Abu Iso at-Termiziyning “Shamoyili Muhammadiya” asari tahlili Reja



Download 47,72 Kb.
bet3/3
Sana18.04.2022
Hajmi47,72 Kb.
#560617
1   2   3
Bog'liq
Bazarova Shamoili Muhammadiya

To‘rtinchisi-Payg‘ambar alayhissalomning diniy hukmlarni bayon qilish uchun sodir bo‘lgan amallari. Bu turdagi amallarda u zotga ergashish ba’zan vojib bazan sunnat, bazan mustahab bo‘ladi.
Qaysi mavzuda bahs yuritilishiga qarab ilmlar bir-biridan afzal bo‘ladi. Shu jihatdan Qur’oni Karim va unga tegishli boshqa ilmlarda afzaldir. Undan keyingi o‘rinda siyrat ilmlari turadi. “Siyrat” so‘zi lug‘atda holat, yo‘l, yurish-turish degan ma’nolarni bildiradi. Har bir insonning hayot yo‘li tarjimai holi haqidagi malumotlarni siyrat deyish mumkin.
Siyrat va shamoilga bag‘ishlangan kitoblarda Nabiy alayhissalomning xayot yo‘llari, so‘zlari, amallari, holatlari, sifatlari va haq Payg‘ambar ekanlariga dalolat qiluvchi alomatlar haqida so‘z boradi. Payg‘ambarlik maqomi sa’y-xarakat, o‘z ustidda ishlash, ilm olish yoki tajriba orttirish bialn erishiladigan maqoim emas. Balki Alloh taoloning o‘zi tanlagan bandalariga beriladigon tuxfa, in’omdir. Bu maqom uchun kimni tanlash Alloh taoloning ixtiyoridagi ishdir. Payg‘ambarimizning muborak shamoillarini o‘rganishimizdan murod chiroyli qissa va voqealardan xabardor bo‘lish va u zot haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lib, bilimni boyitishdangina iborat bo‘lib qolmasligi kerak. U zotning hayotlariga o‘tmishdan o‘tgan hukumdor va qo‘mondonlarning faoliyati va ularning tarixlariga nazar solagandek nazar ham solmaslik kerak. Zero u zotning hayotlari din ahkomlari, islom asoslarining amaldagi tatbiqi va voqealikdagi ijrosi edi.
Abu Iso Termiziyning “Shamoili Muhammadiya” kitobida roviylar silsilasini to‘liq keltirgan. Ya’ni muallif rohimahulloh o‘zidan tortib to nabiy alayhi salomga qadar bo‘lgan silsilani birma bir zikr qilib o‘tgan.3 Mana shu sababli qo‘lyozma hoshiyasidagi qaydlar va izohlar soni oshib brogan. Har bir xatot qo‘lyozmani ko‘chirish davomida o‘zidan oldin ko‘chirilgan qo‘lyozmani o‘qib chiqqan va o‘zidagi bilimlariga tayangan holda roviylar va sahobalar hayotlari haqida ma’lumotlar qoldirib ketgan. Lekin zamonaviy nashirlar jumladan yurtimizda yaqin davrlar mobaynida nashr qilingan qismlarda o‘quvchiga qulay va onson bo‘lishligi uchun roviylar soni kam holda zikr qilingan. “Shamoili Muahammadiya” kitobidagi arabcha matinlarga Muhammad Avvoma nazorati ostida chiqqan Ibrohim ibn Muhammad Bojuriyning “Al-mavohibul laduniya kitobi asos qilib olingan. Rivoyatlar sanadi haqidagi ma’lumotlar Ibn Hajar Haytamiyning “Ashraful vasoil ila fahmi shamoil” Mulla Ali Qorining “Jamiul vasoil fi sharhish shamoil”, Abdurazzoq Abulmuhsinning “Sharhi Shamoil Nabiy” va boshqa manbalarga asoslangan holda berilgan. Rivoyatlarning sahih yoki zaif ekanligini aniqlshda faqatgina bir muhaddis hulosasiga tayanilmagan.4
Asarning o‘ttizga yaqin qo‘l yozma nusxalari yurtimiz kutubxonalarida saqlanmoqda. Shulardan yigirmadan ortig‘i O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda5 12184 raqami ostida Sharqshunoslik instituti asosiy manbalar qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanadi. Asar nomi “Shamoili Muhammadiya” muallif Abu Iso Muhammad Tezmiziy. Asar mavzusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan. Qo‘lyozma arab tilida bitilgan. 73 varoqdan iborat. Sharq qog‘ozidan foydalanilgan. Yozuv hajmi eniga o‘n to‘rt sm, bo‘yiga sakkiz yarim sm, nasx xat turida bitilgan. Yozuv o‘n besh qatordan iborat. Qora rangli siyohdan foydalanilgan va qora rang bilan bezaklar ham berilgan. Kitob tahrirlangan. Varaqlarda dog‘lar mavjud hamda muqova qismida ham dog‘lar mavjud. Uning muqovasi teridan ishlangan. Kitobning A qismi hamd bilan boshlangan. Hoshiyada izohlar va qo‘shimchalar kiritilgan. Izohlar va qo‘shimchlar burchaksimon yoki teskari (pastdan yuqoriga) qarab bitilgan. Ayrim joylarida qizil siyohdan ham foydalanilgan. Masalan, boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan.
Keyingi qo‘lyozmamiz 3200 raqami ostida Sharqshunoslik instituti asosiy manbalar bo‘limi qo‘yozmalar qismida saqlanadi. Ushbu qo‘lyozma bir nechta kitobdan iborat. “Shamoili Muhammadiya” asri ushbu qo‘lyozmaning to‘rtinchi qismida kelgan. Faqatgin ikkita varoqda joylashgan. muallif Abu Iso Muhammad at-Tezmiziy.Asar mzvzusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan. Qo‘lyozma arab tilida bitilgan. Qo‘lyozma muqovasi qizil rangda muqovaning oldi va ortki qismida naqshinkor gul tasviri tushurilgan naqshinkor bezaklar tushurilgan. Naqshlar hamda bezaklardan tashqari uch qartordan iborat hoshiyadan (ramkadan) tashkil topgan. Muqova hajmi bo‘yi o‘n sakkiz, eni o‘n uch sm dan iborat. Qora rangli siyohdan foydalanilgan va qora rang bilan bezaklar ham berilgan. Kitob tahrirlangan. Ayrim joylarida qizil siyohdan ham foydalanilgan. Masalan, boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan. Hoshiya qismida turli xil yozuvlar mavjud.
Navbatdagi qo‘lyozmamiz 3313 invertar raqami ostida Sharqshunoslik instituti asosiy manbalar fondi saqlanadi. Muqova qismida beshta naqshinkor bezak mavjud. Muqova sariq rangli kartondan ishlangan. Qo‘lyozmada bir nechta kitobdan tashkil topgan. “Shamoili Muhammadiya” yigirma uchinchi kitobda joylashgan. Muallif Abu Iso Muhammad at-Termiziy. Asar mavzusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan. Kirish qismida ikki qator hamd qismi berilgan. Kitob ikki yuz uch betdan iborat. Qo‘lyozma yaxshi holatda saqlangan. Shavval oyining o‘rtasida hijriy 939-yilda tunda tamomlangan. Muqovaning orqa qismida ham bezaklar mavjud. Qo‘lyozma matninig hajmi eniga 7 sm, bo‘yiga 12 smni tashkil qiladi. Kirish qismida naqshinkor tilla suvli bezaklar mavjud. Hadis raqamlari qizil, sariq va ko‘k ranglarda ajratib ko‘rsatilgan. Qo‘lyozma tarkibidagi ikkinchi asar boshlanishida muhr mavjud. Muhrning ustki qismiga Jaloliddin deb yozilgan. Kirish va xotima qisimlarida burchaksimon yozuvlar mavjud. Asosiy matn ramkaga olingan. Nasx xatida bitilgan. Ayrim joylarida qizil siyohdan ham foydalanilgan. Masalan, boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan. Qo‘lyozmani yozishda sharq qog‘ozida yozilgan. Muqovaning ichki qismida bo‘rtma naqshlar mavjud. Qo‘lyozma varoqlari ko‘chgan va u ta’mir talab holatda. Qo‘lyozmaning matni o‘n ikki qatordan iborat.
Sharqshunoslik institutida asosiy manbalar fondi, qo‘lyozmalar bo‘limi 12476 inveretar raqami ostidagi saqlanadi. Asar nomi “Shamoili Muhammadiya” muallif Abu Iso Muhammad at-Tezmiziy. Asar mavzusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan. Qo‘lyozma arab tilida bitilgan. Qo‘yozma kitoblar majmuasidan mavjud. “Shamoili Muhammadiya” birinchi kitobda joylashgan. 235 varoqdan iborat. Yozuv hajmi enigas 7 sm, bo‘yiga 12 sm dan iborat. Qo‘yozma matni to‘rttalar tomondan ham uch yarim santimetrlik xoshiyadan iborat. Hoshiya qismida qaydlar, izohlar, sharhlar berilgan. Qo‘lyozma xattotining nomi noma’lum. Ko‘chirilgan joyi ham yil ham noma’lum. Nasx xatida ko‘chirilgan yozuv o‘n bir qatordan iborat. Yozuv qatorlari orasidagi masofa bir sm dan iborat. Yozuv qatorlari orasidan mayda harflar bilan bitilgan qo‘shimcha izohlar ham mavjud. Qora rangli siyohdan foydalanilgan va qora rang bilan bezaklar ham berilgan. Qo‘lyozmani ko‘chirishda sharq qog‘ozidan foydalanilgan. Muqova zamonaviy tarzda qayta ishlangan. Muqovaning yuza qismida bezaklar mavjud emas. Muqova karton qog‘ozdan ishlangan. Kitob hajmi eniga 12.5 sm, bo‘yiga 19.5 smdan tashkil topagam. Qo‘lyozma varoqlarida dog‘lar maavjud bo‘lsada, varoqlar yaxshi holatda saqlangan. Qo‘lyozmaning A qismida mundarija joylashgan. Mundarija uch va besh qatorli rasmka tasvirida berilgan. Nasx xatida bitilgan. Ayrim joylarida qizil siyohdan ham foydalanilgan. Masalan, boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan. Qo‘lyozmani yozishda sharq qog‘ozida yozilgan. Muqovaning ichki qismida bo‘rtma naqshlar mavjud.
Sharqshunoslik institutida asosiy manbalar fondi, qo‘lyozmalar bo‘limi 6875 inveretar raqami ostidagi saqlanadi. Qo‘lyozma kitoblar majmuasidan iborat. “Shamoili Muhammadiya” asari birinchi kitobda joylashgan. 1289-yilda ko‘chirilgan. Matni hajmi eniga 7 sm, bo‘yiga 12.5 smdan iborat. Matni 13 qatordan iborat. Qatorlar orasi bir smdan tashkil topgan. Matn yonidan uch yarim smlik hoshiya qoldirilgan. Hoshiya qismida sharhlar tasniflar va matnlar mavjud. Qo‘lyozmani ko‘chirishda sharq qog‘ozidan foydalanilgan. Qo‘lyozma muqovasi teridan ishlangan. Muqova qora rangda. Muqovaga ko‘p shikast tekazilgan va u ta;mirga muhtoj. Qo‘yozmaning A qismida yozuvlar mabjud. Varoqlari yirtilgan. Boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan.
Sharqshunoslik ilmiy qo‘lyozmalar institutida asosiy manbalar fondi, qo‘lyozmalar bo‘limi 3068 inveretar raqami ostidagi saqlanadi. Muqova kartondan iborat. Yashil rangli. Muqova chetlarida qizil ramka mavjud. Muqova ustida uchta naqshinkor bezaklar mavjud. Muqova chetida ham nashqlar mavjud. Qo‘lyozmaning A qismida uch varoq bo‘sh joy qoldirilgan. Kirish qismidan oldin burchaksimon yozuvlar bitilgan. Kirish qismining dastlabki so‘zi qizil harflar bilan bezatilgan. Matn qismida hech qanday bezaklar qo‘yilmagan. boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan. Qo‘lyozmani yozishda sharq qog‘ozida yozilgan. Asar nomi “Shamoili Muhammadiya” muallif Abu Iso Muhammad at-Tezmiziy.Asar mzvzusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan. Qo‘lyozma arab tilida bitilgan. Muqova hajmi eniga 12 sm, bo‘yiga 17 smni tashkil qiladi. Muqova ortida ham nashqli bezaklar ham mvjud. Muqovaning old qismida Mirodil so‘zi bitilgan. Qo‘lyozma 165 varoqdan iborat. Kitob varoqlari ta’mirlanish vaqtida ayrim yozuvlar o‘chib ketgan. Ayrim varoqlari yirtilgan. Varoqlarni qayta tiklash vaqtida yozuvlari tiklanmagan. Qo‘lyozmaning varoqlarida turli shalda yozilgan matnlar manjud bo‘lib, ular yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga va burchaksimon shaklda uchraydi. Yozuv o‘n uch qatordan iborat. Ayrim betlarida asosning matnga qo‘shimcha tarzda hoshiyada izohlar bitilgan. Yozuv hajmi bo‘yiga 9.5 sm, eniga 5.5 smni tashkil qiladi. Qo‘lyozmaning xotima qismida Abdulqodir ismi mavjud. Asosiy matndan tashqari bo‘sh hoshiylar hajmi besh smni tashkil qiladi.
Sharqshunoslik institutida asosiy manbalar fondi, qo‘lyozmalar bo‘limi 4942 inveretar raqami ostidagi saqlanadi. Qo‘lyozma 295 betdan iborat. Matn o‘n ikki qatordan tashkil topgan. Ikki misrali oltita qismdan tashkil topgan. Xattot Muhammad Sahob Suvor Amali Mulla. 1218-yilda ko‘chirilgan. Xat turi nasx, matn o‘lchami eniga 7 bo‘yiga 12 sm dan iborat. Misralar orasida ikki yarim sm bo‘sh joy mavjud. Asosiy matn atofida besh sm hoshiya mavjud. Hattot nomi muqovada naqshinkor tarzda tasvirlangan. Muqova kartondan ishlangan. Muqovaning markaz qismida qizil rangli naqshinkor bezak mavjud. Qizil bezak yuqori va pastki qismida hattotning ismi va ko‘chirilgan yili berilgan. Muqovaning chet qismlarida to‘rt qatorli ramka bilan bezatilgan. Qo‘lyozmaning ichki qismidagi matn ramkaga olinmagan. Hoiya qismida sharh, izoh va tasniflar keltirilgan. Boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan. Qo‘lyozmani yozishda sharq qog‘ozida yozilgan. Qo‘lyozma varog‘ida dog‘lar mavjud. Qo‘lyozma varog‘lari muqovadan ajragan. Qayta ta’mirlash jarayonida hoshiyadagi yozuvlar yo‘qotilgan. Boblar qayta tiklanmagan. Ko‘chirilgan joy nomi keltirilmagan. Muqova o‘n ikki yigirma sm dan iborat. Qo‘lyozmaning so‘nggi xotima qismida Muhammad Sharif kotibul kitob Hasan Jamil Hasan bin Mulla Mahmudxo‘ja kabi shaxslarning ismalari keltirilgan. Asar nomi “Shamoili Muhammadiya” muallif Abu Iso Muhammad at-Tezmiziy. Asar mavzusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan.
Sharqshunoslik institutida asosiy manbalar fondi, qo‘lyozmalar bo‘limi 4826 inveretar raqami ostidagi saqlanadi. Qo‘lyozma sakson ikki betdan iborat. Yozuv o‘lchami eniga 10 sm, bo‘yiga 16 sm ni tashkil qiladi. Satrlar orasi 1.3 sm ni tashkil qiladi. Yozuv satrlari orasida ham mayda harflar bilan yozilgan qaydlar mavjud. Asosiy matnning yon tomonidan 6.5 sm ost qismidan 4.3 sm hoshiya qoldirilgan. Boblar va “حدثنا” so‘zlari qizil siyoh bilan bitilgan. Qo‘lyozmani yozishda sharq qog‘ozida yozilgan. Asosan qora siyohdan iborat. Matn ramkaga olinmagan. Har bir hadislar soni qizil rangli raqamlar bilan alohida ajratib berilgan. Xattotning ismi qo‘lyozmaning boshi va o‘rta qismlarida muhr bilan aks ettirilgan. Qo‘lyozma ichida to‘rtta doira shakldagi va bitta qirrali muhrlar uchraydi. Hattot o‘z nomini qo‘lyozmaning so‘nggi qismida bayon qilib. Ustoz, olim, fuzalo, shayx, Mulla Oxund Muhammad Shatif deya zikr qilib o‘tgan. Qo‘lyozma so‘ngida bir varoqli xotima so‘zlari mavjud. Xotima Alloh yanada biluvchiroqdir so‘zi bilan tamomlangan. Qo‘lyozma yaxshi holata saqlangan. Uning varoqlarida ayrim dog‘lar mavjud bo‘lsada, asosiy matnga shikast yetmagan. Yashil rangli muqova kartondan ishlangan. Muqovaning chetki qismlarida bezak sifatidagi ramkalar mavjud. O‘rta qismida maysa va gullarning rasmi bilan bezatilgan gullardan iborat. Gul tasvir tushurilgan bezak asosiy bezakning yuqori va pastki qismida ham berilgan. Qo‘lyozma yaxshi holatda saqlangan. Asar nomi “Shamoili Muhammadiya” muallif Abu Iso Muhammad at-Tezmiziy.Asar mzvzusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan. Qo‘lyozma arab tilida bitilgan.
Sharqshunoslik institutida asosiy manbalar fondi, qo‘lyozmalar bo‘limi 8628 inveretar raqami ostidagi saqlanadi. Asar nomi “Shamoili Muhammadiya” muallif Abu Iso Muhammad at-Tezmiziy.Asar mazvusi islom tarixiga oid biografik asar. Tarjimai hol hadislar asosida yoritilgan. Qo‘lyozma arab tilida bitilgan. 164 betdan iborat. Matn o‘lchami eniga 13 sm, bo‘yiga 9 smdan iborat. Asosiy matnda yon qismidan uch past qismidan uch yarim sm bo‘sh joy qoldirilgan. Asosiy matnda satrlar orasida kichik qaydlar mavjud. Qora siyohda yozilgan. Ayrim varoqlar qo‘lyozmadan ajralgan. Muqovaning chet qismi teridan o‘rta aqismi kartondan ishlangan. Muqovaning yuza qismida o‘ymakor naqsh mavjud bo‘lib, lekin u deyarli o‘chib ketgan. Muqova eniga 12 bo‘yiga 18 smni tashkil qiladi. Qo‘lyozma varoqlari shikastlanishi oqibatida yozuvlari ham zarar ko‘rgan. Varoqlarining ayrim qismlarini qurt yegan natijada yozuvlar shikatlangan. Qo‘lyozmaning A qismida hamd va na’t keltirilgan.
Ash-Shamoil»ning turkcha tarjimasini amalga oshirgan Ishoq Xo‘ja Ahmad Afandi (vafoti 1708 yil) nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad Xayruddin al-Aydiyniy bo‘lib, uning haqida mufassal ma'lumotga Ega Emasmiz. Ash-Shamoil»ning turkcha nazmiy ifodasini Mazlum Zoda nomi bilan tanilgan Mustafo ibn Husayn al-Halabiy bajargan bo‘lib, muallif bu asarini 1745 yilda tugatgan.
Ushbu asar o‘zbek tiliga ham tabdil qilingan bo‘lib biz quyidagi satirlarda uning o‘zbek tilidagi nashirlari hamda Ziyovuddin Rahim tomonida qilingan tarjima va uning kirish qismi bilan tanishib chiqamiz Insonni Eng go‘zal suratda yaratgan, uni iymon ne'mati bilan siylagan, go‘zal xulqlar bilan sharaflagan Alloh taologa behisob hamdu sanolar aytamiz! Muborak hayotining har lahzasi bashariyat uchun o‘rnak, xulqi Qur'on, olamlarga rahmat etib yuborilgan Payg‘ambar Muhammad Mustafoga, u zot oila a'zolariga, sahobai kiromlariga salavotlar, salomlar yo‘llaymiz! Deb boshlanadi kitobning kirish qismi. Ma'lumki, Alloh taolo Hazrat Muhammad sollal lohu alayhi va sallamni haq din bilan mo‘minlar ga rahnamo etib yubordi, u zotni chiroyli xulqlar, oliy fazilatlar bilan ziynatladi. Dunyo va oxirat saodatiga boshlaydigan eng to‘g‘ri yo‘l Rasuli akram yo‘llaridir. Eng chiroyli odob u zot alayhissalom odoblaridir. Shuning uchun Alloh taolo Rasulullohga ergashishni, u zotni hurmatlashni mo‘minlar zimmasiga yuklagan. Alloh roziligiga erishmoqchi bo‘lgan kishi Rasululloh yo‘llaridan yuradi. Jannatga kirish uchun ham u zot sunnatlariga amal qilinadi. Sunnati mutohharaga ergashish uchun siyratni, jumladan, Sayyidul bashar shamoillarini o‘rganishlozim.6
Bu ilmning fazilati ulug’, ahamiyati kata Imom Abu Iso Muhammad Termiziy shuning uchun o‘tmishda shamoil bobida juda ko‘p kitoblar yozilgan. Hozir ham turli uslublarda yangidan-yangi kitoblar yozilmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozim: Buyuk muhaddis Abu Iso Termiziy rahmatullohi alayhning “Shamoili Muhammadiya” kitobi o‘z bobida tengsiz manbadir. Bu muborak kitob ellik olti bob, to‘rt yuzi o‘n besh hadisdan iborat. Unda bashariyatning eng afzal vakili, anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning ulug‘ xislatlari, yuksak xulqlari, go‘zal muomalalari haqidagi rivoyatlar jamlangan. Boblar o‘ta nozik did bilan tartiblangan, hadislar ketma-ketligi ham tahsinga sazovor. Muallif bayon /qilishda o‘rta yo‘lni tanlagan: Kitob odamni zeriktirib yuboradigan darajada juda uzun ham, ma'no anglashilmay qoladigan darajadao‘ta qisqa ham Emas.O‘rni kelganida imom Termiziyning “Shamoil" iga sharh yozilishiga nima turtki bo‘lgani haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tsam. Kamina xodimingiz Pasululloh sollallohu alayhi va sallamning go‘zal xulq-atvorlari haqida bir kitob yozishni boshlagan edi. Manbalar to‘planib, boblar tartibga solinib, ishning ma'lum qismi bajarilgach, avval bu mavzudagi biron kitobni sharhlash niyati tug‘ildi. Chunki, yozilajak kitobning ko‘lami katta, qamrovi keng edi. Uni ko‘ngildagidek yozib tugallashga ko‘p vaqt, bu mavzudagi chuqur ilm, etarli malaka talab etilardi. Shuning uchun shamoil haqida yozilgan Eng sara kitoblardan biri, vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziy o‘quvchilar kengroq tushunish talab va uchun takliflarini unga izoh kerakligi hisobga olib Buyuk Allohning o‘zidan madad so‘ragan holda ulug‘ Payg‘ambarning tashqi ko‘rinishlari, fe'l-atvorlari haqidagi benazir kitobga ojizona sharh bitishga kirishildi. Alloh taolo qodir qilganicha, imkonim yetganicha hadislar ma'nosini ochib berishga harakat qildim –deb to‘xtalib o‘tadi kitob muallifi. U Zot xato-kamchiliklarimni keng rahmati bilan kechirib, solih amallar qatorida husni qabul Etsin, manfaatini qiyomatgacha bardavom aylasin, hosil bo‘lgan ajr-savoblardan, avvalo, kitob muallif imom Termiziyni, qolaversa, muhtaram ustozlarimni, mehribon ota-onamni, barcha yaqinlarimni bahramand qilsin!tarjimasi asosida kitob o‘ziga xos uslubda nashr Etilgan. Un dan tashqari, Termiziyning “Shamoil” kitobi Ubaydulla Uvatov tomonidan ham o‘zbek tiliga o‘girilgan. E'tibor berilsa, mazkur tarjimada ham Oltinxon To‘ra uslubi yaqqol sezilib turadi. Alloh taolo ismlari zikr etilgan insonlarni xizmatlariga yarasha ajr-mukofotlar bilan taqdirlasin! Shamoili Muhammadiya Termiziyning “Shamoili muhammadiya” kitobitanlandi. Zero, uning hajmi nisbatan kichik bo‘lsa-da, o‘zida ko‘p foydalarni jamlagan. Mo‘min banda Rasuli akram alayhissalom tashqi ko‘rinishlari, oliy fazilatlari haqida bilishi kerak ma'lumotlar mana shu kitobda bor. Uni qunt bilan o‘qigan inson Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga xos go‘zal sifatlarni o‘rganadi. Bu bilan uning iymoni mustahkamlanadi, Rasulullohga hurmat-e'tibori, muhabbati ortadi. Imom Termiziyning “Shamoili muhammadiya” kitobi o‘zining ajoyib uslubi bilan keng kitobxonlar e'tiboriga tushgan, mag‘ribu mashriqda katta shuhrat qozongan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, “Shamoil” ga juda ko‘p sharhlar bitilgan, sharhlarga hoshiyalar yozilgan. Ba'zilar kitobni muxtasar holga keltirgan. Bu borada juda ko‘p ulamolar, jumladan, Mulla Ali Qori, Ahmad ibn Muhammad Haytamiy, Ibrohim ibn Muhammad Bojuriy, Abdurauf ibn Ali Munoviy rahmatullohi alayhim mehnati singgan.
“Shamoili Muhammadiya” kitobining o‘quvchilarga taqdim Etilishi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur kitob avval turkiy tilga, keyinroq zamonaviy o‘zbek tiliga o‘girilgan. Lekin kitob mazmunini Imom Termiziyning “Shamoili muhammadiya” kitobi o‘quvchilarga asosan Sayyid Mahmud Taroziy-Oltinxon To‘ra rahmatullohi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 90-yillarida Mas'udali Hakimjon tomonidan tabdil qilingan (ya'ni, arab alifbosidan kril harfiga o‘girilgan). Keyinroq, Mirzo Kenjabek tomonidan aynan Oltinxon To‘ra tarjimasi asosida kitob o‘ziga xos uslubda o‘zbek tilida nashr qilingan.
Xulosa qiladigon bo‘lsak ushbu asar tuzulishi va Rosululloh s.a.v ning jismi karimlari haqida rivoyat qilingan hadisi shariflar bobida tashkil topgan. Umuman, asarni ikki qismfga bo‘lish mumkin: birinchi qismga mansub hadislar payg‘ambar alayhi salomning tashqi qiyofalariga qaratilgan. Asarning ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar Nabiy alayhi salomning siyratlari-ichki dunyosi va axloqiy fazilatlarni bayon qilingan.


1 Shamoili muhammadiya” T.: “Sharq” 2020- 1-15 b

2 Shamoili Muhammadiya” T.: “Sharq” 2020- 1-15 b

3 Termiziy Shamoil muhammadiya T.: “Sharq”, 2020. 15 b-

4 Termiziy Shamoil muhammadiya T.: “Sharq”, 2020. 15 b

5 Kegingi o’rinlarda Sharqshunoslik institute deb zikr qilinadi

6 Termiziy Shamoil Muhammadiya T.: “Sharq”, 2020. 304 bet 3-b

Download 47,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish