Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Sinfdan tashqari ishlarning turlari



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
9.2. Sinfdan tashqari ishlarning turlari 
Sinfdan tashqari ishlar turli tadbirlar tarzida tashkil etiladi. Ulardan muhimlari 
–  geografik  adabiyotlarni  o‘qish,  geografik  mazmundagi  axborot  (doklad  tarzida) 
berish, navbatchi karta tashkil etish, devoriy gazeta chiqarish, maxsus fotoal’bomlar 
tayyorlash, geografik kecha va konferensiyalar o‘tkazish, geografik o‘yinlar tashkil 
etish,  karta  asosida  tasvirli  sayohat  qilish,  geografik  olimpiadalar  o‘tkazish, 
ko‘rgazmalar  tashkil  etish,  kinolar  kursatish,  ekskursiya  va  sayohatlar  uyushtirish, 
ijtimoiy  foydali  mehnatlarni  tashkil  etish  va  h.k.  Sinfdan  tashqari  olib  boriladigan 
tadbirlar  mazmuniga,  mahalliy  sharoitga,  o‘quvchilarning  yosh  xususiyati  va 
qiziqishlariga  qarab  olib  boriladi.  Sinfdan  tashqari  vaqtlarda      geografiyadan  olib 
boriladigan  ishlarni  quyidagi  sxema  bilan  ifodalash  mumkin.  Bu  sxema  sinfdan 
tashqari  olib  boriladigan,  amaldagi  ish  turlarini  o‘z  ichiga  oladigan  namunadir. 
Sinfdan tashqari ishlarni sxemada kursatilmagan boshqa turlaridan ham foydalanish, 
shuningdek  bo‘limlarning  ba’zilarini  birlashtirish  yoki  ba’zilarini  alohida 
bo‘limlarga  bo‘lish  ham  mumkin.  Sinfdan  tashqari  ishlardagi  hamma  tadbirlar  
geografiya  to‘garagi  yoki  o‘quvchilarning  ilmiy  jamiyatida  tashkil  etiladi. 
Geografiya  to‘garagi.  Sinfdan  tashqaridagi  har  qanday  ishlarning  ko‘pchiligi 
to‘garakda  olib  boriladi.  To‘garak  ishi,  odatda,  sinfdan  tashqari  ayrim  tadbirni 
amalga  oshirish  bilan  ham  vujudga  keladi.  Masalan,  qiziqarli  o‘tkazilgan  har  bir 
ekskursiya,  doklad,  geografik  adabiyotlardan  parcha  o‘qish  va  boshqa  tadbirlar 
geografiya to‘garagining boshlanishiga asos bo‘lishi mumkin. To‘garak ishini hatto 
8-10  o‘quvchi  bilan  ham  boshlash  mumkin.  To‘garakning  rahbari,  kotibi  bo‘ladi. 
To‘garak  a’zolarining  har  biri  o‘z  qobiliyatiga  yarasha,  o‘zi  qiziqqan  ish  bilan 


247 
 
shug‘ullanishi  kerak.  To‘garak  ishida  o‘qituvchi  asosiy  maslahatchidir.  U 
mashg‘ulotni  shunday  tashkil  qilishi  kerakki,  geografiya  to‘garagiga  qiziqish  dars 
jarayonidayoq  boshlanib,  keyinchalik  o‘quvchi  o‘z  xohishi  bilan  bu  to‘garakka 
qatnashadigan  bo‘lsin.  Geografik  yangiliklar  va  navbatchi  karta.  Maktab 
o‘quvchilari  kundalik  xalqaro  ahvol  masalalariga,  dunyoda  ro‘y  berayotgan 
voqealarga  (suv  toshqinlari,  zilzilalar),  kosmosni  zabt  etishda  erishilayotgan 
muvaffaqiyatlarga  va  boshqa  shu  kabi  masalalarga  juda  qiziqib  qaraydilar  hamda 
ularni  qunt  bilan  kuzatadilar.  O‘quvchilarning  bu  qiziqishlarini  maktabda  tashkil 
etilgan  “Olamda  nima  gap?”  va  “Navbatchi  karta”  yordamida  qondirish  mumkin. 
Maktabdagi  “Olamda  nima  gap?”  degan  suhbat  haftada  bir  marotaba,  geografiya 
o‘qituvchisi  rahbarligida  yuqori  sinf  o‘quvchilari  ishtirokida  o‘tkaziladi.    Muhim 
masalalar  bo‘lsa,  o‘qituvchining  o‘zi  o‘tkazadi,  ba’zi  bir  voqealar  bo‘lsa,  alohida 
belgilab  qo‘yilgan  o‘quvchilar  tayyorlanadilar.  Masalan,  bir  o‘quvchi  xorijiy 
mamlakatlardagi yangiliklarni, ikkinchi o‘quvchi esa Vatanimizda sodir bo‘layotgan 
yangiliklarni  gazeta  va  jurnal  materiallari,  radio  eshitiruvlari  va  televedenie 
ko‘rsatuvlaridan foydalanib gapirib beradi. Geografik yangiliklarni yoritib borishda 
navbatchi  karta,  ayniqsa,  katta  ahamiyatga  ega.  O‘quvchilar  navbatchi  kartada 
kundalik  voqea  va  yangiliklarni    belgilab  boradilar.  Bu  dunyoda  ro‘y  berayotgan 
hodisalarni,  yangiliklarni  qaysi  materikda  ekanligini  darhol  tasavvur  qila  olishga, 
kartada  belgilangan  fakt  va  hodisalarga  geografik  nuqtayi  nazardan  yondashishga 
o‘rgatadi.  
Bunday  ishlar  o‘quvchilarning  geografik  bilimlarini  kengaytirishda,  ularni 
siyosiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish