Abu Ali ibn Sino (to’liq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) O’rta Osiyo Tojik[2][3] olimi, faylasufi. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. G’arbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo’lib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga ko’chib, Hurmaysan qishlog’iga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlog’ida Sitora ismli qizga uylanib ikki o’g’il farzand ko’radi. O’g’illarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Bu-xoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qurʼ-on va adab darslarini to’la o’zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shug’ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur bo’lgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qo’lida olim mantiq, handasa va falakiyotni o’rgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham o’zib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini ko’rgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan so’ng ota o’g’ilga ilm o’rganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini o’zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o’qidi, xususan, tabobatni sevib o’rgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
I. S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh alQumriyning xizmati katta bo’ldi. I. S. undan tabobat darenii olib, bu ilmning ko’p sirlarini o’rgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan bo’lib, 999 y. da vafot etdi.
I. S. 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. O’sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo’lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrug’i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog’ayib, oyoqqa turadi. Evaziga I. S. saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Somoniylarning kutubxonasi o’sha davrda butun O’rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg’ul bo’lib, o’z davrining eng o’qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab o’rta asr falsafasini musta-qil o’rganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qo’liga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni o’qib chiqibgina I. S. metafizikani o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Shunday qilib, I. S. zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, o’z qo’shnisi va do’sti Abu-lhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, ko’p fanlarni o’z ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir do’sti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga kura, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi.
Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag’darganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va og’ir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul g’alabasi bilan tugadi. Bundam vaziyatda Buxoroda ortiq qolib bo’lmas edi. Shu bois I. S. o’z yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-a. boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch bo’lib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o’lka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilmfanga eʼtiborli hukmdorlar bo’lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining ko’pgina taniqli olimlari to’plandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034 y. v. e.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saql Ma-sihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005 y. I. S. ham kelib qo’shildi. Xorazmda I. S, asosan, mat. va astronomiya bilan shug’ullandi. Bu soqalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyokarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan bo’lgan ilmiy muloqotlar katta ahami-yat kasb etdi. I. S. ning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va o’zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. I. S. Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi bo’lganidan, I. S. u bilan do’stlashadi va unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa cho’zilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan G’azna qukmdori sulton Mahmud G’aznaviy bu o’lkaga ko’z ti-kadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini G’aznaga jo’natib yuborishni so’rab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abu-l-Hammor G’aznaga ketadilar. I. S esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 y. larda yashirincha Xo-razmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzokda hayot kechirishga majbur bo’ladi. Masihiy bilan I. S Jurjonga — Masihiyning vataniga yo’l oldilar. Lekin yo’ldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob bo’lib, vafot etadi.
FOROBIY
(taxallusi; to'liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy) (873—950)
O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun "al-Muallim as-soniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O'tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Bo'lajak faylasuf boshlang'ich bilimini O'trorda olgandan so'ng, o'qishini Binkat, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga yo'l oldi. Olim yo'1-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ldi. Bag'dodda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko'zga ko'ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o'rgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunus (870—940)dan yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylon (860—920)dan esa tibbiyot vamantiq ilmini o'rgandi. Ba'zi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.
Olim 941-yildan Damashqda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shug'ullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Sayf ad-davla Abulhasan Ali (hukmronlik yillari 943—967) il-tifoti va hurmatiga sazovor bo'ladi. Chunki u olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni o'z saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni ma'qul ko'radi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti ser-mahsul bo'ldi, bu yerda o'zining ko'plab asarlarini yozdi. Forobiy 949—950-yillar Misrda, so'ngra Damashqda yashadi va umrining oxirgi kunlarini shu yerda o'tkazdi. U Damashqdagi "Bob as-sag'ir" qabristoniga dafn etilgan.
Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining o'ziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi.
Forobiyning asosiy asarlari: "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to'g'risida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq bo'limining bir qismi", "Ta'liqot" (sharhlar), "Inson a'zolari haqida risola", "Bo'shliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi", "Hayvon a'zolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq to'g'risidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ilmlar hisobi", "Hikmat ma'nolari", "Aql to'g'risida", "Ilmlar va san'atlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida so'z", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "She'r va qofiyalar haqida so'z", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida so'z", "Musiqa haqida so'z", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi to'g'risida" va boshqalar. Forobiy asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada "Falsafiy risolalar", "Mantiqiy risolalar", "Matematik risolalar", "Ijtimoiy-axloqiy risolalar", "Tadqiqotlar va tarjimalar" nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.
Forobiyning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g'oyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy g'oyalarining targ'ibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. Forobiyning, shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham sharhlar yozganligi ma'lum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor bo'lgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan.
Forobiy o'rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Ilmlarning tasnifi haqida" nomli risolalarida o'sha davrda ma'lum bo'lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos bo'lgan tabiiy jarayonlarni o'rganuvchi ilm sohalarini birinchi o'ringa qo'ydi.
Forobiy ilmlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o'rganishga qaratilgan. Forobiyga ko'ra, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni o'rganish va tasdiqlashdan, uni yolg'ondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt o'rganish asosida to'planib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarning baxt-saodatga erishishiga qaratilgandir.
Forobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar o'z vazifasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, matematika, tabiat-shunoslik va metafizika ilmlari inson aql-zakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, she'riyat va mantiq esa fanlardan to'g'ri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga to'g'ri tushuntirish, ya'ni aqliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va pedagogikaga oid bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini o'rgatadi. Xullas, Forobiyning ilmlar tasnifi to'g'risidagi ma'lumoti o'rta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun qo'llanma vazifasini o'tadi.
Forobiy borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin ta'limotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo bo'lishi mumkin bo'lgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. Forobiy Allohga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb ta'rif beradi. Alloh birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muhtoj emas. U yaratadi, lekin boshqa narsalar tomonidan yaratilmaydi. "Vujudi mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud bo'lgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi.
Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi.
Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
Bobur otasi yo‘lidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qo‘yadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu e’tiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, «Boburnoma» asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng og‘ir sharoitlarda rahnamolik qilganligini ta’kidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun).
Movarounnahr 15-asr oxirida o‘zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil bo‘lib olgan ko‘pdan-ko‘p viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) buysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, tog‘alariga qo‘shilib, uni jismonan yo‘qotish payiga tushadi. O‘z amakisi va tog‘asi bo‘lmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3 yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan o‘zaro munosabatni yaxshilash, qo‘shinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom o‘rnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494 yil iyul) dan keyin taxtga o‘tirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5—6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi. Uning o‘rniga Buxoroda hokim bo‘lgan o‘g‘li Boysung‘ur o‘tiradi. 1495—96 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497 yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan so‘ng Samarqandni egallaydi, Boysung‘ur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qo‘shinni ta’minlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz o‘girib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga o‘tadilar. Andijondan ko‘ngli notinch bo‘lgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda og‘ir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan so‘ng, uni tark etishga qaror kiladi. Ammo Xo‘jandga yetganda Andijon ham qo‘ldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga o‘tganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, tog‘asi Mahmudxon ko‘magida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi,
Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qo‘shiniga salbiy ta’sir etib, ko‘pchilik bek, navkarlar (700—800 kishi) Boburni tark etadi. O‘ziga sodiq kishilar (200—300) bilan qolgan Bobur ma’lum muddat Xo‘jandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Ma’lum muddat o‘tgach, Bobur Xo‘jandga qaytadi, ko‘p o‘tmay, Marg‘ilonni qo‘lga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini ko‘radi. Nihoyat, 2 yildan so‘ng (1498 yil iyun) uni qayta qo‘lga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida «Xo‘jand suvining Axsi tarafi viloyatlarini...» qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini o‘z tasarrufiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |