Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


IX-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

IX-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR 
 
9.1. Geografiyadan sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish 
 
Sinfdan  tashqari  ishlarning  mazmuni  va  vazifalari.  Maktabdagi  o‘quv  ishlari 
dastur  asosida  cheklangan  va  belgilangan  vaqt  doirasida  olib  boriladi.    Shuning 
uchun  o‘quvchilarning  barcha  qiziqish  va  ehtiyojlarini  qondirish  imkoniyatiga  ega 
emas.  
Sinfdan  tashqari  ishlar  maktabdagi  ta’lim-tarbiyaviy  ishlarning  uzviy  davomi 
bo‘lib,  o‘quvchilarning  mustaqilligi  va  faolligini,  siyosiy-mafkuraviy  va  madaniy 
saviyasini  yanada  oshirishni,  qobiliyatlarini  rivojlantirishni,  bilim  qamrovining 
kengaytirish  va  chuqurlashtirishni  hamda  ayrim  hayotiy    ko‘nikma  va  malakalarni 
egallashni  maqsad  qilib  qo‘yadi.  Shuning  bilan  birga  o‘quvchilarning  bo‘sh 
vaqtlarini oqilona (unumli) va qiziqarli tashkil etish ham sinfdan  tashqari ishlarning 
zimmasiga  tushadi.  Geografiya  keng  ko‘lamli  va  xilma-  xil  masalalarni  qamrab 
olsa-da,  barcha  masalalarni  o‘quv  jarayonida  yoritish  imkoniyati  yo‘q,  ammo 
geografiya  qamrab  olgan  masalalarning  ko‘pchiligi  o‘quvchilarni  qiziqtirib  keladi. 
Geografiya  ta’limining  atrofdagi  tabiat  va  odamlarning  hayoti,  tabiat  va  jamiyatda 
ro‘y  berib  turgan  voqea  va  hodisalar  bilan  bevosita  aloqadorligi  sinfdan  tashqari 
ishlar uchun katta imkoniyatlarni vujudga keltiradi. 
Sinfdan  tashqari  olib  boriladigan  ishlar  o‘quvchilarni  milliy  istiqlol  ruhida 
tarbiyalash  sohasida  olib  boriladigan  ishlarning  davomidir.  Sinfdan  tashqari  olib 
boriladigan  ishlar  ta’lim-tarbiya  maqsadlariga  mos  kelishi  kerak.  O‘quvchilar 
tabiatdagi  turli  jarayon  va  hodisalarni,  dunyoda  ro‘y  beradigan  voqealarni  ko‘proq 
bilishga  qiziqadilar,  bunday  vazifani  sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlar  orqaligina  hal 
qilish  mumkin.  Sinfdan  tashqari  ishlar  turi,  tamoyil  va  usullariga  ko‘ra  sinfda  olib 
boriladigan  mashg‘ulot-darsdan  farq  qiladi.  Sinfdan  tashqari  ishlarni  tashkil 
etishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bor,  bu  xususiyatlar  o‘qituvchidan  yuqori 
darajadagi  mahoratni  talab  qiladi.  Sinfdan  tashqari  ishlarning  o‘ziga  xos 
xususiyatlaridan  biri  uning  ixtiyoriy  ekanligi  bo‘lib,  o‘quvchilarning  xohish 
istaklarini  va  qobiliyatlarini  hisobga  olgan  holda,  ularning  tashabbusi  bilan  olib 
boriladi.  Sinfdan  tashqari  ishlar  o‘quvchilarning  ijodiy  qobiliyatlarini  ro‘yobga 
chiqarishga  imkon  berishi,  mashg‘ulotlarning  hajmi,  shakli  va  metodlari  esa 
ularning yoshiga bog‘liq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Sinfdan 
tashqari 
olib 
boriladigan 
ishlarda 
o‘qituvchining  vazifasi-
o‘quvchilarning  tashabbuskorligini  qo‘llab-quvvatlash,  yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsatish  va 
ularning  mas’uliyatini  oshirishdan  iboratdir.  Sinfdan  tashqari  ishlar  o‘quvchilarni 
ilmiy-tadqiqot ishlarga o‘rgatib borish bilan birga, ularni dam olishlariga ham imkon 
berishi  kerak.  Sinfdan  tashqari  ishlar  tematikasida  o‘lkashunoslik  ishlari  mohiyati 


246 
 
jihatidan asosiy o‘rinni egallaydi. Sinfdan tashqari ishlardagi ,,o‘lka” tushunchasida 
bevosita  o‘rganish  mumkin  bo‘lgan  hudud  (o‘z  shahri  yoki  qishlog‘i,  yaqin  atrof, 
ma’muriy  jihatdan  o‘z  tumani,  o‘z  viloyati  yoki  tabiiy  geografik  rayoni)  nazarda 
tutiladi.  Sinfdan  tashqari  ishlarning tematikasida  Vatanimizning va uning e’tiborga 
sazovor bo‘lgan joylarini, yirik shaharlari, yangi qurilishlarini o‘rganish ham muhim 
o‘rinni  egallaydi.  O‘quvchilar  sayyoramizning  ayrim  e’tiborga  sazovor  joylari 
(g‘orlar,  yirik  sharsharalar,  Antarktida  tabiati,  tabiat  yodgorliklari,  okeanlardagi 
ajoyib  hayot  va  h.k.)ga  uyushtirilgan  sayohatlarga  qiziqadilar.  Ular  xalqaro 
voqealarni ham, odatda, qiziqish bilan kuzatadilar. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil 
etishda o‘quvchilarning bu qiziqishlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. 
Sinfdan  tashqari  ishlarda  o‘quv  ko’rsatmali  qo‘llanmalarni  tayyorlash  va  ularni 
ta’mirlash  ishlari  alohida  o‘rin  tutadi.  Sinfdan    tashqari  ishlarni  tashkil  etishda 
o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  ham  hisobga  olish  lozim.  V-VII  sinflardagi 
ishlarning mazmuni ko‘proq tabiatni o‘rganishga qaratilmog‘i,  VIII-X sinflarda esa 
ishlar iqtisodiy-geografik xarakterda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish