9.3. O‘lkani o‘rganish, O‘lkashunoslik masalalari
Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarda o‘z o‘lkasini o‘rganish muhim o‘rin
tutadi. O‘lkani o‘rganishning vazifasi o‘z o‘lkasining tabiatini, aholisining turmushi,
madaniyati va faoliyatini o‘rganishdir. Maktabda geografidan olib boriladigan
o‘lkashunoslik ishlari o‘z o‘lkasining boyliklarini aniqlash, tabiat hodisalarini
kuzatish, turli obyektlarga ekskursiyalar uyushtirish, kolleksiyalar va gerbariylar
yig‘ishdan iborat bo‘ladi. O‘lkashunoslik ishlarini bajarishda (masalan,
meteorologik asboblar bilan ishlashda) o‘quvchilarda bir qancha ko‘nikma va
malakalar hosil bo‘ladi.
O‘quvchilar keng ko‘lamda va tizimli ravishda astronomik, meteorologik va
fenologik kuzatishni sinfdan tashqari vaqtdagina olib bora oladilar.
Maktab atrofining relyefini o‘rganish maqsadida V-VII sinf o‘quvchilari bilan
ekskursiya uyushtiriladi. Masalan, ekskursiya paytida o‘quvchilar jarliklarning hosil
bo‘lishi, kattaligi, uning kengayishining oldini olishga qaratilgan choralar bilan
tanishib chiqishlari mumkin. Shuningdek, o‘quvchilar maktab atrofidagi oqar suvlar,
248
ularning hosil bo‘lishi, suvdan qanday maqsadlar uchun foydalanilishi bilan ham
tanishadilar. Ekskursiya vaqtida to‘plangan materiallar o‘lkashunoslik burchagini
tashkil etishga va uni boyitishga yordam beradi.
Geografiyaga doir kerakli o‘quv qurollari tayyorlash va ularni ta’mirlab turish
sinfdan tashqari olib boriladian ishlarda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar biron
narsani ijod qilish va buzilgan o‘quv qurollarini tuzatish ishlarini yaxshi ko‘radilar,
shuning uchun o‘quv qurollarini yasash o‘quvchilarning eng qiziqarli
mashg‘ulotlaridan biridir. O‘quvchilar to’garakda turli karta-sxemalar, modellar va
asboblar yasashlari, geografiya maydonchasidagi ba’zi asboblarni tayyorlashlari
mumkin. O‘quvchilar yasagan turli o‘quv qurollaridan dars va darsdan tashqi
vaqtlarda foydalaniladi.
Geografiya kechalarini o‘tkazish. Geografiya kechalari ma’lum dastur asosida
o‘tkazilishi mumkin. Yaxshi o‘tkazilgan kecha o‘quvchilarning uzoq vaqtgacha
xotirasida qoladi. Maktabda o‘tkaziladigan kechalar faqat geografiya faniga oid
bo‘lmay, balki tarix va adabiy kechalar bilan birgalikda o‘tkazilishi ham mumkin.
Geografiya kechalarining ahamiyati shundaki, u kechani tashkil etuvchilarning ish
natijalarini namoyish qiladi va ko‘pchilik o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi. Geografiya
kechalarining mazmuni turlicha: muhim geografik voqealarga, ko‘zga ko‘ringan
geograf-olimlarga va o‘lka tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin.
Masalan, “O‘rta Osiyolik sayyohlar”,“Geografiya faniga hissa qo‘shgan o‘zbek
geograf-olimlari”, “O‘zbekiston shaharlari”, “Bizning Vatanimiz” kabi mavzularda
o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchilarning ilmiy jamiyati. O‘quvchilarning ilmiy
jamiyati(O‘IJ) geografiya to‘garagida vujudga keladi. Keyinchalik alohida tashkilot
bo‘lib ajralib chiqishi mumkin. O‘IJ ga bajaradigan ishlari, tadbirlarining saviyasi
jihatidan to‘garakdan yuqori pog‘onaga ko‘tarila oladi. O‘IJ ga geografiya
o‘qituvchisidan tashqari faol ota-onalar, olimlar, oliy o‘quv yurtlarining talabalari,
boshqa fan o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari ham hamkorlik qilishlari
mumkin. O‘IJ ning asosiy maqsadi-a’zolarning fanga va ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan
qiziqishlarini o‘stirish, yer sharidagi obyekt va hodisalarni, o‘z o‘lkasini
mukammalroq o‘rganish, turli ish usullariga oid tegishli amaliy ko‘nikma va
malakalar hosil qilishdan iborat.
Jamiyat a’zolarining ishi mazmuniga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) jahon davlatlari, MDH va O‘zbekistondagi muhim voqealar, shuningdek,
fan, texnika sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan o‘quvchilarni xabardor qilib
borish.
b) ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar o‘qish, ilmiy-ommabop kinofilmlarni
ko‘rish, ularning mazmunini tahlil qilishga o‘rgatish.
v) sayohat, ekskursiyalarga chiqish.
249
g) O‘rta Osiyolik sayyoh va geograflar hayoti va geografik faoliyati bilan
tanishish.
d) jamiyat a’zolarining tadqiqot va kuzatishlari natijasiga bag‘ishlangan
qiziqarli kecha va konferensiyalar o‘tkazish.
Jamiyatning bo‘limlari bo‘ladi, bu bo‘limlar o‘quvchilarning qiziqishlari va
yosh xususiyatlariga qarab tuziladi.
O‘IJ ning bo‘limlarini sxema bilan ko‘rsatish mumkin.
Maktablarda tashkil etiladigan O‘IJ ning o‘z nomi va shartli belgisi bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir. O‘IJ Beruniy, Ulug‘bek yoki Bobur nomlari bilan yuritilishi
mumkin.
Har bir O‘IJ ning o‘z“a’zolik bileti” bo‘lishi, buni o‘quvchilarning o‘zlari
tayyorlashlari mumkin.
Jamiyatning umumiy yig‘ilishi har chorakda bir marotaba tashkil etiladi.
Bo‘limlarning yig‘ilishida- raisning axboroti, a’zolarning dokladlari, kuzatish,
tadqiqot va sayohat natijalari tinglanadi. O‘qituvchi faoliyatining asosiy tashkiliy
shakli dars hisoblanadi, bundan tashqari yana qo‘shimcha mashg‘ulot bo‘lishi
mumkin va kerak. Dars soatlaridan boshqa o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni
uyushtirish va bu ishlarga rahbarlik qilishga geografiyaga oid sinfdan tashqari ishlar
deyiladi. Sinfdan tashqari ishlar ta’lim –tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Uning maqsadi o‘quvchilar faoliyati va siyosiy goyaviy va madaniy
darajalarini ko‘tarishga va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga bilim
darajalarining kengaytirish hamda ma’lumotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan
bo‘lishi kerak. Geografiyadan sinfdan tashqari ish o‘quvchilarni har tomonlama
yetuk tarbiyalash sohasidagi maktab tomonidan sinfda olib boriladigan ishlarni
boshqa shaklda davom ettirish demakdir.Sinfdan tashqaridagi ishlar o‘quv tarbiya
maqsadlariga bo‘ysundirilmog‘i lozim.Har bir geografiya o‘qituvchisi sinfdan
tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni geografiya predmetiga qiziqtirishi,
ularning o‘zlashtirish darajasini yuqori ko‘tarish uchun harakat qilish zarur. Sinfdan
tashqari ish yaxshi yo‘lga qo‘yilsa o‘zlashtirish yuqori bo‘ladi.Sinfdan tashqari
ishlar ixtiyoriy bo‘lib o‘quvchilarning xohishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda
ularning faoliyati asosida olib boriladi. Lekin ulardan intizomga rioya qilish va o‘z
ixtiyorlari bilan boshlangan ishlarni bajarish talab qilanadi.
Sinfdan tashqari ishlar – o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga
chiqarishga imkon bermog‘i kerak.Mashg‘ulotlardagi ishlarning hajmi, shakli va
metodlari ko‘p jihatdan o‘quvchilarning yoshiga bog‘liq bo‘lib, ularni haddan
tashqari ish bilan band qilib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari
o‘tkaziladigan ishlar quyidagilardan iborat.
1.
Dasturni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlar.
250
2.
Dasturdan tashqari geografiyaga qiziquvchilar uchun o‘tkaziladigan va majburiy
bo‘lmagan ishlar bo‘ladi.
Majburiy ishlarning asosiy maqsadi dastur materiallarini chuqurroq
o‘rganish, geografiyadan olgan bilimlarini qo’llay bilishdan iboratdir. Majburiy
ishlarda 5-7 sinf o‘quvchilarining hammasi qatnashadi. Majburiy ishlarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1.
O‘quvchilarning mahalliy daryo, anhor, ob-havo ustida olib boriladigan
kuzatishlar.
2.
O‘lkani o‘rganishga doir geografiya kitoblarni o‘qish.
3.
O‘quvchilarning dokladlari.
4.
Tabiatga, qishloq xo‘jaligiga, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar
uyushtirish.
Sinfdan tashqari olib boriladigan va majbur bo‘lmagan ishlarga quyidagi lar
kiradi:
1.
Geografiya to‘garagidagi mashg‘ulot.
2.
Yosh o’lkashunoslarning ijtimoiy foydali majburiy ishlarining hammasi ma’lum
reja asosida o‘tkazilishi kerak. Shundagina tasodifiy bir narsa bo‘lib qolmay
yaxshi natija berishi mumkin.
Majburiy ishlarning har birini o‘qituvchi hisobga oladi va unga baho beradi.
Ya’ni o‘quvchilar olib borgan quzatish kundaliklari, masalan: ob-havoni kuzatish
kundaligi, yozma doklatlar, o‘qilgan kitobning qisqacha mazmuni. ekskursiyaning
tasviri, tayyorlangan fotomantaj, albom kolleksiyalar va boshqalar To‘garakni
yolg‘iz bitta sinf o‘quvchilari bilan qo‘ymaslik kerak. Har bir maktab uchta
to‘garak ishlatishi shart emas, hech bo‘lmaganda birorta to‘garak o‘qituvchi
tomonidan tashkil etilishi kerak. To‘garak a’zolarining soni cheklab qo‘yilmaydi.
To‘garakning hajmiga o‘qituvchi maslahatchi sifatida rahbarlik qilib borishi kerak.
Sinfdan tashqi ishning tematikasiga maktab joylashgan tumanning mahalliy
sharoiti: tabiiy xususiyatlari, aholining mashg‘ulotlari, xo‘jalikning rivojlanishi,
uning xarakteri, aloqa yo‘li va boshqalar kiradi. Sinfdan tashqari ishning
tematikasida o‘lkashunoslik ishi o‘z ahamiyati jihatidan ham va hajm jihatdan
asosiy o‘rin egallaydi.Maktab o‘lkashunosligi o‘zi yashab turgan qishlog‘i, shahri,
yaqin atrof tevaragi o‘z tumani va o‘z viloyatini o‘rganadilar. Maktab
o‘quvchilarining yoshi qancha katta bo‘lsa ular uchun “o‘lka” tushunchasi shuncha
keng bo‘ladi. Maktabda o‘lkashunoslikdan olib boriladigan ishlar o‘z o‘lkasini
boyliklarini aniqlash, tabiat hodisalarining o‘zgarishini kuzatish, turli obyektlarga
ekskursiyalar uyushtirish, kolleksiya va gerbariylar yig‘ish, yig‘ilgan materiallarni
tahlil qilish kabi vazifalarni qo‘yadi. O‘quvchilar bilan o‘lkashunoslik
mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida bir qancha amaliy ko‘nikma va malakalarni
egallab olishlari mumkin. Masalan: joy plani olish, meteriologik asboblar bilan
251
ishlash, tuproqlarni o‘rganish va boshqalar. O‘quvchilarning ijodiy bilimlarni
kengaytirishda ayrim sanoat tarmoqlari yoki qishloq xo‘jalik tarmoqlarini har
taraflama o‘rganishga qaratilgan o‘lkashunoslik ishi asosiy rol o‘ynaydi.
Geografiyadan o‘tkazilgan sinfdan tashqari ishlar o‘quv hamda ko‘rgazmali
qurollarni va ularni ta’mirlab turish alohida o‘rin tutmog‘i kerak. O‘quvchilarning
geografik maydonlardagi asboblarni tayyorlash va maydonchani takomillashtirish
ham shunga kiradi. Qo‘lda yasaladigan ko‘rgazma qurollarni tayyorlash usullariga
qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Agar to‘garak rahbari tajribali bo‘lsa,
mashg‘ulotga oldindan tayyorlansa, ko‘rgazmali o‘quv qurollari tayyorlashga oz
vaqt sarflanadi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma qurollardan dars
va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan
tematika bo‘yicha turli sinf o‘quvchilari shug‘ullanishi mumkin. 5-7 sinflarda
geografidan sinfdan tashqari ish kompleks hisoblansa ham, lekin ko‘proq tabiiy
geografiya bilan bog‘liqdir. Bu sinflarda asosiy tematika o‘z o‘lkasining tabiatini
ajoyib joylarini, tabiatdagi muhim hodisalarni sayohat davomida o‘rganishi, tabiiy
geografiyaga doir ko‘rgazmali qurollar va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashdan
iboratdir. 8-10-sinflarga geografiyadan sinfdan tashqarigi ish tematikasi asosan
iqtisodiy geografiya xarakteriga ega. Bunda o‘quvchilarning siyosiy hamda
iqtisodiy bilim darajalarini oshirishga e’tibor beriladi. Ya’ni 8-10-sinf
o‘quvchilarining asosiy tematikasi ishlab chiqarish tarmoqlarini kompleks tarzda
o‘rganishdan iborat. O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazayotganda
geografiya o‘qituvchisi va ishlab chiqarish asoslari hamda biologiya o‘qituvchilari
bilan birgalikda ish olib borishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |