Ulug‘bek merosini o‘rganish. Fan va madaniyat tarixida so‘nmas iz qoldirgan Ulug‘bekning ilmiy
merosi uning "Zij"idir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va
unda qo‘llanilgan matematik usullari bo‘yicha o‘rta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali
bo‘lganligi uchun avvalambor, u musulmon mamlakatlaridagi olimlarning diqqatini jalb qilgan.
"Zij"ga ilk sharhni Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi "Sharhi Ziji Ulug‘bek" nomi bilan yozgan.
O‘sha 15 asrning o‘zida qohiralik munajjim Shamsiddin Muhammad as-Sufiy al-Misriy "Tashil Ziji
Ulug‘bek" ("Ulug‘bek "Zij"ini osonlashtirish") nomli asar yozib, unda Ulug‘bek jadvallarini
Qohiraning geografik kengligiga moslashtirdi. Al-Misriy o‘zining "Taqvim al-qavoqib as-sab'a"
("Yetti sayyoraning taqvimlari") va "Jodavil al-mahlul assani ala-usul Ulug‘bek" ("Ulug‘bek usuliga
ko‘ra ikkinchi yechimlar jadvali") nomli yana ikkinchi asarida Ulug‘bek "Zij"iga murojaat qiladi.
Suriyalik olim Zayniddin al-Javhariy as-Solihiy (15-a.) "Ad-Durr annozil fi tashil attaqvim"
("Taqvimni soddalashtirishda nozil bo‘lgan durlar") nomli asarida Ulug‘bek "Zij" ini qayta ishlagan.
"Zij"iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining eng so‘nggi namoyandasi
Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525 yil eramizdan avvalgi) 1523
yil yozib tugatilgan "Sharhi Ziji Ulug‘bek" asaridir. Birjandiy o‘z "Sharh"ida mufassal va aniq
raqamlar bilan bayon qilib, "Zij"ning sirlarini ochadi. Ulug‘bekning ko‘plab jumlalarini u chizmalar
bilan tushuntirib isbotlagan.
Samarqandlik ikki buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy
(1525 yil eramizdan avvalgi) "Zij"ga sharh yozib, uni "Dastur alamal va tashih al-jadval" ("Amallar
dasturi va jadvallarning tuzatilishi") deb atagan.
Eronlik olim G‘iyosiddin Mansur al-Husayniy ash-Shiroziy (1542 yil eramizdan avvalgi) "Zij"ga
"Risola dar ta'niq Ziji Ulug‘bek" ("Ulug‘bek "Zij"ini aniqlashtirish haqida risola") nomli sharh yozgan.
16 asrning ikkinchi yarmi va 17-18 asrlardagi qator musulmon olimlari "Zij"ga sharhlar yozdilar va
uni qayta ishlab o‘z zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ash-
Shomiy (1526-1585), Mazhariddin al-Qoriy (16 asr), misrlik Abdulqodir al-Manufiy ash-Shofiy (16
asr), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589 yil eramizdan avvalgi), Muhammad Boqir al-Yazdiy (1637
yil eramizdan avvalgi), hind Farididdin Dehlaviy (1629 yil eramizdan avvalgi), turk Muhammad
Chalabiy (1640 yil eramizdan avvalgi), misrlik Rizvon ar-Razzoq al-Misriy (1710 yil eramizdan
avvalgi), dog‘istonlik Damodon al-Muhiy (1718 yil eramizdan avvalgi) kabi olimlarning sharhlari
shular jumlasidandir.
Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida o‘rin tutadi. U
Hindistonning Boburiy sultoni Muxammadshohning (1719-1748) farmoni bilan Ulug‘bek
rasadxonasidagi jihozlarning ta'riflariga ko‘ra, Dexli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Mutrada
rasadxonalarini barpo qiladi. So‘ng u homiylik qilgan sultonga atab "Ziji Muhammadshohiy" asarini
yozgan va unda Ulug‘bekning ba'zi jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. Qori Niyoziy va
dushanbelik G.Sobirovlar Savay Jay Singhning asari bilan Ulug‘bek "Zij" orasidagi bog‘liqlikni o‘z
ishlarida ko‘rsatganlar.
Ulug‘bekning nomi Yevropada va umuman G‘arb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning
shuhrati tufayli ancha ilgari ma'lum bo‘lgan. Yevropa Amir Temur va uning oila a'zolari haqida
birinchi bo‘lib Samarqandga 1403-1405 yillar sayohat qilgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de
Klavixodan eshitgan. Klavixoning "Kundaliklar"i 1582 yil Sevilyada va 1607 yil Parijda nashr
etilganidan so‘ng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila a'zolari bilan qiziqqanlar. Ulug‘bek
nomi 17 asr boshidanoq (1601 yildan) Amir Temurga bag‘ishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.
Bevosita Ulug‘bekka bag‘ishlangan Yevropadagi birinchi nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52)
qalamiga oid. Uning 1648 y. nashr etilgan asarida Ulug‘bek yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta
yulduz) ilova qilingan. 1665 yil yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636-1703) Grivs bilan
bog‘lanmagan holda "Zij"dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotincha tarjimasini nashr etgan.
1690 yil Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy chop ettirgan "Yulduzlar osmonining atlasi"dagi
ikkita gravyurada o‘sha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulug‘bekka faxrli o‘rin bergan, unda
Ulug‘bekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Richchioli, Vilgelm IV va o‘zining jadvallari
bilan solishtirgan. 1711 yil Oksfordda Ulug‘bekning geografik jadvali 3 marta nashr etilgan. 1807 yil
o‘sha yerda bu jadval yangi grek tilida ham nashr etilgan. 1725 yil ingliz astronomi D.Flemetid (1646-
1719) 1767 yil ingliz G.Sharp Ulug‘bek yulduzlar jadvalining T.Xayd nashrini kayta nashr qilgan.
1843 yil ingliz F.Beyli (1774-1844) shu nashrni yanada takomillashtirib, 3 nashrni amalga oshirgan.
Fransuz sharqshunosi L.A.Sediyo (1808-1876) 1839 yil Ulug‘bek "Zij"idagi astronomik jadvallarning
bir qismini nashr etgan. 1917 yil amerikalik olim E.B.Nobel Ulug‘bek "Zij" idagi yulduzlar jadvalini
27 qo‘lyozma asosida tanqidiy matnini, 1927 yil K.Shoy "Zij"ning trigonometrik jadvalini nashr etgan.
Ulug‘bek "Zij"i Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega bo‘ldi. 18 asrning birinchi
yarmida Peterburg akademiyasida Ulug‘bek "Zij"i maxsus muhokamada bo‘lgan va olimlar J.N.Delil
(1688-1768), G.Ya.Ker uni tarjimasiga kirishganlar lekin ish oxiriga yetkazilmagan.
1908-1909 yillar V.L.Vyatkin Ulug‘bek rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi —
kvadratini kavlab topgandan so‘ng, Samarkand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqish boshlanadi.
Natijada 1918 yil V.V.Bartoldning "Ulug‘bek va uning davri" asari nashr etilgan.
Sovet davrida Ulug‘bekning hayoti va ijodi bilan mamlakat jamoatchiligini tanishtirish bo‘yicha Qori
Niyoziy ko‘p sa'y-harakat qilgan. Ulug‘bek ijodini targ‘ib qilishda G‘.Jalolov va V.P.Shcheglovlarning
nashrlari ham diqqatga sazovordir. 20 asrning 80-yillari boshiga kelib Ulug‘bek "Zij"ining to‘liq va
mukammal holda, ilmiy izoxlar bilan ta'minlangan tarjimasini A.Axmedov 1994 yil amalga oshirib,
nashr ettirdi.
Yaqin yillargacha Ulug‘bek faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin 20 asr oxirida uning
ijodi serqirra bo‘lib, u tarix, she'riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.
Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy" asarida "Mirzo Ulug‘bek tarixnavis donishmand
va "To‘rt ulus" tarixini ham yozib qoldirgan edi", deb yozgan. Ulug‘bekning turkiyda yozgan "Tarixi
arba' ulus" ("To‘rt ulus tarixi") asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13-14 asrlar birinchi
yarmidagi siyosiy hayotini o‘rganishda muhim manbadir.
Mashhad binolarining birida Ulug‘bek qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:
Harchand mulki husn ba zari nigin tust sho‘xi makun ki chashmi bidon dar kamintust.
Ma'nosi: Harchand husn mulki sening hukmingda bo‘lsa ham, sho‘xlik qilmagilki sen uning nazari
ostidasen.
Navoiyning "Majolis un-nafois" va Abu Tohirxojaning "Samariya" asarlarida ham uning she'rlaridan
namunalar keltirilgan. Uning davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga tarjima
qilingan. Ulug‘bek tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob
bo‘lgan.
Alisher Navoiy "Xamsa" asarida UUlug‘bekni ulug‘lab shunday yozgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |