8.10. Geografiya darslarida media ta’limi metodi
Media ta’lim
interfaol, talabalarga individual ta’sir etadigan metod sifatida
ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda.
Media ta’lim metodi
talabalarni shaxsiy fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga,
axborot olish uni qayta ishlash, analiz va sintez qilish, shaxsiy xulosalar
chiqarishga o‘rgatadi.
Auditoriyalarga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internetlar olib
kirilmoqda. Bularning barchasi
media darslar nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil
etishga yordam bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |