Abu Abdulloh al-Xorazmiy hayoti va ilmiy faoliyati



Download 37,7 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2022
Hajmi37,7 Kb.
#674068
  1   2
Bog'liq
Nilush ruqiya


Abu Abdulloh al-Xorazmiy hayoti va ilmiy faoliyati Jumaboyeva Nilufar Soyibjon qizi +998991641709 madinaboriqulova11gmail.@com Usmonova Maxfirat Murodullo qizi +998976902797 Xolmuminova Ruqiya Eshmamat qizi +998902487535 Anotatsiya: ushbu maqolada Abu Abdulloh al- Xorazmiy hayoti ,ijodi ,asarlari ,ilmiy faoliyati haqida fikr yuritiladi ,shuningdek, mustaqillik davridan keyin ilmiy merosiga qanday e’tibor berilayotganligi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Kirish so’zlar: «Al-kitob al-Xorazmiy» Yoqub ibn Is’hoq al-Kindiy , «Mafotih alulum» («Ilmlar kalitlari»),K. Bosvort , , I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xayrullayev, U. I. Karimov, G. P. Matviyevskaya, H. Hasanov, A. Sharipovlar Milodning IX—XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. O’sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy bo’lgan.Bu olim haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam. Olimning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va qiyot shaharlarida o’tgan. Bu shaharlarda u voyaga yetgan, yashagan, ta’lim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan alUtbiy huzurida kotib bo’lib xizmat qilgan davrida cho’qqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. Uz xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko’pgina allomalar bilan hamsuhbat bo’lgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo’lga kiritgan. Abu Abdulloh alXorazmiy 997 yidda vafot etgan.
Olimning dunyoqarashi o’sha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Is’hoq al-Kindiy, Abu Nasr alForobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta’siri ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko’pchilik asarlari singari o’sha davrning ilm tili — arab tilida bitilgan, yagona ma’lum asari — «Mafotih alulum» («Ilmlar kalitlari»)dir. «Mafotih al-ulum»ning qo’lyozma nusxalari juda ko’p emas. Yaqin-yaqingacha uning to’rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to’rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amriqolik olim K. Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari O’rta asarlardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida ko’pgina olimlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etdi. Birinchi bo’lib bu manbani o’rgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim — gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xayrullayev, U. I. Karimov, G. P. Matviyevskaya, H. Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq qilganlar.
«Mafotih al-ulum» o’ziga xos qomusiy asar bo’lib, o’sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o’z ichiga qamrab olgan. Mual-lif O’rta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yo’li orqali tushuntirib beradi.
Olim ilmlarni ikkiga bo’lib, ularga «arab — shar’iy» va «arab bo’lmagan»larga ajratadi Bu hol olim o’z davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki qismga bo’lish an’anasiga sodiq qolganligini ko’rsatadi.
Uning birinchi an’anaviy «arab» ilmlari qismi o’n bir bobdan iborat fiqh, yetti bobdan iborat kalom, o’n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh bobdan iborat she’r va aruz hamda to’qqiz bobdan iborat tarixdan tashkil topgandir. Ikkinchi qismiga esa «arab bo’lmagan» quyidagi ilmlar kiritilgan: ular — uch bobdan iborat falsafa, to’qqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan iborat arifmetika, to’rt bobdan iborat handasa, shuningdek, to’rt bobdan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch bobdan iborat kimyodir.
Shunday qilib, asar ikki qismdan iborat bo’lib, unda o’n besh ilm to’qson uch bobda bayon etilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyidagicha: I. Shariat va u bilan bog’liq «arab» ilmlari:

  1. Fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi.

  2. Kalom, ya’ni din asoslari.

  3. Grammatika.

  4. Ish yurgizish.

  5. She’riyat va aruz.

  6. Tarix.

I. «Arab bo’lmagan» ilmlar (yunon va boshqa xalqlar):
1. Nazariy falsafa:

  1. tabiiy ilmlar — tibbiyot (tib, samoviy hodisalar — meteorologiya, mineralogiya, alkimiyo, mexanika) — quyi;

  2. riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa) — o’rtanchi;

v) ilohiy, ya’ni metafizika — oliy ilm;
g) mantiq.
2. Amaliy falsafa:

  1. axloq — etika (odamni boshqarish);

  2. uyshunoslik (uyni boshqarish);

v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).
«Mafotih al-ulum»da ilmlar tasnifi har bir fanning predmetini aniqlash hamda ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish bilan birgaliqda olib boriladi. Bu yerda, biz zikr etganimizdek, Abu Abdulloh al-Xorazmiy uz tasnifida o’sha davr an’anasi, ya’ni ilmlarni ikkiga bo’lishni qo’llab-quvvatlab, shar’iy va falsafiy ilmlarga ajratadi.an’anaviy «arab» ilmlari. shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom qonunshunosligining asosi bo’lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi qur’on, payg’ambar so’zlari, hikmatli gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmo’ — islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, ya’ni tahorat qilish, namoz o’qish, azon aytish, ro’za tutish, zakot to’lash ustida to’xtab o’tadi.
Ikkinchi bo’lim kalomda o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharkda mavjud bo’lgan ko’pgina mazhablar haqida ma’lumotlar berilgan. Xususan bu mazhablarning yettiga bo’lib bayon etilishi, ayniqsa, mu’taziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga grek-xristian mazhablari, islomgacha bo’lgan davrdagi Eron va Yamandagi diniy e’tiqodlar, Hindistonda tarqalgan ba’zi dualistik mazhablar va oqimlar hamda zardushtiylik bayon etiladi. Bu ma’lumotlar Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi xalqlarning dinlari tarixini o’rganishda g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari grammatika bo’limida bayon etilgan. Ayni paytda muallif arab she’riyati va uning tarkibiy qismlaridan bo’lgan aruz ustida ham mufassal to’xtalib o’tgan.
Ish yurgizish bo’limi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq yig’uvchilarning vazifalari, askarlar ro’yxati, ularning kiyim-kechagi va to’lanadigan maoshlari, irrigasiya shahobchacharida foydalaniladigan atamalar, kanal xillari, suv uskunalari, ikki daryo (Sirdaryo va Amudaryo.— R. B.) oralig’idagi sug’orish tizimlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib berishi bilan muhimdir.
Asarning tarix bo’limida afsonaviy podshohlardan boshlab, tartib bilan turli davr va mamlakatlar maliklari, Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi, islomgacha bo’lgan davrdagi Yaman tarixi, Rum va Yunon tarixi haqida mu.fassal ma’lumotlar keltirilgan. O’rta asrlarda odamlar jamoasini tabaqalarga bo’linishi ham shu bo’lim-da zikr etiladi.
An’anaviy bo’lmagan - «arab bo’lmagan» ilmlar. bu ilmlar qatorida birinchi bo’lib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar tasnifi masalasi yoritilgan.
Arastuning mantiqqa oid kitoblari sharhi Xorazmiy asarining mantiq bo’limida o’z aksini topali. Unda muallif Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi ushbu ilm haqidagi ma’lumotlar, oldinga surilgan ajoyib g’oyalardan foydalanib, ularni yanada boyitdi.
Asarning tabiiy ilmlarga oid bo’limlari O’rta asr Sharqida ilmiy yuksalish darajasini o’rganish nuktai nazaridan nihoyatda ma’lumotlarga boydir. Tibga oid bo’limda kasalliklar, sodda va murak kab dorilar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu bo’limda o’sha davr tabobatida ma’lum bo’lgan va keng tarqalgan mijoz hamda qon tomiri urushiga qarab kasallikni aniqlash to’g’risidagi nodir tavsiflar berilgan.
Kimyo bo’limida ham Xorazmiy O’rta asr Sharqidagi kimyoviy bilimlar haqida nihoyatda qimmatli ma’lumotlarni keltiradiki, ular Sharqda tabiiy fanlar rivojini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Riyoziyot bo’limida Urta asr Sharqidagi matematik ilmlar holati bayon etiladi. Al-Xorazmiy matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki obyektiv olamning ma’lum tomonlari, predmetlar munosabatlarining in’ikosi deb talqin etadi.
Masalan, muallif Forobiy g’oyalarini davom ettirib. arifmetikani ikkiga: nazariy va amaliyga ajratadi. U kub sonlar bilan bir qatorda shakliy sonlarni ko’rib chiqish bilan nazariy arifmetikaning ba’zi bir tomonlarini boyitdi. Handasa ham nazariy va amaliy qismlarga bo’linadi, bu esa o’sha davrda uning boshqa riyoziyot ilmlari kabi yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Astronomiya bo’limida uning vazifasi bilan birga tarixiga oid masalalar ham ko’rib o’tiladi. Xorazmiy o’z tasnifida musiqani riyoziyot ilmlariga qo’shadi va unda musiqaviy asboblar, tovushlarning o’zaro mutanosibligi, tartibi, sozi(lad) tavsiflanadi va oxirida ritm haqidagi ta’limot ko’rib chiqiladi.
Mexanika bo’limida, og’ir yuklarni va dalalarni sug’orish maqsadida ishlatiladigan qurilmalar, ya’ni sodda mashinalar, ularning tuzilishi va vazifalari ustida to’xtab o’tiladi, Xorazmiy dunyoviy ilmlar ustida to’xtaganda, ularning amaliy ahamiyatini ochib berishga harakat qiladi.
Xulosa:Umuman, asarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy o’z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilganligi, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan, bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va ta’kidlash, ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilganligi o’z ifodasini topgan. Al-Xorazmiyning «Mafotih al-ulum» asari O’rta asr madaniyati va ma’naviyatini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir.

Download 37,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish