Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

4.
 
Infuzion terapiya 5% li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi 
yuborishni o’z ichiga oladi. 
5.
 
Mikrob florasi aktivligini pasaytirish uchun gepatotoksik bo’lgan 
tetratsiklin qatoridagi preparatlardan tashqari, ta’sir spektri keng antibiotiklar 
tayinlanadi. 
6.
 
Simptomatik va kardial terapiya. O’tkir xoletsistopankreatitda dori- 
darmonlar bilan davolash kompleksi o’tkir pankreatitni davolash uchun 
qo’llaniladigan preparatlarni ham o’z ichiga olishi kerak. 
Ko’pchilik bemorlarda o’tkir xoletsistit xuruji to’xtashi mumkin. Xuruj 
to’xtagandan keyin bemorni o’t pufagida toshlar bor-yo’qligiga tekshirish 
zarur. Agar o’tkir xoletsistitni 12-24 soat davolash zarninida bemorning 
ahvoli yaxshilanmasa, qorinda og’riq saqlanib qolsa yoki kuchaysa, qorin 
oldingi devori mushaklarining tarangligi kuchayadi, puls tezlashadi, 
leykotsitoz oshadi, shoshilinch xirurgik operatsiya o’tkazish talab etiladi. 
MEXANIK SARIQLIK 
Teri va shilliq pardalar, skleralarning to’qimalarida ortiqcha bilirubin 
yig’ilishi natijasida ularni sarg’imtir bo’yalishi sariqlik deyiladi. Bunda qonda 
bilirubin miqdori oshgan bo’ladi. Sariqlik ichki a’zolarning qator 
kasalliklariga xos klinik sindrom hisoblanadi. Bilirubin darajasining oshish 
sababiga ko’ra sariqlikning uchta asosiy turi farq qilinadi. 
Gemolitik (jigar usti) sariqlik - eritrotsitlar parchalanishi va bilvosita 
bilirubin ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo’ladi. Bu hodisalar 
retikuloendotelial sistema xujayralarining funktsiyasi oshib ketganda 
birlamchi va ikkilamchi gipersplenizmda vujudga keladi. 
Parenximatoz (jigarga oid) sariqlik gepatotsitlar shikastga uchrab, 
ularning qondagi ozod bilirubinni bog’lash va uni bilirubin glyukuronidga 
(bevosita bilirubin) o’zgartirish kobiliyati pasayganda ro’y beradi. Virusli 
gepatit, leptospiroz, jigar tsirrozi, ayrim zaharlanishlar parenximatoz 
sariqlikning eng ko’p uchraydigan sabablaridan hisoblanadi. 


Mexanik (obturatsion) sariqlik o’t chiqaruvchi yo’llar qisman yoki to’liq 
tutilib qolib, o’t suyuqligining ichakka oqishi buzilishi natijasida rivojlanadi. 
Mexanik sariqlik aksariyat hollarda, xoledoxolitiaz, katta duodenal surg’ich 
strikturasi, me’da osti bezi boshchasi va o’t chiquvchi yo’llardagi o’smalarga 
bog’liq bo’ladi. 
Mexanik sariqlikda teri qoplarni sarg’imtir-yashil bo’ladi, o’t yo’llarini 
bekitib qo’yadigan o’smalarda esa ersimon rangda bo’ladi. O’t-tosh 
kasalligiga bog’liq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar 
sanchig’iga o’xshash o’ziga xos xurujsimon og’riqlar paydo bo’ladi, ba’zan 
sariqlik o’tkir xoletsistit zarninida vujudga keladi. Pankreatoduodenal soha 
o’smalarida sariqlik og’riq sezgilarisiz paydo bo’ladi. Teri qichimasi, ayniqsa 
bilirubin darajasi baland bo’lganda kuchli bo’ladi. Pankreatoduodenal 
sohasida o’smalari bo’lgan bemorlarning yarmida Kurvuaze simptomining 
musbatligi aniqlanadi. Axlat oqchil rangli, o’t yo’llari butunlay yopilsa axolik 
bo’ladi. Siydik to’q rangli. Bevosita va bilvosita bilirubin kontsentratsiyasi, 
ayniqsa pankreatoduodenal sohaning obturatsion o’smalarida keskin oshgan 
bo’ladi. 
Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni 
qo’zg’atgan kasallik xarakteriga bog’liq. Bu hol sariqlik turlarini differentsial 
diagnostika qilishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Sariqlikni 
diagnostika qilishning yuqorida ko’rsatib o’tilgan klinik va laboratoriya 
usullaridan tashqari, sariqlikning har xil turlarini differentsial diagnostikasi 
uchun zarur va qimmatli axborot olishga imkon beradigan rentgenologik, 
endoskopik, radiologik, ultratovush bilan tekshirish usullariga katta o’rin 
beriladi. 
Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o’zgarishlar va 
organizmning bir qator umumiy og’ir buzilishlari bilan o’tadi, bemorlar 
holatining og’irligi sariqlik darajasi va davomiyligiga proportsional ravishda 
ortadi, bu qator yangi patologik holatlar paydo bo’lishiga olib keladi, shu 
sababli davolash natijasi yomonlashadi va o’lim darajasi ko’payadi. Jigar 
funktsional holatining dekompensatsiyasi nisbatan tez o’tkir jigar 
etishmovchiligi avj olishiga olib keladi. I.M. Matyashin ma’lumotlariga 
binoan o’t yo’llari obturatsiyasidan 10-14 kun o’tgach jigar funktsiyasi shu 
qadar buziladiki, xirurgik operatsiya qilish g’oyat xatarli bo’lib qoladi va 
yuqori o’lim darajasi bilan o’tadi. 
Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari 
va turlari, profilaktika qilish yo’llari va operatsiyadan keyin jigar 
etishmovchiligini davolash muhim masala hisoblanadi (102-rasm). Operatsiya 
o’t pufagi gipertenziyasini davolashning eng effektli chorasi hisoblanadi 


Biroq narkoz, operatsion jarohat jigar etishmovchiligi rivojlanishi va klinik 
ifodalangan formaga o’tishi sababli bemorlarning ahvolini qiyinlashtiradi. 
Ko’rsatib o’tilgan jihatlar xirurglarni mexanik sariqlik bilan og’rigan 
bemorlarda radikal operatsiyalarni 2 bosqichda o’tqazish kerak degan fikrga 
olib keladi: birinchi bosqichda jigar funktsional holatini va bemorlarning 
umumiy ahvolini yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida radikal operatsiya 
qilish taklif etiladi. Hozirgi vaqtda laparoskopik xoletsistostomiya, o’t 
yo’llarini nazobiliar drenajlash, endoskopik transduodenal papillotomiya kabi 
ehtiyot qiladigan usullar qo’llaniladi. Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya 
sariqlik, xolangit hodisalarini kamaytirish yoki tugatish, antibiotiklarni 
tanlash va maxalliy antibakterial davolash uchun o’tni ekish, xavfli o’smalarni 
ximiyaviy preparatlar bilan davolash imkonini beradi. Undan operatsiyani 
ko’tara olmaydigan bemorlarda o’t chiqaruvchi yo’llarni tashqi yoki ichki 
drenajlashning doimiy usuli sifatida foydalanilishi mumkin (103-rasm). 



Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish