Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

3.
 
Me’da osti bezi to’qimasida qon aylanishining buzilishi (tromboz, 
emboliya, qon tomirlar bog’lanishi va b.); 
4.
 
Ekzogen intoksikatsiya; 
5.
 
Allergik reaktsiya; 
6.
 
Alimentar buzilishlar; 
Me’da osti bezi gipersekretsiyasiga spirtli ichimliklarni (alkogol) 
me’yorsiz ichish va me’yordan ortiq yog’li ovqatlar iste’mol qilish kiradi. 
Me’da osti bezi shirasining o’z yo’li bo’yicha oqishini qiyinlashishiga 
sabab bo’luvchi omillarga me’da osti bezi yo’lining chiqish qismida 
joylashgan patologik jarayonlar: Oddi sfinkteriga o’t toshining tiqilib qolishi, 
kata duodenal so’rg’ich strikturasi yoki stenozi, o’n ikki barmoqli ichak 
shilliq qavatining shu sohada shishishi kiradi. 
Patogenezi. 
O’tkir pankreatit rivojlanishida me’da osti bezi 
ishlanishining neyrogen yoki gumoral rag’batlantirilishi asosiy omil 
hisoblanadi (ko’p ovqat eyish, spirtli ichimliklar ichish, sekretin bilan 
diagnostik rag’batlantirish). 


O’tkir pankreatitli bemorlarning taxminan 2/3 qismi xolelitiaz bilan 
bog’liq bo’ladi. Biroq patogenetik mexanizmi unchalik aniq emas, o’t pufagi 
va me’da osti bezi limfatik kollektorlar bilan aloqasi muhim rol o’ynasa 
kerak. 
Normada me’da osti bezi fermentlari, avvalo proteazalarning 
aktivlanishi, odatda o’n ikki barmoqli ichak bo’shlig’ida sodir bo’ladi. O’tkir 
autolitik pankreatitda esa bu fermentlarning aktivlashishi bezning o’zida 
namoyon bo’ladi. Biroq, o’tkir pankreatitda bez to’qimasining o’z-o’zini 
hazm qilishi uchun fermentlarning qaysi biri ko’proq zarurligi, hanuzgacha 
to’liq aniqlanmagan. Tripsin proenzimlar, ximotripsin, elastaza, kollagenaza 
va fosfolipaza me’da osti bezining ko’p qismi aktivatori hisoblanadi. 
Fosfolipaza, fosfolipidlar va xujayra membranalaridan kuchli tsitotoksik 
ta’sirga ega bo’lgan lizoletsitin va lizokefalinni ozod qiladi. Aktiv proteazalar 
kininogenlarga ta’sir qilib polipeptidlar va kininlar ajratadi. Kininlar og’riqqa 
va kuchli vazodilatatsiyaga sabab bo’lib, bu og’ir gipovolemik karaxtlikka 
olib keladi. 
Aktiv lipazalar xujayra yog’larini glitserin va yog’ kislotalarga 
parchalab, to’qimalarda og’ir distrofik o’zgarishlar avj olishiga olib keladi, 
bez to’qimasining o’zida bezni o’rab turgan kletchatkada, ingichka va yo’g’on 
ichak tutqichida, katta va kichik charvida va boshqa a’zolarda yog’li 
nekrozlar (steatonekrozlar) hosil bo’lishiga imkon beradi. Tripsin va kininlar 


shuningdek kapillyarlar o’tkazuvchanligini keskin oshiradi, staz, kapillyarlar 
bo’ylab perfuziyani to’xtatadigan «mikrotsirkulyator blok», ishemiya, 
gipoksiya, atsidoz, gemokoagulyatsiya buzilishini keltirib chiqaradi. Mahalliy 
jarayon butun a’zolarga tez ta’sir ko’rsatadi. Limfa va qonga ko’p miqdorda 
toksogen polipeptidlar, lipidlar va ferment autolizining boshqa mahsulotlari, 
pankreatik fermentlar, biogen arninlar tushib, toksemiya rivojlanishiga olib 
keladi, bu qonning plazma va trombin sistemalaridagi o’zgarishlar, markaziy 
va periferik gemodinarnikaning buzilishi, parenximatoz a’zolardagi 
funktsional etishmovchilik va toksik asoratlar bilan birga kechadi. 
Binobarin, o’tkir pankreatit patogenezida o’zaro bog’langan patobio- 
kimyoviy va morfofunktsional 4 ta jarayon: 1) lipoliz, 2) proteoliz, 3) qon va 
limfadagi 
mikrotsirkulyatsiya 
buzilishlari 
ifodalangan 
demarkatsion 
yallig’lanish, 4) pankretogen toksemiya asosiy aharniyatga ega. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish