Umumiy metodika –
maktabda geografiya fanini o‘qitish mazmunini, maqsadi,
vazifalarini, tashkil etish jarayonini, ta’lim va tarbiya turlarini, ta’lim metodlari va
usullarini, ulardan foydlalanish yo‘llarini, ta’lim va vositlarini, sinfdan tashqari
ishlar va boshqalarni o‘rgatadi.
Xususiy metodika –
maktab geografiya kurslarining maqsadi, vazifasi, mazmuni,
tarkibiy geografik bilim, ko‘nikma, malakalar shakllantirish, har bir kurs bo‘yicha
o‘quvchilar amaliy va mustaqil ishlarning tashkil etilishi va boshqalar bilan
shug‘ullanadi.
Loyiha
-ko‘pincha iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishda, qurilish, ilmiy ishlarni amalga
oshirish holatlarida qo‘llaniladi. Bu atama pedagogikaga XX asr boshlarida kirib
kelgan. Bunday yo‘nalishdagi o‘qitish loyiha asosida istiqbolli o‘qitish metodi deb
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |