2.Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar Umumiy gigiyena va tibbiy ekologiya fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-davolash soxasidagi vrachning turli kasalliklarni oldini olishdagi vazifalarini;
-atrof muhit bilan odam organizmi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni, atrof muhit omillarining organizmga ta’sir etish xususiyatlarini, ijtimoiy-gigienik omillarni, patologiyalarning eng muhim shakllarini yuzaga kelishidagi atrof muhit omillarining tutgan o’rnini;
-inson ekologiyasining tibbiyotga doir zamonaviy tomonlarini;
-eng ko’p tarqalgan kasalliklar shakllarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikalarining asoslarini, hamda sog’lom turmush tarzining asoslarini;
-odam organizmiga turli xildagi ijtimoiy-gigienik omillarning (ovqatlanish, mehnat, turmush, o’qish va tarbiyalash sharoitlari, harbiy xizmat vazifasini o’tashdagi sharoitlar va b.k.) ta’siri bilan bog’liq holda ularning umumiy gigienik ta’riflari va sog’lomlashtirish tadbirlarining asoslarini;
-davolash-profilaktika muassasalariga bo’lgan gigienik talablarni bilishi kerak;
-atrof muhitdagi eng muhim omillarni tekshirish, olingan natijalarni baholay olishi va atrof muhitni muvofiqlashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni tavsiya qilish;
-turli xildagi kasalliklarning kelib chiqishidagi xavfli gigienik omillarni aniqlash va kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi profilaktikasi bo’yicha tavsiyalar berish;
-bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholay olishi;
-davolash-profilaktika muassasalarida davolovchi-himoyalovchi va sanitar-epidemiologik tartiblarni to’g’ri tashkil etishi, hamda tibbiy xodimlarning salomatligini saqlashni ta’minlaydigan mehnat sharoitlarini tashkil qilish;
-atrof muhit omillarini baholash bo’yicha vizual, instrumental, hisoblash va laboratoriya tekshirishlarini bajara olishi
-atrof muhit omillarining odam organizmiga ta’sirini baholash uchun ayrim fiziologik tekshirishlarni o’tkaza olishi
Talabalar eng muhim instrumental va laborator tekshirish usullaridan foydalanish bo’yicha ish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak -atrof muhit omillarini gigienik nuqtai-nazardan baholash;
-kasalliklarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikalarini amalga oshirish maqsadida yashash sharoitlarini sog’lomlashtirish bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
-aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha tashkiliy ishlarni o’tkaza olish malakalariga ega bo’lishi kerak.