Deduktsiya -(lot. Deductio – hulosa chiqarish) – keng ma’noda hulosa chiqarishning asosiy usullaridan va tadqiqot metodlaridan biri.
Determinizm va indeterminizm (lot. determinare – belgilash, aniqlash) –hodisalarning zamonda o’zaro aloqadorligining harakteri haqidagi qarama–
qarshi nuqtai nazarlar. Determinizm hodisalar o’rtasida umumiy qonuniyatli
aloqa borligini e’tirof etadi. Indeterminizm qonuniyatli aloqa borligini inkor etadi.
Dialektika – grek tilida baxs va suhbatlashish san`ati degan ma`noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo`li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o`zgarishda, o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko`ra, olamda o`z o`rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo`nalishiga ega bo`lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog`liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog`lanishlar orqali namoyon bo`ladi.
Diskussiya- (lot. discussio – tekshirish, tahlil qilish) – birorta muammoni muhokama qilish, u bo’yicha bahs qilish, tortishuv, munozara qilish.
Yo’ldosh o’zgarishlar metodi – hodisalarning sababli bog’lanishini tekshirishning induktiv metodlaridan bo’lib, bu metod bo’yicha, agar bir hodisaning yuzaga kelishi har safar unga yo’ldosh bo’lgan ikkinchi hodisani zaruran yuzaga keltirsa, demak bu hodisaning birinchisi ikkinchisining sababidir.
In`ikos — aks ettirish demakdir. Falsafiy ma`noda esa in`ikos, bu– ob`ektlarning o`zaro ta`siri natijasida modda, energiya va axborot almashish jarayonidir. In`ikosning eng sodda shak.chi – mexanik uzaro ta`sirdir. Kuzguli i. deb ob`ekt ta`sirining kuzguda aks etishiga aytg`tadi. Bunda I etiluvchi ob`ektga tushgan yorug`lik nurlari ko`zgu yuzasiga uriladi va undan kaytadi. Bu joyda yoruglik va energiya almashishi hodisasi sodir buladi
Idealizatsiya - ilmiy tadqiqot usuli bo’lib, bu usul maxsus abstract ideallashtirilgan ob’ektlar tuzishda ifodalanadi. Bu usul ob’ektlarni «sof shaklda» o’rganish maqsadida qurilgan fikriy konstruktsiyalardan iborat bo’lib, u real holda uchramaydi, ammo o’zining biron timsoliga ega: Masalan: geometriyada «nuqta», fizikada «absolyut qattiq jism» kabi va hokazo.
Induktsiya (lot. inductio – juz’iydan umumiylikka) – hulosa chiqarishning asosiy usullaridan va tadqiqot metodlaridan biri. Induktiv hulosa chiqarish bilimning juz’iy muhokamalardan (hukmlardan) umumiy mulohazalarga, qoidalarga qarab harakat qilishidir. To’liq va to’liqsiz induktsiya mavjuddir.
Indeterminizm – (lat - inkor) – hodisalar o’rtasida biroq bir aloqa borligini inkor etadi. Ularga olamda xech qanday tartib yo’q va unda (boshboshdoklik) hukm suradi. Bunda inson o’z xoxishiga harakat qiladi, uning harakatlari aslo xech bir sababga bog’liq emas, degan mantiqiy xulosa chiqaradi.
Irratsionalizm – (lotincha-ongsizlik,noma`lumlik (aqlsizlik) ma`nosini b ildi radi), ongsizlik afzalligini olamning va bilish jarayonining asosiy xususiyati deb hisoblovchi falsafiy ta`limot. Irratsionalistik oqimlar quyidagi bilish usullarini, ekstaz (neoplatoniklar), vahiy (islom) g`oyibdan bilish, (xristianlik) nirvana (buddizm), ishroq (sufiylik), mistik intuitsiya, muxabbat (din, ekzistentsializm)ni targ`ib qiladilar.
Kategoriyalar - (yunoncha – ta‘rif berish, fikr aytish) – ob‘ektiv reallikdan hodisalarning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlari aks ettiradilar va davrning ilmiy-nazariy tafakkurini harakterini belgilab beradigan umumiy tushunchalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |