Abu Ali ibn Sino Vafot etgan sana


Ulug‘bek  merosini  o‘rganish



Download 351,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana29.12.2021
Hajmi351,73 Kb.
#82784
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Abu Ali ibn Sino

Ulug‘bek  merosini  o‘rganish.  Fan  va  madaniyat  tarixida  so‘nmas  iz  qoldirgan  Ulug‘bekning  ilmiy 

merosi uning "Zij"idir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va 

unda qo‘llanilgan matematik usullari bo‘yicha o‘rta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali 

bo‘lganligi  uchun  avvalambor,  u  musulmon  mamlakatlaridagi  olimlarning  diqqatini  jalb  qilgan. 

"Zij"ga ilk sharhni Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi "Sharhi Ziji Ulug‘bek" nomi bilan yozgan. 

O‘sha  15  asrning  o‘zida  qohiralik  munajjim  Shamsiddin  Muhammad  as-Sufiy  al-Misriy  "Tashil  Ziji 

Ulug‘bek"  ("Ulug‘bek  "Zij"ini  osonlashtirish")  nomli  asar  yozib,  unda  Ulug‘bek  jadvallarini 

Qohiraning  geografik  kengligiga  moslashtirdi.  Al-Misriy  o‘zining  "Taqvim  al-qavoqib  as-sab'a" 

("Yetti  sayyoraning  taqvimlari")  va  "Jodavil  al-mahlul  assani  ala-usul  Ulug‘bek"  ("Ulug‘bek  usuliga 

ko‘ra ikkinchi yechimlar jadvali") nomli yana ikkinchi asarida Ulug‘bek "Zij"iga murojaat qiladi. 

Suriyalik  olim  Zayniddin  al-Javhariy  as-Solihiy  (15-a.)  "Ad-Durr  annozil  fi  tashil  attaqvim" 

("Taqvimni soddalashtirishda nozil bo‘lgan durlar") nomli asarida Ulug‘bek "Zij" ini qayta ishlagan. 

"Zij"iga  yozilgan  eng  mukammal  sharh  Samarqand  ilmiy  maktabining  eng  so‘nggi  namoyandasi 

Nizomiddin Abdul  Ali ibn Muhammad ibn Husayn  Birjandiyning (1525  yil eramizdan avvalgi) 1523 

yil  yozib  tugatilgan  "Sharhi  Ziji  Ulug‘bek"  asaridir.  Birjandiy  o‘z  "Sharh"ida  mufassal  va  aniq 

raqamlar  bilan  bayon  qilib,  "Zij"ning  sirlarini  ochadi.  Ulug‘bekning  ko‘plab  jumlalarini  u  chizmalar 

bilan tushuntirib isbotlagan. 

Samarqandlik  ikki  buyuk  olim  —  Qozizoda  Rumiy  va  Ali  Qushchining  nabirasi  Miram  Chalabiy 

(1525  yil  eramizdan  avvalgi)  "Zij"ga  sharh  yozib,  uni  "Dastur  alamal  va  tashih  al-jadval"  ("Amallar 

dasturi va jadvallarning tuzatilishi") deb atagan. 

Eronlik  olim  G‘iyosiddin  Mansur  al-Husayniy  ash-Shiroziy  (1542  yil  eramizdan  avvalgi)  "Zij"ga 

"Risola dar ta'niq Ziji Ulug‘bek" ("Ulug‘bek "Zij"ini aniqlashtirish haqida risola") nomli sharh yozgan. 

16  asrning  ikkinchi  yarmi  va  17-18  asrlardagi  qator  musulmon  olimlari  "Zij"ga  sharhlar  yozdilar  va 

uni qayta ishlab o‘z zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ash-

Shomiy  (1526-1585),  Mazhariddin  al-Qoriy  (16  asr),  misrlik  Abdulqodir  al-Manufiy  ash-Shofiy  (16 

asr), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589 yil eramizdan avvalgi), Muhammad Boqir al-Yazdiy (1637 

yil  eramizdan  avvalgi),  hind  Farididdin  Dehlaviy  (1629  yil  eramizdan  avvalgi),  turk  Muhammad 

Chalabiy  (1640  yil  eramizdan  avvalgi),  misrlik  Rizvon  ar-Razzoq  al-Misriy  (1710  yil  eramizdan 

avvalgi),  dog‘istonlik  Damodon  al-Muhiy  (1718  yil  eramizdan  avvalgi)  kabi  olimlarning  sharhlari 

shular jumlasidandir. 

Bular  orasida  hind  daapat  arbobi  va  olimi  Savay  Jay  Singhning  faoliyati  alohida  o‘rin  tutadi.  U 

Hindistonning  Boburiy  sultoni  Muxammadshohning  (1719-1748)  farmoni  bilan  Ulug‘bek 

rasadxonasidagi  jihozlarning  ta'riflariga  ko‘ra,  Dexli,  Banoras,  Jaypur,  Ujjayn  va  Mutrada 

rasadxonalarini  barpo  qiladi.  So‘ng  u  homiylik  qilgan  sultonga  atab  "Ziji  Muhammadshohiy"  asarini 

yozgan  va  unda  Ulug‘bekning  ba'zi  jadvallarini  tayyorligicha  qabul  qilgan.  Qori  Niyoziy  va 

dushanbelik  G.Sobirovlar  Savay  Jay  Singhning  asari  bilan  Ulug‘bek  "Zij"  orasidagi  bog‘liqlikni  o‘z 

ishlarida ko‘rsatganlar. 

Ulug‘bekning  nomi  Yevropada  va  umuman  G‘arb  mamlakatlarida  buyuk  bobosi  Amir  Temurning 

shuhrati  tufayli  ancha  ilgari  ma'lum  bo‘lgan.  Yevropa  Amir  Temur  va  uning  oila  a'zolari  haqida 

birinchi  bo‘lib  Samarqandga  1403-1405  yillar  sayohat  qilgan  Ispaniya  elchisi  Rui  Gonsales  de 




Klavixodan  eshitgan.  Klavixoning  "Kundaliklar"i  1582  yil  Sevilyada  va  1607  yil  Parijda  nashr 

etilganidan so‘ng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila a'zolari bilan qiziqqanlar. Ulug‘bek 

nomi 17 asr boshidanoq (1601 yildan) Amir Temurga bag‘ishlangan dramatik asarlarda eslatiladi. 

Bevosita Ulug‘bekka bag‘ishlangan Yevropadagi birinchi nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) 

qalamiga  oid.  Uning  1648  y.  nashr  etilgan  asarida  Ulug‘bek  yulduzlar  jadvalining  bir  qismi  (98  ta 

yulduz)  ilova  qilingan.  1665  yil  yana  bir  ingliz  olimi  Tomas  Xayd  (1636-1703)  Grivs  bilan 

bog‘lanmagan holda "Zij"dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotincha tarjimasini nashr etgan. 

1690  yil  Gdanskda  polyak  astronomi  Yan  Geveliy  chop  ettirgan  "Yulduzlar  osmonining  atlasi"dagi 

ikkita gravyurada o‘sha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulug‘bekka faxrli o‘rin bergan, unda 

Ulug‘bekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Richchioli, Vilgelm IV va o‘zining jadvallari 

bilan solishtirgan. 1711 yil Oksfordda Ulug‘bekning geografik jadvali 3 marta nashr etilgan. 1807 yil 

o‘sha yerda bu jadval yangi grek tilida ham nashr etilgan. 1725 yil ingliz astronomi D.Flemetid (1646-

1719)  1767  yil  ingliz  G.Sharp  Ulug‘bek  yulduzlar  jadvalining  T.Xayd  nashrini  kayta  nashr  qilgan. 

1843  yil  ingliz  F.Beyli  (1774-1844)  shu  nashrni  yanada  takomillashtirib,  3  nashrni  amalga  oshirgan. 

Fransuz sharqshunosi L.A.Sediyo (1808-1876) 1839 yil Ulug‘bek "Zij"idagi astronomik jadvallarning 

bir qismini nashr etgan. 1917 yil amerikalik olim E.B.Nobel Ulug‘bek "Zij" idagi yulduzlar jadvalini 

27 qo‘lyozma asosida tanqidiy matnini, 1927 yil K.Shoy "Zij"ning trigonometrik jadvalini nashr etgan. 

Ulug‘bek "Zij"i Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega bo‘ldi. 18 asrning birinchi 

yarmida Peterburg akademiyasida Ulug‘bek "Zij"i maxsus muhokamada bo‘lgan va olimlar J.N.Delil 

(1688-1768), G.Ya.Ker uni tarjimasiga kirishganlar lekin ish oxiriga yetkazilmagan. 

1908-1909  yillar  V.L.Vyatkin  Ulug‘bek  rasadxonasining  xarobalarini  va  uning  asosiy  asbobi  — 

kvadratini kavlab topgandan so‘ng, Samarkand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqish boshlanadi. 

Natijada 1918 yil V.V.Bartoldning "Ulug‘bek va uning davri" asari nashr etilgan. 

Sovet davrida Ulug‘bekning hayoti va ijodi bilan mamlakat jamoatchiligini tanishtirish bo‘yicha Qori 

Niyoziy ko‘p sa'y-harakat qilgan. Ulug‘bek ijodini targ‘ib qilishda G‘.Jalolov va V.P.Shcheglovlarning 

nashrlari  ham  diqqatga  sazovordir.  20  asrning  80-yillari  boshiga  kelib  Ulug‘bek  "Zij"ining  to‘liq  va 

mukammal  holda,  ilmiy  izoxlar  bilan  ta'minlangan  tarjimasini  A.Axmedov  1994  yil  amalga  oshirib, 

nashr ettirdi. 

Yaqin yillargacha Ulug‘bek faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin 20 asr oxirida uning 

ijodi serqirra bo‘lib, u tarix, she'riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi. 

Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy" asarida "Mirzo Ulug‘bek tarixnavis donishmand 

va "To‘rt ulus" tarixini ham yozib qoldirgan edi", deb yozgan. Ulug‘bekning  turkiyda yozgan "Tarixi 

arba'  ulus"  ("To‘rt  ulus  tarixi")  asari  Chingizxon  bosib  olgan  mamlakatlarning  13-14  asrlar  birinchi 

yarmidagi siyosiy hayotini o‘rganishda muhim manbadir. 

Mashhad binolarining birida Ulug‘bek qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:  

Harchand mulki husn ba zari nigin tust sho‘xi makun ki chashmi bidon dar kamintust. 

Ma'nosi:  Harchand  husn  mulki  sening  hukmingda  bo‘lsa  ham,  sho‘xlik  qilmagilki  sen  uning  nazari 

ostidasen. 

Navoiyning  "Majolis  un-nafois"  va  Abu  Tohirxojaning  "Samariya"  asarlarida  ham  uning  she'rlaridan 

namunalar  keltirilgan.  Uning  davrida  ko‘pgina  asarlar  arab  va  fors  tilidan  eski  o‘zbek  tiliga  tarjima 

qilingan.  Ulug‘bek  tashkil  etgan  boy  kutubxonada  turli  fanlarga  oid  15  mingdan  ortiq  jildli  kitob 

bo‘lgan. 

Alisher Navoiy "Xamsa" asarida UUlug‘bekni ulug‘lab shunday yozgan edi:  


Download 351,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish