“O’yinul masail”) risolasida jon tanadan oldin mavjud bo’lmasligi, bir tanadan boshqa tanaga ko’chib o’ta olmasligi haqidagi g’oyani olg’a surdi.
Abu Nasr Forobiyning fikriga asosan, odamlarning tanasi paydo bo’lishi bilan uning “oziqlantiruvchi quvvat”i vujudga kеladi. O’sha quvvat yordamida inson tanasi hamisha oziqlanadi va shu jarayonda insonda sеzgi organlari paydo bo’ladi. Inson sеzgi organlari tufayli his-tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil bo’ladi.
“Xayol quvvati” yordamida inson bilim, hunar egalaydi, faoliyat ko’rsatadi, foyda-zararning farqiga boradi1.
Forobiy ta'kidlaganidеk, inson o’zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Undagi aql-zakovat (“Aqliy quvvat”) borliqning turli-tuman ko’rinishlarining aksidir. Inson o’zidagi o’sha aql-zakovat yordamida avval yеrda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning sabablarini, so’ng esa osmon jismlarining sir-u asrorini biladi. Insonnin
XULOSA
Butun Sharqu-G`arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi" degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon al-Farobiy yoshligidan juda iste' dodli, zehni o`tkir, xotirasi kuchli bo'lgan. Farobiy Eron va O`rta Osiyolik mutafakkirlar Nazzam, Ravandiy, ar- Poziy, arab olimlari Jahid, al-Kindiy, qadimgi yunon faylasuflari: Aristotel, Platon, Suqrot, Galiley, Ginokrat ta"limotlarini chuqur o'rgandi. Farobiy Ibn Sino, Beruniy Firdavsiy kabi mutafakkirlar singari oila ,farzand, uy-joy orzusini ilmyo'lida qurbon qilib, butun umrini fanga bag'ishladi. Alllomaning "Fozil odamlar shahri"deb nomlangan asari sharq ilmida, ma naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni CTrta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovvor qildi.Farobiy "Fozil odamlar shahri", "Baxt saodatga erishuv haqida","Baxt saodatga erishish yo'llari haqida ko"rsatmalar","Shahar siyosati to`g`risida” Buyuk kishilarning naqllaridan","Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida"kabi asarlarida insonlarni eng oily kamolot va baxt-saodatga erishishlarining asosiy vositalari va yo'llarini ilmiy asosda bay on etib bergan.
Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta'sirivabu ta'sir natijasidaular o'zlaridagi ijobiyyoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. "Insonlar tug"Uganda kamolotli bo"lib tug'imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo'lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o'xshash bo'ladi, keyinchalik esa o'zgaradi, ya ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me'yorlarni qabul qiladilar. Ularga moslashadilar voqealar va muhit ta'sirida yaxshi yoki yomon odatlarni o'rganadilar, shu bois odamlardagi xato va kamchilik, yutuq va muvaffaqiyatlar ularda jamiyatda keyinchalik shakllanadi. Inson jamiyatdagi qarama -qarshiliklarni o'ziga singdira boshlaydi, har xil mushkulotlarga duch keladi.
Inson faoliyatining adolatga yaqinligi yoki uzoqligi uning aqliga, xulqiga, yashagan jamiyatiga bog'liq. Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo'lsa, adolatga yaqin bo'ladi, agar ko'proq bo'lsa adolatdan, insofdan uzoqroq bo'ladi. Xulq albatta insonning yaxshi yoki yomon xislatlarining nisbatiga bog'liqdir". Jamiyatda adolat asosiy mezon bolsa, uning a'zolariham insof va diyonatli, mehr-oqibatli bo"ladilar. Inson jamoasi to'g'risidagi talimotlning asosini kishilarning ongli harakatini, xulq-odatlari, tabiy -mayillari, istak va malakalarini, faoliyatlari va turmush darajalarini o'rganish masalalari tashkil etadi.
Mutafakkirning fikricha fozil jamoaning har bir a'zosi fozil ya ni haqiqiy inson bo'lishi kerak. Farobiy o'z qarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri asarida on ikki tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bola olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar:
"Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog'lom bo'lish lozim;ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin; to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan nutqi ravon ,fikri teran mulohazalarini yorqin bay on eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin; yettinchidan navsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bolsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; о ninchidan mol-dunyo yig'ishga berilmasin; o'n birinchidan adolatli bolsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bolsin; on ikkinchidan adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo`lsin, o'zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qaf iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo`lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin"
Uning fikricha "fozil" inson barkamlol shaxs bolishi uchun manaviy- axloqiy jihatlardan xoli, ruhan, ma`nan va jismonan sog`lom bo`lishi lozim. Haqiqiy inson aql idrok tufayli barcha ne'matlarga ega bo'ladi va adolatli ijtimoiy hamkorlikka asoslangan fozil jamiyat barpo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |