d. Auskultatsiya
(1)
Ekssudat o‘rnida nafas shovqinlari susaygan, agar suyuqlik ko‘p bo‘lsa mutlaqo
eshitilmaydi.
(2)
Ekssudat chegarasidan yuqori siqilgan o‘pka o‘rniga bronx nafas eshitiladi.
(3)
Sog‘lom tomonda siljigan ko‘ks a‘zolari sohasida nafas shovqinlari eshitilmaydi.
e. Rentgent
tekshirishlari (7-rasm) o‘pkaning quyi sohalarida ustki chegarasi qiyshiq joylashgan va
ko‘ks oralig‘ining Sog‘lom tomonda siljishi bilan kuzatiladigan katta qora dog‘ni aniqlaydi; bemor
holatini o‘zgarishi soya konfiguratsiyasini o‘zgartiradi. Kichik hajmda (300 ml dan kam)
suyuqlikda rentgenogramma patologiyani aniqlay olmasligi mumkin.
j. Ultratovush
(UT) tekshiruvi suyuqlik joylanishini aniq ko‘rsatadi.
z. Qonda
deyarli ko‘p bo‘lmagan leykotsitoz, ba‘zida eozinofiliya, ECHT oshishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |